Qon aylanish sistemasi. Baqaning qon aylanish sistemasi or-
ganlari yurak, arteriya, vena va kapillyar qon tomirlaridan ibo
rat
(72-rasm). Yurak bitta qorincha va ikkita bo‘lmadan iborat. Yurak
qorinchasi bo‘lmalarning ketma-ket qisqarishi tufayli qon tomirlar
bo‘ylab harakatlanadi. Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon
aylanish doirasidan iborat. Katta qon aylanish doirasi bo‘ylab qon
yurak qorinchasidan arteriyalar orqali hamma tana organlariga bora-
di. U yerda qon to‘qimalarga kislorodni berib, karbonat angidrid
gazi bilan to‘yinadi va yurakning o‘ng bo‘lmachasiga qaytib keladi
Do'stlaringiz bilan baham: |