A - genii gametalar uchrashish ehtimoli yoki konsentratsiyasi: qa -
“a” genii gametalar uchrashi ehtimoli. Har bir urg‘ochi va erkak hayvon
gametalari “A” yoki “a” genni o’zida olib yurganligi tufayli ulamish
yig‘indisi rA+ qa=l ga teng bo’ladi. Xardi-Naynberg formulasini Pennet
panjarasi yordamida gametalaming o’zaro qo’shilishini aniqlash bilan
topish mumkin.
Ammo bu qonunning amalga oshishi uchun bir qator muhim sharoit
bo’lishi,ya’ni:
1)
populyasiyada individlar soni chegaralanmagan bo’lishi:
2)
individlar populyasiyada erkin chatishishi:
3)
gomozigot va geterozigot individlar bir xil pushtdorlik,
hayotchanlikga ega bo’lishlari va tanlanmasliklari;
4)
genotiplarda mutatsiyalar bir xil chastotada bo’lishi yoki e’tiborga
olmaydigan darajada kam yuz berishi kerak. Lekin bunday sharoitni tabiiy
populyasiyalarda yaratib bo’lmaydi. Demak, Xardi-Vaynberg qonuni ideal
populyapiyalar uchun to’g‘ri ekan. SHu bilan birgalikda bu qonun irsiy
o’zgaruvchanlik dinamikasini o’rganish uchun asosiy usul hisoblanadi.
Bu qonunga binoan erkin chatishuvchi populyapiyalarda gomozigot
(dominant va retsessiv) va geterozigot individlar soni doimiy bo’lib qoladi.
Masalan, bir juft allel genlar (A va a) ning populyasiyada taqsimlanishidan
uch xil genotip, ya’ni AA, Aa va aa vujudga keladi. Erkin chatishuvchi
populyasiyalarda bu nisbat keyingi bo’g‘inlarda saqlanib qoladi.
Agar populyasiyada qandaydir tashqi ta’sir natijasida allellar nisbati
buzilsa ham, keyingi bo’g‘inda erkin chatishish natijasida genotiplar
turg‘unligi saqlanib qoladi. Masalan, populyasiyada allellar nisbati
A=r=0,95; a=q=0,05 bo’Isa, gepotiplar nisbati: AA=r
2
=0,9025;
Aa=2rq=0,950; aa=q
2
=0,0025 bo’ladi. Agar populyasiyada tashqi ta’sir
natijasida allellar nisbati o’zgarib A=r=0,70; a=q=0,30 bo’lsa keyingi
bo’g‘inda erkin chatishish natijasida genotiplar nnsbati o’zgaradi.
Evolyusiya va seleksiya protsesslarida turlar, zotlar yoki navlaming
irsiyati o’zgarib boradi. Bu o’zgarishlar populyasiyaning genetik
strukturasining o’zgarishlari bilan bogTiq. Populyasiyaning genetik
strukturasi o’zgarishiga evolyusiyaning asosiy faktorlari mutatsiya,
migratsiya, gepetiko-avtomatik protsesslar va tanlash ta’sir etadi.
Populyasiyalarda hech vaqt va hatto erkin holda ko’payganda ham bir
tenglikda bo’lmaydi.CHunki ularda doimo tanlash yuz berib turadi. YOvvoiy
hayvonlar va o’simliklar populyasiyalarida tabiiy tanlash uy hayvonlari
populyasiyasida esa tabiiy va sun’iy tanlash ro’y beradi.
SHunday qilib populyasiyalarda tanlash olib borilayotgan belgi
bo’yicha organizmlar soni ko’payib, genotiplar nisbati o’zgarib boradi.
Tanlashda hisobga olinmaydigan belgilar esa ko’p vaqt ichida tenglikda
saqlanish mumkin. Ularda genotiplar iisbati Xardi-Vaynberg formulasiga
to’g‘ri keladi. Tabiiy tanlash organizmniig hamma xususiyatlariga ta’sir
qilib, populyasiyaning butun strukturasini sistematik ravishda o’zgartirishga
olib lcelsa, sun’iy tanlash faqat ayrim belgilar nisbatini o’zgartiradi.
Mutatsiyalaming foydali bo’lishi evolyusiya va seleksiya protsesslari
uchun dastlabki materalni tayyorlab beradi. Organizmdagi hamma genlar
o’zgarishga uchrashi mumkin. Tanlash genlardagi o’zgarishlaming taqdirini
belgilaydi, ya’ni yangi genetik strukturasini yaratadi. Populyapiyalaming
mutatsiyalar yordamida toTdirilib borishiga mutatsion bosim yoki mutatsion
yuk deyiladi. Mutatsnon bosim populyasiya strukturasining o’zgarib
borishida katta ahamiyatga ega. Ko’pgina mutatsiyalar retsessiv paydo bo
Tib, dastlabki davrlarda geterozigot bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: