Koloniya hosil qiluvchi poliðlar
. Koloniya hosil qiluvchi polið-
lar koloniyasi gidraga o‘xshash tuzilgan juda ko‘p sonli poliðlardan
iborat. Koloniyadagi poliðlarning ichki bo‘shliqlari o‘zaro tutashgan
bo‘ladi. Shuning uchun har bir poliðning tutgan ozig‘i hamma
koloniya a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanadi. Koloniya hosil qiluv-
chi poliðlar mayda organik qoldiqlar va mikroorganizmlar bilan
oziqlanadi. Ko‘pchilik turlarining tanasi devorida ohak skelet hosil
bo‘ladi. Qattiq skeletli, koloniya bo‘lib yashovchi bo‘sh
li
q
ichlilar
korall poliðlar deb ataladi (15-rasm, 5, 6).
Koloniya bo‘lib yashovchi poliðlar jinsiy ko‘payganda tu
xum
dan
chiqqan lichinkasi aktiniyalar lichinkasi singari suv tubiga yopishib,
kichkina polið hosil qiladi. Polið davrida esa gidra singari jinssiz
kurtaklanish orqali ko‘payadi. Lekin kurtakdan hosil bo‘lgan yosh
poliðlar ona tanasidan ajralib ketmasdan birga kurtaklana boshlay-
di. Shu tariqa koloniya hosil bo‘ladi.
28
III bob. Ko‘p hujayrali hayvonlar: bo‘shliqichlilar tiрi
Do'stlaringiz bilan baham: |