37-rasm. Daryo qisqichbaqasining ayirish, qon aylanish va nafas olish sistemasi:
1 – ayirish bezi; 2 – jabralar; 3 – yurak; 4 – orqa qon tomiri; 5 – qorin qon tomiri
5
1
4
3
2
Ayirish sistemasi. Ayirish sistemasi bosh tomonda joylashgan
bir juft yashil bezlar va ularning naychalaridan iborat. Ularning
tuzilishi yomg‘ir chuvalchanginikiga o‘xshash. Bu bezlarning pu-
faksimon kengaygan uchi tana bo‘shlig‘ida joylashgan, naychalari
esa kalta mo‘ylovlarning asosida tashqariga ochiladi. Yashil bezlar
qonda eri
gan zararli almashinuv mahsulotlarini organizmdan chiqa-
rib yuboradi.
Nerv sistemasi. Yomg‘ir chuvalchanginiki singari halqum usti va
halqum osti nerv tugunla
ri, halqum atrofi nerv halqasi va qorin
nerv zanjiridan iborat. Halqum usti nerv tugunidan ko‘z va mo‘y-
lovlarga, halqumosti tugunidan jag‘larga, qorin nerv tugunlaridan esa
barcha organlarga nervlar chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |