Nafas olish sistemasi tana bo‘shlig‘ida joylashgan juda ko‘p
shoxlangan ingichka naychalarga o‘xshash traxeyalardan iborat.
Havo qorin bo‘limida joylashgan tashqi nafas olish teshiklaridan
naychalarga o‘tadi. Naychalar orqali hamma tana organlariga yetib
boradi. Traxeya naychalaridagi havo qorin muskullarining dam-ba-
dam qisqarishi tufayli almashinib turadi.
Ayirish sistemasi qorin bo‘shlig‘ida joylashgan ingichka va uzun
malpigi naychalaridan iborat. Naychalarning bir uchi berk, ikkinchi
uchi esa ichak bo‘shlig‘iga ochiladi. Tana bo‘shlig‘idagi qondan
malpigi naychalariga moddalar almashinuvi mah
sulot
lari o‘tib, nay-
chalar bo‘shlig‘ida kristallanadi va ichak bo‘sh
lig‘iga o‘tib, undan
oziq qoldig‘i bilan birga chiqib ketadi.
Nerv sistemasi boshqa bo‘g‘imoyoqlilarnikiga o‘xshash bo‘lib,
halqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv zanjiridan iborat. Bosh-
dagi juda ko‘p nerv hujayralari qo‘shilib, bosh miyani hosil qiladi.
21-§. Yashil bronza qo‘ng‘izining ichki tuzilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |