Zoologiya (Umurtqasiz hayvonlar)


Mavzuga oid tuchuncha va atamalar



Download 7,21 Mb.
bet14/113
Sana22.01.2022
Hajmi7,21 Mb.
#399055
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   113
Bog'liq
Санаева Лола. Um-siz.MAJ-20-21

Mavzuga oid tuchuncha va atamalar: Infuzoriya tufelka, peristom, trixotsist, kiprik, makro-mikronukleus (katta va kichik yadro), poroshitsa, qonyugatsiya, migrir va statsionar yadro (erkak va urg’ochilik), vakuola rezervuari va naychasi, qisqaruvchi va hazm qilish vakuolasi, sirri, regeneratsiya, balantidiy, stilonxiya, karnaycha, bursariya, suktoriya, ofrioskolesida, ixtioftirius, suvoyka, peristom, entodiniomorfa.

Mavzuning vazifasi va maqsadi: Infuzoriyalar tipining asosiy xususiyatlari ta'rifi. Kiprikli infuzoriyalar murakkab tuzilishi bеlgilari. Ularning hayot kеchirishi, ko`payishi, asosiy sistеmatik guruxlari. Infuzoriyalarning xilma xil turldari. Bir hujayralilarning filogеnеyasi.

Infuzoriyalar eng murakkab bir hujayrali hayvonlar bo`lib, xarakatlanish organlari tanasinig sirtida joylashgan ko`plab kipriklari xizmat qiladi.

Infuzoriyalar 1-marta pichan ivitmasida topilgan. “Infuzoriya” so`zi ham (lot. “infuzus” – “ivitma hayvonlari”) pichan ivitmasida yashaydigan hayvon ma`nosini anglatadi.

Infuzoriyalar tabiatda keng tarqalgan sodda hayvonlarning eng katta sinfi bo`lib, 7000 dan ortiq turni o`z ichiga oladi. Ular dengizlarda va chuchuk suvlarda keng tarqalgan. Ayrim turlari tuproqda yashaydi. Umurtqali va umurtqasiz hayvonlarda parazitlik ham qiladi.

Infuzoriyalarga ko`p kipriklilik xos bo`lib, kiprikchalar ularning asosiy harakatlanish organoidi hisoblanadi. Ularning o`ziga xos belgilaridan biri bir-biridan farq qiladigan yadrolari borligidir. Katta vegetativ yadro makronukleus, kichik generativ yadro mikronukleus deb yuritiladi. Makronukleus - yirik yadro loviya shaklida bo`lib, xromosomalarning poliploid to`plamiga ega va moddalar almashinuvi jarayonini boshqarsa, mikronukleus esa dumaloq shaklda bo`lib, xromosomalarning diploid to`plamiga ega va jinsiy ko`payishda ishtirok etadi, ya`ni qonyugatsiyada.

Infuzoriyalarning turlari ko’p bo’lib, ular kipriklarining to`zilishiga ko’ra quyidagi sinflar bo’linadi:

kiprikli info`zoriyalar – (Ciliata)

a. Tеng kipriklilar- (Holotricha)

b. Spiral kipriklilar- (Spirotricha)

v.doira kipriklilar- (Peritricha)

kеnja sinflariga bo`linadi.

So`ruvchi infuzoriyalar – (SUCTORIA)

Kiprikli infuzoriyalar sinfi – tеng kipriklilar, Spiral kipriklilar va Doira kipriklilar kеnja sinflariga bo`linadi.

kiprikli infuzoriyalar - (Hypotricha) ning vakillari chuchuk suv havzalarida va sho’r dengizlarda keng tarqalgan bo’lib, ulardan biri yirik infuzoriya – stilonixiya (Stylonichia mytilus) dir. Uning uzunligi 0,3 mm bo’lib, asosan chuchuk suv havzalarining tubidagi suv o’tlar atrofida yashaydi. Stilonixiya yassi tanasining og’iz oldi botiqligi – (peristom) va “og’izcha” joylashgan “qorin” tomonida bir necha kiprikchalarning biri ichidan hosil bo’lgan juda yirik qilchalar – sirrilar joylashgan. Ular yordamida infuzoriyalar substratga yopishishi, yurishi mumkin. Bundan tashqari, stilonixiyalar sirrilari yordamida hatto sakray ham oladi. Bunday murakkab harakatlarni ular dumida joylashgan bir juft sirrilari yordamida bajaradi. Tanasining o’ng va chap tomonlarida 2 qator bo’lib joylashgan kiprikchalar (elastik tukchalar) joylashadi. Bular sezish vazifasini bajaradi. Stilonixiyalar bakteriyalar, ayrim vaqtlarda esa bir hujayrali suv o’tlar bilan oziqlanishi mumkin. Ular hatto mayda infuzoriyalarga ham hujum qiladi. Shuning uchun ular ham o’simlikxo’r, ham yirtqichdirlar. Stilonixiyaning makronukleusi cho’ziq, mikronukleuslari 2 tadan bo’ladi.

Bu hayvonlarni sholipoyalarda ham uchratish mumkin.

Spiral kipriklilar-kеnja sinfi : Xar xil kipriklilar, qorin kipriklilar va kam kpriklilar turkumlariga bo`linadi

Har xil kiprikchalilar (Heterotricha) ga bir oz yirik bo`lgan erkin holda suzib yuruvchi turli avlodlarga mansub vakillar – Stentor, Bursaria, Spirostomum, Nyctotherus va boshqalar misol bo’ladi.

Karnaycha (Stentor) – xuddi bir tomoni kengaygan karnayni eslatadi. Stentor mikroblar, chirindilar va turli suv o’tlari bilan oziqlanadi. Bu infuzoriya doimo tanasining kengaygan qismini oldinga qilib, suvda so`zib yuradi. Tanasining toraygan qismida so’rg’ich hosil qilib, uning yordamida substratga yopishishi ham mumkin.

Karnaycha infuzoriya regeneratsiya xususiyatiga ega. Agar infuzoriya skalpel yordamida bir necha bo’lakka ajratib tashlansa, ma’lum davr (bir necha soat, so`tka) dan keyin har bo’lagidan mayda infuzoriyalar hosil bo’ladi va ular kuchli oziqlanishi hisobiga tez o’sadi.

Bursariya (Bursaria truncatella) – tanasi 2 mm bo’lib, tanasi xaltacha shaklida. Tanasi kipriklar bilan qoplangan. Bu infuzoriyalar ochko’z bo’lib, birin-ketin 6-7 ta infuzoriya tufelkani yutadi. Bursariyalar chuchuk suvda kam uchraydi. Qisqaruvchi vakuolalari yo’q. Uning o’rniga pufakchalar bor.

Doira kipriklilar­ (Peritricha) – ko’pchiligi substratga yopishib, o’troq holda hayot kechiradi. Bo`nga suvoykalar (Vorticella) kiradi. Tanasining shakli qo`ng`iroq gulga o`xshab, karnaychasimon tananing ustki qismida 2 qator doirasimon kiprikchalar bo`lib, o`rtasida og`iz teshigi bor. Suvoykalarning kattaligi 150 mk. Suvoykalar bakteriyalar bilan oziqlanadi.

To`garak kiprikli infuzoriyalar o`rtasida yakka yashovchi formalar juda oz, ularning ko`pchiligi jamoa bo`lib yashaydi.


Download 7,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish