Zoologiya uzb 2017. indd



Download 5,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/296
Sana07.01.2022
Hajmi5,19 Mb.
#328255
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   296
Bog'liq
7-sinf zoologiya kitobi

      Itning tashqi tuzilishi, 
50-§.  skeleti va muskullari
Tashqi tuzilishi.
 Sutemizuvchilarning oyoqlari, odatda, ancha 
baquvvat va uzun bo‘lib,  tanasi ostida joylashgan. Shuning uchun 
ularning tanasi yerdan dast ko‘tarilib turadi. It yurganida barmoq-
lariga tayanadi. Boshi harakatchan bo‘yin orqali tanasiga birikkan. 
Sutemizuvchilarda uchinchi qovoq rivojlanmagan; sutemizuvchilarning 
tashqi qulog‘i va quloq suprasi rivojlangan. Itlarning quloq suprasi 
harakatchan bo‘ladi.
Jun qoplami.
 Sutemizuvchlarning terisi jun bilan qoplangan 
bo‘ladi. Jun qoplami ikki qavatdan iborat. Sirtqi qavati uzun va 
?!


169
50-§. Itning tashqi tuzilishi, skeleti va muskullari
qayishqoq, lekin dag‘al qiltiqlardan, ostki qavati esa mayin va kalta 
tuklardan tashkil topgan. Mayin tuklar orasida havo ko‘p bo‘ladi, 
ular hayvon tanasidagi haroratni yaxshi saqlaydi. Dag‘al qiltiqlar 
tuklar bilan birga terini himoya qilib turadi. Sutemizuvchilar ta-
nasida  tuyg‘u vazifasini bajaradigan yirik va uzun qillar ham bor.
Ko‘pchilik sutemizuvchilarning terisida ter bezlari bor. Bezlar 
issiq havoda tana haroratini doimiy saqlash va qo‘shimcha ajra 
tish 
organi vazifasini bajaradi. Issiq havoda bezlar orqali ajralib chiqadi-
gan ter hayvon tanasini sovitishi bilan birga organizmdan ortiqcha 
tuzlarni chiqarib yuboradi. Itlarning terisida ter bezlari bo‘lmagani-
dan ularning tanasi nafas olishi tufayli soviydi. Shu ning uchun itlar 
issiq havoda og‘zini ochib, tez-tez nafas oladi.
Sutemizuvchilarning barmoqlari uchida muguz tirnoqlari yoki tu-
yoqlari bo‘ladi. Ba’zi hayvonlar (qoramollar, karkidonlar, antilopalar)
ning boshidagi shoxlari ham muguzdan iborat.
Skeleti.
 Sutemizuvchilar skeleti bosh, umurtqa pog‘onasi, ko‘krak 
qafasi, oldingi va orqa oyoqlar hamda ular kamarlari skeletlaridan 
iborat (96-rasm). Bosh miyasi ancha kuchli rivojlanganligi tufayli 
miya qutisi ham boshqa umurtqali hayvonlarnikiga nisbatan yirik 
bo‘ladi. Umurtqa pog‘onasi bo‘yin, ko‘krak, bel, dumg‘aza va dum 
bo‘limlariga ajratiladi. Bo‘yin 7 ta umurtqadan iborat.  Ko‘krak 
umurtqalari 12–15 ta bo‘lib, qo 
vurg‘alar va to‘sh suyagi bilan 
birgalikda ko‘krak qafasini hosil qiladi. Bel 2–9 (itlarda 6) ta 
umurtqadan iborat. Bel umurt 
qalari o‘zaro harakatchan qo‘shilganligi 
tufayli hayvonlarning tanasi beldan bukilishi mumkin. Dumg‘aza 
bo‘limidagi 3–4 ta umurtqa chanoq suyagi bilan qo‘shilib ketgan. 

Download 5,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish