Jizzax– 2019
Zoologiya fani ikki katta bo`limga ajratib o`rganiladi. Uning birinchi umurtqasizlar zoologiyasi bo`limi biologiya yo`nalishi talabalari tomonidan 3- va 4- sеmеstrlarda o`rganiladi. Ikkinchi umurtqalilar zoologoyasi bo`limi esa 3- va 4- sеmеstrlari davomida o`qitiladi. Zoologiyani o`rganish davomida hayvonot dunyosining xilma-xilligi, hayvonlarning tuzilishi, yashash sharoiti, ko`payishi va rivojlanishi bilan tanishishadi; asosiy sistеmatik guruhlar to`g`risida tushunchaga ega bo`lishadi; hayvonlar asosiy turlarini tabiiy yashash sharoitida ani?lash malakasiga ega bo`lishadi. Zoologiya sohasidagi bilimlar talabalarni ekologiya, evolyutsion ta'limot, fiziologiya, sitologiya, parazitologiya, entomologiya, immunologiya kabi umumiy va xususiy fanlarni o`rganishga tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |