8.4. QUSHLAR SINFI Qushlar – havo muhitiga moslashgan issiqqonli hayvonlar. Tanasi pat bilan qoplangan. Suyaklari yengil, naysimon suyaklar- ning bo‘shlig‘iga havo to‘lgan, jag‘lari muguz tumshuqqa, oldingi oyoq- lari qanotga aylangan. Ular tanasining harorati tashqi muhit haroratiga bog‘liq bo‘lmaydi. Nafas olishda o‘pka bilan birga havo xaltachalari ham ishtirok etadi. Yuragi to‘rt kamerali, issiqqonli hayvonlar tuxum qo‘yib ko‘payadi. Qushlarning tuzilishi ko‘k kaptar misolida o‘rganiladi.
41-§. Ko‘k kaptarning tashqi tuzilishi Gavda bo‘limlari. Kaptarning gavdasi bosh, bo‘yin, tana va oyoq-
lardan iborat (80-rasm). Uncha katta bo‘lmagan yumaloq boshi uzun
va juda hara katchan bo‘yin orqali tanaga tutashgan. Tumshug‘i usti-
da burun teshigi, boshining ikki yonida ko‘zlari, ulardan orqaroqda
quloq teshiklari joylashgan. Qushlar uchayotganida yoyilgan qanotlar
ko‘tarish yuzasini hosil qiladi (81-rasm). Qushlar oyoqlarining past-
?!
140
8.4. Qushlar sinfi ki qismi – iligi va barmoqlari mu
guz tangachali dag‘al teri bilan
qoplangan. Kap
tar faqat oyo