Zootexniya va agronomiya


Azotli, fosforli, kaliylio`g`itlar



Download 245,94 Kb.
bet7/24
Sana20.06.2021
Hajmi245,94 Kb.
#71339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
DILSHOD. DEHQONСHILIK

Azotli, fosforli, kaliylio`g`itlar

Azot

Azot o`simliklar uchun zarur oziq elementlardanbiridir. U barcha oddiy va murakkab oqsillar, nukleinkislotalar (RNK va DNK), xlorofill, fosfatidlar,
alkaloidlar, ayrim darmondorilar va fermentlar tarkibiga kiradi.O‘simliklar oziklanishida azot manbai bo’libammoniy (NH+4) va nitrat (NO-3) tuzlari xizmat qiladi. O`simliklar tomonidan azotning o‘zlashtirilishi birqator murakkab jarayonlar asosida ketadi va ammiakning tegishli organik kislotalar ketoguruhi bilan hosilqiladigan aminokislotalardan sintezlanadigan oqsil
molekulasiga birikishi bilan yakunlanadi. Mazkur jarayonga aminlanish deyiladi.

Azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish asosida ammiak sintezi yotadi. Ammiak faqat ammoniyli tuzlarni emas,balki turli-tuman azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda
xom ashyo vazifasini o’taydi.
Sintetik ammiak quyidagi usulda olinadi:
N2+3H2=2NH3
Bu jarayon maxsus moslamalarda yuqori bosim va harorat (400— 500°C)da amalga oshiriladi. Ammiak olishdaishlatiladigan azot va vodorod turli aralashmalar (H2S,CO va boshqalar)dan xoli bo`lishi kerak.
Ammiakni oksidlab nitrat kislota olinadi. Zavodlarda nitrat kislota olish uchun sintetik ammiak hamdakislorod yuqori haroratda qizdirilgan katalizatorustidan o`tkaziladi va bunda quyidagi reaksiyalar sodir bo`ladi:
4NH3+ 502=4N0+6H20;
2NH3+ 302 = 2 HN02+2H20;
NH3+ 202 = HN03+H20;
4NH3+ 3 0 = 2 N 2+6H20.
Hosil bo‘lgan nitrat kislota konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida qayta haydalib, 96-98%linitrat kislotaga aylantiriladi. Undan nitratli vaammiakli-nitratli o‘g‘itlar olishda foydalaniladi.
Hozirgi kunda quyidagi turdagi azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarilmoqda:
1. Ammiakli-nitratli o‘g‘itlar — ammiakli selitra, ammoniy-sulfat-nitrat.
2. Ammiakli o‘g‘itlar — ammoniy sulfat, ammoniyxlorid, ammoniy karbonat, suyultirilgan ammiak, ammiakli suv va ammiakatlar.
3. Nitratli o‘g‘itlar — natriyli selitra, kalsiyli selitra, kaliyli selitra.
4. Amidli o’g`itlar — mochevina, kalsiy sianamid,
mochevina-formaldegidli o‘g‘itlar (MFO‘).
Oson eruvchan ammiakli selitra tuproq namligi ta’sirida to‘la eriydi. D.N. Pryanishnikov laboratoryasida o`simliklar tomonidan ammiakli selitra eritmasidan nitrat (N03) anioniga qaraganda ammoniy(NH4) kationini tezroq o‘zlashtirishi aniqlangan,shu sababli u fiziologik jihatdan nordon o‘g‘it hisoblanadi.
Ammiakli selitra tuproqning singdirish kompleksi (TSK) bilan o’zaro ta’sirlashganda, NH4 kationituproq kolloidlariga yutiladi, N03 anioni esa tuproq
eritmasida qolib, o‘z harakatchanligini saqlaydi.Serkarbonat tuproqlar uchun ammiakli selitra engyaxshi azotli o‘g‘itlardan biri hisoblanadi.
Tarkibida N+ ionlari mavjud nordon tuproqlar(masalan, chimli podzol tuproq) eritmasida esa HN03hosil bo‘ladi, natijada ularning nordonligi yanada
ortadi.
Nordonlikning ortishi vaqtinchalik mavqega ega,lekin tuproqqa muttasil yuqori me’yorda ammiakliselitra kiritilsa, nordonlik oshib boradi va o‘g‘itning samaradorligi sezilarli darajada kamayadi.
Nishonlangan atomlar usuli asosida azotli o‘g’itlartarkibidagi azotning 40-50% i o`simliklar tomonidan o‘zlashtirilishi aniqlangan. Nitratli o‘g‘itlar tarkibidagi azotning 10-20% i, ammiakli o‘g‘itlar tarkibidagi azotning 20-40% i organik holatga o‘tishi vamos ravishda 20-30 va 15-20% i tuproqdan gazsimon
holatda yo‘qolishi aniqlangan.

Sintetik ammoniy sulfat oq rangli, koks-kimyoviy ammoniy sulfat esa, tarkibida organik aralashmalar bo‘lgani sababli kulrang, ko‘kimtir yoki qizg’ishtusda bo`lishi mumkin. Ammoniy sulfat kuchsiz gigroskopik, sochiluvchan, tarkibida 24% atrofida oltingugurt tutadi, qaysiki, o`simliklarning oziqlanishidao‘ziga xos ahamiyatga ega.
Ammoniy sulfatning fiziologik nordon o‘g‘itligini quyidagicha izohlash mumkin. Birinchidan, o‘g’ittuproqqa tushgach, nitrifikaqiya jarayoniga uchraydi,
Tarkibidagi azot nitrat shakliga o‘tadi. Natijada nitrat kislota hosil bo‘ladi va sulfat kislota ajralibchiqadi.
Ikkinchidan, tuproqqa tushgan ammoniy sulfat tezda erib, ionlarga ajraladi. O‘simliklar S04anionigaqaraganda NH4kationini tez va ko‘p miqdorda o‘zlashtiradi, natijada anionlar to‘planib, tuproqning nordonlashishiga sabab bo‘ladi.

Ammoniy-natriy sulfat(NH4)2SO4*Na2S04.

Tarkibida 16 % azot va 2,5% atrofida organik qo‘shilmalari mavjud bo‘lgan, sariq tusli zarrabin modda. Kaprolaktam ishlab chiqarishda chiqindi mahsulot.
Tarkibida natriy tutgani uchun qandlavlagi va butgullilar oilasiga mansub ekinlarni yetishtirishda muhim ahamiyatga ega.


Download 245,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish