40-§.
Toshbaqalar va timsohlar turkumlari
Toshbaqalar.
Toshbaqalar tanasi orqa va qorin tomondan suyak
hamda muguzdan iborat mustahkam kosa – qalqon bilan qoplan-
gan. Kosa qovurg‘alar, umurtqalar va o‘mrov suyaklari bilan tu-
tashgan. Biron xavf tug‘ilganida toshbaqa boshi, oyoqlari va dumini
kosasi ichiga tortib oladi. Toshbaqaning bo‘yni uzun, boshi juda
harakatchan bo‘ladi. Tili yo‘g‘on va go‘shtdor, tishlari rivojlanma-
gan, jag‘lari shoxsimon plastinkalar bilan qoplangan. Ko‘zi va hid
bilish organlari yaxshi rivojlangan. Umurtqa pog‘onasida bo‘
yin va
dum umurtqalari o‘zaro harakatchan, boshqa umurtqalari orqa kosasi
bilan harakatsiz birikkan (78-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |