1 2 3 4 5 6 A B 43-rasm. Hasharotlar bosh qismining tuzilishi: A – ustki va B – ostki
tomondan ko‘rinishi:
1 – mo‘ylovlar; 2 –
ko‘z; 3 – yuqori lab;
4 – yuqori jag‘; 5 –
pastki jag‘; 6 – pastki
lab
Qo‘ng‘iz boshining ikki yonida bittadan yirik murakkab ko‘zlari
bo‘ladi. Har qaysi ko‘z bir necha mingta zich joylashgan mayda
oddiy ko‘zchalardan iborat. Hasharotlar ham daryo qisqichbaqa-
si singari mozaik ko‘rish xususiyatiga ega. Ko‘pchilik hasharotlar
rangni yaxshi ajratib oladi. Ko‘zlarining oldida yelpig‘ichga o‘xshash
mo‘ylovlari joylashgan. Erkak qo‘ng‘izning mo‘ylovi urg‘ochilariga
nisbatan yirikroq bo‘ladi. Mo‘ylovlar hid bilish organi hisoblanadi.