Dehqonchilikning asosiy qonunlari. Qishloq xo‘jaligini intensiv ravishda rivojlantirish uchun dehqonchilikning quyidagi asosiy qonunlarini bilish lozim:
1. O'simlik hayot omillarining teng ahamiyatlilik va almashtirib
boimaslik qonuni.
2. Minimum, optimum va maksimum qonunlari.
3. Hayot omillarining birgalikda ta’sir etish qonuni.
4. Tuproqdan olingan moddalami qaytarish qonuni.
Akademik V.R.Vilyams birinchi b oʼlib o‘simlik hayot omillarining teng ahamiyatliligi va almashtirib bo‘lmaslik qonunini bayon etdi. Bu qonunga ko‘ra, o‘simlik hayot omillarining hech biri boshqa biron-bir omil bilan almashtirilmaydi, chunki har bir omil o‘simlik hayotida m a'lum bir funksiyani bajaradi.Dehqonchilikda omillaming teng ahamiyatliligi oʼsimlikning unga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashda bir xil sharoit bolmaganligi uchun nisbiy ahamiyat kasb etadi. Masalan, turli xil tuproq-iqlim sharoitida yetishtirilayotgan ekinlar mavjud omillar har xil nisbatda bo‘lishini taqozo etadi.Minimum (minimum, optimum va maksimum) qonuni. Yu. Libix o'simlik hosili minimumda turgan faktor miqdorini ko‘paytirishga to‘g‘ri proporsionalligini bayon etdi, ya’ni hosildorlik minimumda turgan omilga bog‘liq boiadi. 0 ‘simliklaming hayot omillariga b oʼlgan talabi boʼyicha minimal, optimal va maksimal me’yorlami belgilash mumkin.
D ehqonchilikda yuqori va
b arq aro r hosil yyetishtirish uchun minimum qonuniga amal qilish kerak. Bunda minimum yoki maksimumda tu rga n omillarni aniq tadbirlar bilan optim al miqdorga yetkazish, o ‘sim likni butun vegetatsiya davri davo m id a o ‘sishi va
riv o jlanishi u c h u n qulay (optimal) sharoit yaratish zarur. XIX asrda tajriba xulosalariga asosan Libsher minimum qo- nuniga qo‘shimcha kiritdi. U hayot omillarini birgalikda ta’sir etish qonunini quyidagicha ta’rifladi, ya’ni « 0 ‘simlik boshqa omillar bilan qanchalik optimal me’yorda ta‘ minlangan bo‘lsa, u minimumda turgan omildan shuncha samarali foydalanadi».
M a’lumki, o‘simlikning hayot omillari alohida-alohida ta’sir etmay, bir-birlari bilan birgalikda ta’sir etadi. Ular biri ikkinchisining
o‘mini bosa olmasligi nuqtai nazaridan teng ahamiyatlidir.
Hayot om illarining birgalikda ta ’sir etish qonunidan kelib
chiqadigan asosiy xulosa - qandaydir bitta agronomik usul, hatto eng
ta’sirchani bilan emas, balki hamma agrotexnik tadbirlari kompleksi
qo‘llanilganda, dehqonchilikda eng yuqori samaradorlikka erishiladi.
Tuproqdan olingan moddalarni qaytarish qonunini 1840— yilda
Yu. Libix kashf etdi. Bu uning dehqonchilikdagi ikkinchi qonunidir.
Bu qonunga binoan tuproqdan hosil bilan chiqib ketgan moddalar
o‘gʼit solish yo‘li bilan tuproqqa qaytarilishi lozim.
Qaytarish qonuniga ko‘ra, tuproqdagi o‘simlik o‘zlashtira oladigan
oziq moddalarning balansi olinadigan hosil bilanmi yoki boshqa
sabablar natijasida buziladimi, baribir uni tegishli oʼg‘itlar bilanmi
yoki agrotexnik tadbirlar bilanmi tiklash lozim.
Bu qonunga amal qilish faqat tuproq unumdorligini saqlash yoki
oshirishdagina ahamiyatga ega bo‘lmay, balki sifatli va yuqori
mahsulotlar yetishtirishda ham yetakchi rol oʼynaydi.
O‘simliklaming hayot omillari qishloq xo‘jalik ekinlariga bir xil
ta’sir qilmaydi. M a’lum nav yoki tumi o‘suv davri davomida bu omillar turlicha ta’sir qiladi. О‘sirniiklarning hayot sharoitlarini, masalan, tuproq sharoitini har xil agrotexnika usullari bilan boshqarish mumkin. Bu agrotexnik tadbirlar hayot omillarining o‘simliklarga ta’sirini oshiradi. Agrotexnik tadbirlari, birinchi navbatda, nisbatan minimumda omilga ta’sir qiladi. Agrotexnik tadbirlar o‘simlikni butun vegetatsiya davri davomida o‘zgarib turadigan talabiga muvofiq bo‘lganda uning o‘sib rivojlanishini boshqaradigan eng ta’sirchan omil bo‘ladi. Eng yaxshi agrotexnik tadbimi ham sifatsiz o‘tkazilsa, u kutilgan natijani bermaydi. Shudgorlashni o‘z vaqtida o‘tkazmaslik, ekishni sifatsiz o‘tkazish kabi agrotexnik tadbirlar ekinlaming o‘sishi va rivojlanishiga, hosildorligiga salbiy ta’sir qiladi.
Yer qishloq xo’jalikda ishlab chiqarishning asosiy va hyech narsa bilan almashtirib
bo’lmaydigan vositasi hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositasidan to’g’ri foydalanish tufayli yerning unumdorligi ortadi bu esa qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirishni ta’minlaydi. Tuproq bizning bebaho xazinamiz, rizq– ro’zimiz. Yer taqdiri – el taqdiri deydilar. Yer elni boyitadi, el ham yerni boyitishi kerak. Tabarruk zamin sahovatidan oqilona va unumli foydalanish unga kuch quvvat baxsh etuvchi omillarni ishga solish dehqonchilik oldida turgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Tuproqdan olingan moddalarni qaytarish qonuni. Bu qonun 1840 yil nemis olimi Yu.Libix tomonidan ixtiro qilingan. K.A.Timiryazev va D.N.Pryanishnikovlar bu qonun fandagi yirik ixtiro deb baholaganlar. Bu qonun mohiyati shundan iboratki, o’simliklar hosili bilan tuproqdan oziq moddalarni oladi, ammo o’simliklar o’zlashtirgan oziq moddalardan bir qismigina go’ng tariqasida tuproqqa qaytadi, qolgan qismi olinadigan mahsulotimiz bilan chiqib ketib tuproqqa qaytib tushmaydi. Shunday ekan, dehqonlar yerdan olingan moddalarni tuproqqa qaytarish to’g’risida g’amxo’rlik qilishi kerak. Yu. Libix tuproq unumdorligi masalasiga bir tomonlama yondashib, o’sha davrning ijtimoiy rivojlanish qonunlariga e’tibor qilmay, dehqonchilikdagi kamchiliklarni sezgan holda u qaytarish qonuniga to’la amal qilinganda tuproq unumdorligini saqlab turish mumkinligini qayd qilgan, tuproq unumdorligini talon- taroj qilish halqni kambag’allikka mahkum etadi, unumdorlikni saqlash esa ularning hayoti, boyligi va kuch- quvvati degan edi. Masalan, 1 t paxta hosil bo’lish uchun 30-70 kg gacha (o’rtacha –50 azot), 10-20 kg gacha fosfor va 30-60 kg gacha (o’rtacha – 50) kaliy; ingichka tolali g’o’za navlarida esa o’rta tolalilarga qaraganda oziq moddalar 20-25 % ko’proq sarflanadi. Bugungi kunda Libix fikriga amal qilib paxta ekiladigan maydonlarga mineral o’g’it sifatida paxta hosili bilan birga tuproqdan chiqib ketgan oziq moddalarning o’zini va ko’rsatilgan miqdor qo’llanilsa, tuproqning unumdorligi qonuniga ko’ra bir me’yorda saqlanishi lozim. Ammo, amalda bunday bo’lmaydi, chunki dehqonchilikda oziq moddalarning asosiy qismi hosil bilan tuproqdan chiqib ketadi, Lekin uning bir qismi tuproqning pastki qatlamlariga o’tadi, oqar suvlar bilan tuproq eroziyasi natijasida ham kamayadi va ularni aniq hisobga olish ancha murakkab. Ishlab chiqarish sharoitida mineral o’g’it sifatida tuproqqa asosan azot, fosfor va kaliy hamda ayrim mikroelementlar qaytariladi xolos. Qaytarish qonunining ta’sirini faqatgina oziq elementlari doirasidagina emas, balki keng ma’noda tushunmoq kerak, chunki u o’simliklarining hayot omillariga ham talluqlidir. Almashlab ekish qonuni. Bu qonunni 1838 yilda professor Pavlov tabiat qonuni deb tan olgan. Professor Pavlovni ta’kidlashicha har bir agrotexnik chora – tadbirning samarasi sidirg’asiga ekiladigan ekinzorga ko’ra faqat almashlab ekishni joriy qilishda amalga oshadi. Bu qonun asosida o’simlik va muhit o’zaro birligi yetadi. Ekinlarni navbatlab ekish zarurligi faqat tuproqdan oziq moddalarni bir tomonlama kamayishida, ang’iz qoldiqlari va ildizlarning tuproqda har xil tarqalishida, balki o’simlikning tuproqqa va atrof muhitga ta’siridan kelib chiqadi. Dala ekinlarini fosforga munosabati bo’yicha kritik davri qonuni. Agar o’simlik o’zini rivojlanishining boshlang’ich davrini fosfor yetishmasligida o’tkazsa, keyingi davrlardagi o’sishida fosfor bilan yaxshi ta’minlanganda ham yuqori hosil shakllantiraolmaydi. O’simlik tizimlarini boshqarish qonuni. O’simlik tashqi muhit holatidan tanafussiz axborat oladi va uni sezib ichki jarayonlarida o’zgarish bo’ladi. Bu o’simlikning eng asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, ekin yoki navning shu sharoit uchun yetishtirish imkonini aniqlaydi. U yoki bu ekinning har bir navi potensial moslashuvi evolyusion asoslangan va genetik aniqlangan, shuning uchun ekinlar va navlar yetishtirish arealiga potensial mahsuldorligi va ekologik chidamliligi muvofiqdir. Masalan: shimoliy rayonlarda javdar, suli va arpa, bug’doyga nisbatan ko’proq ekilishi yuqoridagi keltirilgan fikrimizning tasdig’idir. Ular bir yoki bir nechta cheklovchi tashqi omillarga yuqori chidamlikka ega (issiqlik yetishmasligi, namlikning ko’pligi va boshqalar). Tuproq unumdorligini uzluksiz oshib borish qonuni. Bu qonunni akademik V.D.Pannikov qo’yidagicha ta’riflaydi «Tirik mavjudodlarining boshqaruvchi rolida takomillashadigan tuproq paydo bo’lish jarayoni, tabiatning o’zida vaqt o’tishi bilan tuproq unumdorligining muqarrar oshib borishi qo’yilgan». Dehqonchilikda tabiatdagi mana shu umumiy qonunning harakati faqatgina boshqa qonunlar, ayniqsa, qaytarish qonuniga rioya qilingandagina amalga oshadi.
Ekinlardan yuqori va barqaror hosil olish hamda ishlab chiqarishda mehnat
unumdorligini oshirish bevosita tuproqning unumdorlik darajasiga hamda dehqonchilik madaniyatiga bog’liqdir. Tuproq unumdorligi deganda o’simlikni butun (vegetasiya) o’suv davri davomida suv va oziq elementlari bilan taminlash xususiyati tushuniladi. Ana shu xususiyatiga ko’ra tuproq tabiiy jinslar, toshlar, qum va boshqalardan keskin farq qiladi. Inson tuproqning unumdorlik xususiyatidan mutassil foydalanadi va ekinlardan yuqori hosil olish maqsadida uning tarkibiy o’zgarishlariga tasir qiladi. Qishloq xo’jaligining barcha sohalarni rivojlanishi tuproqning unumdorligiga bog’liqdir. Shuning uchun ham, tuproq qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining asosiy vositasi bo’lib hisoblanadi va tuproq unumdorligi haqida g’amxurlik qilish qishloq xo’jalik bilan bog’liq barcha kishilarning kundalik vazifasidir. Tuproq unumdorligi yerga oqilona tasir etganda yaxshilanib boradi, noto’g’ri ishlov berilganda esa aksincha, pasayib boradi. Tuproq unumdorligi tabiiy va suniy turlarga bo’linadi. Tabiiy unumdorlik tabiiy omillar tasirida paydo bo’ladi. Tuproqning unumdorlik darajasi, yani tuproqning u yoki bu darajada hosil olishni taminlash xususiyati, tabiiy omillarga va tarixiy sabablarga bog’liq. Iqlim, o’simliklar qoplami, tuproqning mineral tarkibi singari tabiiy omillar, tuproqning tabiiy unumdorlik darajasini belgilaydi. Tabiiy unumdorlik inson tasirisiz (ishtirokisiz) ruy beradi. U asosan tabiiy ekinzorlarga xos bo’lib, odatda bunday unumdorlik darajasi tuproqning organik va mineral tarkibiga, kimyoviy, biologik, bioqimeviy xossalariga bog’liq holda past yoki yuqori bo’ladi. Ibtidoiy tizimda dehqonlar o’zining amaliy faoliyatida tuproqning tabiiy unumdorligiga duch kelgan va undan foydalangan. Inson tuproqni ishlash, sug’orish, o’g’itlash singari jarayonlari natijasida tabiiy unumdorlik darajasini o’zgartirdi va uning suniy unumdorligini vujudga keltiradi. Yani suniy unumdorlik inson tomonidan yaratiladi. Fan va texnika yutuklaridan foydalanib inson tuproqning tabiiy xossalarini o’zgartiradi. Tuproq unumdorligi potensial va samarali unumdorlikka ham bo’linadi. Potensial unumdorlik tuproqdagi oziq elementlarning umumiy miqdorini ko’rsatadi. Samarali unumdorlik tuproqdan o’simlik o’zlashtira oladigan oziq moddalar miqdori bilan belgilanadi. Suniy yoki samarali unumdorlik inson faoliyati ishtirokida hosil bo’ladi va u tuproqda inson tomonidan oziq elementlarining ko’paytirilishiga, suv bilan taminlanishiga, tuproq fizik xossala-rining yaxshilanishiga bog’liq. Binobarin, tuproq unumdorligi ijtimoiy, iqtisodiy tuzumga, ilm-fanning, texnika taraqqiyotining, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan bevosita bog’liqdir. Tabiiy unumdorlik inson faoliyati tasirida doimo to’ldirilib boriladi. Ammo, inson tuproq unumdorligi haqida tegishli g’amxo’rlik qilmasa yoki uni malum darajada ushlab tura olmasa, samarali unumdorlik tabiiy unumdorlik darajasidan ham pasayib ketishi mumkin. Tuproqning samarali unumdorligini oshirish usullari xilma-xildir. Tuproqqa maqbul darajada ishlov berish, o’g’itlar va turli meliorativ tadbirlardan foydalanish, almashlab ekish, yerdan foydalanishning ilmiy asosda tashkil etishi, tuproqning ekologik holatini yaxshilash singari tadbirlar tuproq unumdorligining samaradorligini keskin oshirish imkonini beradi.
Madaniylashgan tuproq - deyilganda agrokimyoviy va agrofizikaviy xossalari,
shu tufayli unda suv, havo, issiqlik va oziqa rejimlari yaxshi bo’lgan, ekinlarning normal o’sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilgan tuproq tushuniladi. Yer asosan biologik, kimyoviy va fizik usullarda madaniylashtiriladi. Biologik usul - bunda, tuproqdagi organik moddalarning sintezlanishi va chirishini boshqarish, serhosil, kasallik va zararkunandalarga chidamli navlarni ekish, almashlab ekishni joriy etish kabi tadbirlar amalga oshirilishi lozim. Kimyoviy usul - bunda, yerga har xil mineral, bakterial o’g’itlar solinadi, gips va boshqa moddalar qo’llanilib, tuproqda o’simlik oson o’zlashtiradigan holatdagi moddalar miqdori ko’paytiriladi. Yer ohaklanganda tuproqning kislotaligi, gipslashda esa ishqoriyligi normallashib, o’simliklarning o’sishi uchun yaxshi muhit vujudga keladi. Fizik usul – bunda, yerga fizik-mexanik tasir etiladi, ya’ni yerga har xil ishlovlar beriladi, tuproqning strukturali bo’lishi va uning havo, issiqlik, suv va boshqa rejimlarini boshqarishda o’tkaziladigan tadbirlar kompleksi amalga oshiriladi. Bundan tashqari, mayda kartalarni yiriklashtirish, yerlarning zaxini qochirish, sho’rini yuvish, sizot suvlar sathini pasaytirish yuzasidan o’tkaziladigan kollektor-drenaj ishlari hamda ekin ekishdan oldin va keyin olinadigan egat va jo’yaklar ham fizik usulga kiradi. Bundan tashqari mexanikaviy tarkibi og’ir tuproqli dalalarga qum sepish, yengil tuproqli uchastkalarda kalmotaj qilish (loyqa bostirish) mumkin. Tuproqning unumdorlik va madaniylik darajasi undagi chirindi, mikroorganizmlar miqdori, tuproq muhiti, donadorligi, qattiq va yumshoqligi, tuzilishi, haydalma qatlam qalinligi va boshqa ko’rsatkichlarga qarab aniqlanadi. Organik o’g’itlar, asosan, go’ng, yerlarni madaniylashtirishda muhim ahamiyatga ega. Yerlarni muntazam go’nglash natijasida tuproqda chirindi, azot, fosfor va kaliyning harakatchan holatdagi miqdori ko’payib, uning singdirish sig’imi, asoslar bilan tuyinishi darajasi, nitrifikasiya qobiliyatining ortishiga olib keladi, mahalliy o’g’itlar bilan yerga ko’plab mikroorganizmlar tushadi va ular ham tuproqni madaniylashtirishda katta ahamiyatga ega. Dehqonchilik madaniyati past bo’lsa, yerning haydalma qatlamida begona o’t urug’lari va ularning o’suv organlari ko’p bo’ladi. Ular ekinlarni ifloslantirishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Begona o’t urug’i va o’suv organlarining ko’p bo’lishiga asosan almashlab ekishga rioya qilmaslik, yerlarni o’z vaqtida sifatli ishlamaslik, ekinlarni yuqori agrotexnika asosida parvarish qilmaslik, begona o’tlarga qarshi kurashishda maxsus tadbirlarni joriy qilmaslik, hosilni o’z vaqtida yig’ib terib olmaslik va xokazolar sabab bo’ladi. Haydalma qatlam qanchalik qalin, unumdor bo’lsa o’simliklarning ildiz tizimi shunchalik chuqur qatlamlarga tarqalib o’sadi va serhosil bo’lib yetiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |