1
2
3
4
5
6
A
B
43-rasm. Hasharotlar
bosh qismining tuzilishi:
A – ustki va B – ostki
tomondan ko‘rinishi:
1 – mo‘ylovlar; 2 –
ko‘z; 3 – yuqori lab;
4 – yuqori jag‘; 5 –
pastki jag‘; 6 – pastki
lab
Qo‘ng‘iz boshining ikki yonida bittadan yirik murakkab ko‘zlari
bo‘ladi. Har qaysi ko‘z bir necha mingta zich joylashgan mayda
oddiy ko‘zchalardan iborat. Hasharotlar ham daryo qisqichbaqa-
si singari mozaik ko‘rish xususiyatiga ega. Ko‘pchilik hasharotlar
rangni yaxshi ajratib oladi. Ko‘zlarining oldida yelpig‘ichga o‘xshash
mo‘ylovlari joylashgan. Erkak qo‘ng‘izning mo‘ylovi urg‘ochilariga
nisbatan yirikroq bo‘ladi. Mo‘ylovlar hid bilish organi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |