Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi - Jizzax viloyatida joylashgan. Turkiston tizma toglari gʻarbiy qismining shimoliyyon bagʻrida, Koʻlsoy va Gʻoʻralassoy havzalarini ishgʻol etgan. Janubiy Tojikiston bilan chegaradosh. Maydoni 15,5 ming ga, shundan 11,2 ming ga archa oʻrmonzorlari. Dastlab 1926 yilda Gʻoʻralas togʻ-archa qoʻriqxonasi nomi bilan tashkil etilgan. Qoʻriqxonada togʻ oʻrmonlarini va archa biol.sini oʻrganish, archazorlarni koʻpay-tirish, hayvon va oʻsimlik turlarini saqlab qolish ishlari olib boriladi. Relyefining murakkabligi va turli iqlimtuproq sharoitlariga koʻra, qoʻriqxonada 3 oʻsimlik mintaqasi (dasht, oʻrmon, subalp) mavjud. Qoʻriqxona hududi tipik togʻli oʻlka boʻlib, dengiz sathidan 1760–3500 m balandlikda (eng yuqori nuqta — Turalas togʻi 3560,5 m balandlikda). Yillik oʻrtacha v yogʻin miqdori 400 mm dan ortiq. Iqlimi keskin kontinental, maksimal harorat yozda 33°, qishda —35—38°. Qoʻriqxona hududida archazorlarning quyi qismida (1900–2700 m) Zarafshon archasi va qora archa, oʻrta qismida (2100–2800 m) sovur archa, yuqori qismida (2100–3200 m) oʻrik archa usadi. Bulardan eng koʻp uchraydigani sovur archadir. U qora archa va oʻrik archa orasida ham oʻsaveradi. Qoʻriqxonada 180, hatto 400 yoshga kirgan archalar bor. Archadan tashqari Tyanshan chetani, Turkiston qayini; butalardan zirk, naʼmatak, uchqat, irgʻay, tobulgʻi oʻsadi. Qoʻriqxona hayvonot dunyosi xilma-xil. Qoʻriqxonada Respublika Qizil kitobiga kiritilgan turkiston silovsini, oq tirnoqli ayiq, arhar, bars shuningdek, boʻri, boʻrsiq, tulki, jayra, toʻngʻiz va b. yashaydi. Qoʻriqxona hududida oʻsimliklarning 720, turli qushlarning 130, sut emizuvchilarning 37 turi, sudralib yuruvchilardan 8, baliqning bir turi tavsiflangan.
Parrandalardan pushti shaqshaq, toʻrgʻay, miqqiy, zagʻcha, zagʻizgʻon, kaklik, bedana, boltatumshuq, govkaptar, gʻurrak, turkiston ukkisi, boyqush va b. bor. Qoʻriqxonada uning hayvonot va oʻsimliklar dunyosini oʻrganish boʻyicha ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʻlgan tadqiqot ishlari olib boriladi.[1]
Manbalar
Tahrirlash
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganishU
1.1.3. Zomin davlat qo'riqxonasi
1928 yili O'zbekistonda birinchi marotaba archalar va u yerdagi noyob hayvonot dunyosining tabiiy holda saqlanishini taminlash maqsadida Zomin tog' archazorlari davlat qo'riqxonasi tashkil etildi. Uning umumiy yer maydoni 26840 gektarni tashkil etadi, shundan 22137,3 gektari o'rmon bilan qoplangan, Qo'riqxona yerlari tarkibiga tog' tizmalari kiradi, ular dengiz sathidan 1760 metrdan 3500 metr balandlikka ega bo'lgan uch zonani o’z ichiga oladi. Qo'riqxona hududini qora archa, o'rikarcha va saurarcha ko'rinishdagi uch turdagi archalar qoplagan. Tog’larning yuqori yon bag'irlarida saur archa turiga mansub bo’lgan archalar, o'rik archalari bilan tabiiy holda, tog'ning quyi qismida zarafshon archasi saurarcha ko'rinishdagi archalar bilan aralash o'sadi. Archazor chekkalari Turkiston dulanasi, Fedchenko namatagi, Korolkov uchqati, qoraqat va irg’ay butalari bilan qoplangan. Zomin qo'riqxonasidagi 700 turdagi o'simliklardan 20 turi O'zbekiston Respubfikasi "Qizil kitob"iga kiritilgan, 48 turi g'arbiy Turkiston tog' tizmasining endemiklari hisoblanadi.
Dorivor o'simliklarning 20 dan ortiq turlari qo'riqxonada mavjud, ular: parpi, oqsavrinjon, qumloq bo'znochi, valeriana, yalpiz, bo'znoch va boshqalar. Manzarali o'simliklarning 15 turlari malum. Qo'riqxonada 216 turdagi qo'ziqorinlar borligi aniqlanib, ularning 173 turi va 16 xili O'zbekiston uchun avvaldan aniqlangan hisoblanadi, 90 turi Markaziy Osiyo, 53 turi Osiyo va 12 turi sobiq SSSR uchun yangi va 2 ta turi fan uchun yangilik, 12 ta turi endemik hisoblanadi. Qo'riqxonaning hayvonot dunyosi xilma-xil bolib, u sharqiy Buxoro zoogeografik hududiga moyil. Yalangtoshloqlarda Turkiston agamasi,qumloq va tuproq yerlarda chipor ilon, sariq ilon, cho’l kaltakesagi va boshqalar uchraydi.
Archazorlar ayniqsa qushlarga boy. Bu yerda dehqon chumchuqlar, qorabuloq qorayaloq, archa boltatumshug’i, Turkiston ukkisi, kulrang pung qushi, kaklik va Turkiston maynasi uchrab turishi oddiy holat. Daralardagi sharsharalarda binafsha qorayalog’i va oddiy vahima qushlar, toshloq joylarda esa suvchumchuqlar oilasi va jibiajibonlar oilasi yashaydi. Baland tog' qoyalarida yirik yirtqich qushlar - qumoy, tasqara va boltayutarlar in qo'yib hayot kechiradilar. Chortangi darasining odam chiqolmaydigan qoyalari orasiga har yili uchib keladigan bir juft qora laylak in qo’yadi[30,31].
Eng yaxshi diqqatga sazovor joylar
Zominda nimani ko‘rish mumkin?
✔️ Katta hududda joylashgan Zomin davlat tog‘ archa qo‘riqxonasi va uning tarkibiga kiradigan Baxmal o‘rmon xo‘jaligi, Zomin o‘rmon xo‘jaligi, umumiy maydoni 26840 ga. teng bo‘lgan Zomin milliy tabiiy bog‘i;
✔️ Kristall ko‘llar
Nurota tizmalari o‘zining janubiy, qisman g‘arbiy va vohasining bir qismini o‘rab, moʻtadil iqlimni taʼminlaydi, shuningdek, mintaqaning shimolidagi Aydar-Arnasay ko‘llar tizimiga relyef va tabiiy go‘zallikning o‘ziga xosligini beradi;
✔️ Milliy sihatgoh - "Zomin" sanatoriysi
Zomin milliy bog‘ida dengiz sathidan 2 ming metr balandlikda “Zomin” sihatgohi joylashgan.
Eng toza havo, tog‘li landshaftlar, ignabargli o‘simliklar - bularning barchasi kattalar va bolalarga tibbiy muolajalar o‘tqazish uchun eng yaxshi sharoit hisoblanadi.
✔️ Qadimiy ziyoratgohlar va Parpi Oyim majmuasi.
Hammasini ko'rish
Zomin haqida videoIqlim 🌡
Mahalliy nabotot tufayli yozda bu ajoyib joyda havo harorati qo‘shni mintaqalarga qaraganda ancha past. Ammo shuni yodda tutingki, kunduzgi harorat kechki haroratdan keskin farq qiladi. Shuning uchun, eng issiq oyda ham siz o‘zingiz bilan issiq kiyim olishni unutmang! Bu yerdagi qish O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi qishdan juda farq qiladi. Qishda kuchli yog‘ingarchilik, haroratning juda tez o‘zgarishi va o‘ta manfiy haroratlar sizni kutmoqda, ammo siz bu yerda ko‘radigan go‘zallik bunga arziydi!
Sovg‘alar va suvenirlar 🛍
Zomin hududida esdalik sovg‘alari orasida asosan mahalliy diqqatga sazovor joylarning tasviri bilan magnitlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, mahalliy hunarmandlar yog‘och va loydan tayyorlangan hunarmandchilik buyumlari bilan sizni hayratda qoldirishga tayyor. Asosan bu sirli qulfli o‘yma sandiqchalar, dekorativ laganlar va boshqa ko‘plab qiziqarli narsalar. Kulollar sizni noyob mahalliy naqshlar bilan bo‘yalgan idish-tovoqlar bilan xursand qilishadi.
Suvenir va sovg‘alarni onlayn sotib olish
Oshxona 🍽
Mintaqa gastronomiyasining o‘ziga xos belgisi bu go‘shtdan boshqa narsa emas! Asosiy ovqatlarga tandir kabob, jiz va albatta Jizzax somsa kiradi. Tandir kabob – ko‘chmanchilar ixtiro qilgan taom. Doimiy ravishda safarda bo‘lganliklari sababli, ular yo‘lda pishirishni qulaylashtirish uchun yangidan-yangi usullarni o‘ylab topishga harakat qilishgan, go‘shtni olovda pishirishdan soddaroq usul bo‘lishi mumkinmi? Buning uchun oshpazlar chuqurligi 70 sm atrofida bo‘lgan o‘ra qazib, uning ichiga o‘tin qalab, shundan so‘ng go‘shtni osishgan. Go‘sht bilan bir qatorda o‘raga archa novdalari solinadi, aynan o‘sha betakror taʼmni berish uchun u go‘shtning o‘ziga ham ishqalanadi. Jiz tansiq taom hisoblanadi, hozirda esa uni har bir shaharda uchratish mumkin, lekin uning nomidan ko‘rinib turganidek uni Jizzax viloyatida ixtiro qilishgan. Jizz noodatiy tarzda tayyorlanadi, qo‘y go‘shti avval qaynatiladi, so‘ngra o‘z yog‘ida qovuriladi, bu unga o‘ziga xos taʼm beradi. Ammo mintaqaning asosiy taomi doimo somsa bo‘lib kelgan. Somsa tayyorlashning mahalliy usuli butun O‘zbekiston bo‘ylab mashhur, ammo, afsuski, aksariyat taomlardan farqli o‘laroq, uni faqat Jizzax viloyatida topishingiz mumkin. Jizzax somsa mamlakatdagi boshqa turdagi somsalarga nisbatan juda katta, ammo uni ham xuddi boshqalari singari og‘zi tik tandirda pishiradilar. Nima sababdan tandirda ichidagi masalliqlarning og‘irligi hisobiga u pastga tushib ketmaydi, deb so‘rarsiz? Bu ham buterbrod yerga tushsa doim sariyog‘li tomoni bilan tushishi kabi sirli holatlar qatoridagi sinoat bo‘lsa kerak. O‘zbek taomlari haqida ko‘proq maʼlumotni ushbu havola orqali o‘qishingiz mumkin.
Fotosurat zonalari 🙋♂️
Fotosuratlar har qanday sayohatning ajralmas qismi hisoblanadi! Ushbu bo‘limda sizni mazkur shaharning eng go‘zal joylari bilan tanishtiramiz.
P.S. O‘zbekistonning diniy diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishda ayollarga tananing ochiq joylarini (yelkalari, bel va oyoqlari) yopishlari tavsiya etilishini yodingizda saqlang. Bunday joylar tegishli shartli belgilar bilan alohida belgilangan. ☪️☦️✡️✝️
O‘tovli istiqomatgoh – bu o‘zingizni ibtidoiy odamlar kabi his qilish uchun eng yaxshi joy. Yarim tunda qadar gulxan atrofida o‘tirib, qo‘shiqlar kuylashingiz va go‘zal tungi osmondan zavqlanishingiz mumkin!
? Daryo bo‘yida sayr qilish nafaqat salomatlikni yaxshilaydi, balki sayringizni rasmga olish istagini uyg‘otadi, chunki siz bu joyning go‘zalligini abadiy eslab qolishni istab qolasiz!
? Zomin milliy parkidagi «Boboyong‘oq» yoshi 700 yil atrofida bo‘lgan yong‘oq daraxti bilan mashhur.
Tarix 🏺
Zomin – tabiatga sayohatni yaxshi ko‘radiganlar uchun juda qiziqarli joy. Ushbu kichik shahar jizzax viloyati tog‘li tumanining markazi hisoblanadi.Ishoning, siz tabiatga sayohat qilish uchun yaxshiroq joy topolmaysiz! Bu yerning tabiiy go‘zalligi sizni befarq qoldirmaydi. Tog‘ havosi shunchalik toza va shaffof , baʼzida ko‘nikmaganlik-dan bosh ham aylanadi.
Turli xil gullar va o‘tlarning xushbo‘y hidi sizni safar davomida tark etmaydi, muattar islar esa, shu qadar tez-tez almashadiki, ushbu ajoyib hidlarning barcha jihatidan zavq olishga ulgurmay qolasiz. Ammo betakror bo‘lgan barcha tabiiy go‘zalliklardan tashqari, ushbu hudud o‘zining qadimiy tarixi bilan ham mashhur. Bu yerda siz turli davrlardagi qalʼalar va yodgorliklarning xarobalarini uchratishingiz mumkin. Biroq 1960 yilda bu yerning noyob tabiatini saqlab qolish uchun tashkil etilgan qo‘riqxona – eng asosiy diqqatga sazovor joy hisoblanadi. Ushbu bog‘ning maydoni 10,5 gektarga etadi va uning katta qismi o‘rmondan iborat.
Shuningdek, qo‘riqxonada tog‘ tizmalari, qirlar va adirlarni topishingiz mumkin. Tog‘ tizmasining eng baland qismi – balandligi 4000 metrdan ortiq bo‘lgan Shavkartog‘ tog‘i. Ushbu qo‘riqxonaning diqqatga sazovor joylari orasida «Boboyong‘oq» – hisob-kitoblarga ko‘ra taxminan 700 yoshli yong‘oq daraxti alohida ajralib turadi. Uning balandligi 20 metrga, diametri esa deyarli 3 metrga etadi. Qo‘riqxonadan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda, qishloqda juda qiziq bir g‘or topilgan. Arxeologlar uning ichidan ibtidoiy odamlarning mehnat qurollarini topishgan, g‘or devorlari esa rasmlar bilan bezatilgan. Qo‘riqxona hududida sanatoriy “Zomin” va boshqa bir qator pansionatlar va bolalar lagerlari joylashgan.
Xarita 🗺
Jizzax viloyati
Shahar haqidaDiqqatga sazovor joylarZomin haqida videoIqlimSovg‘alar va suvenirlarOshxonaFotosurat zonalariTarixXaritaViloyat
O'zbekistonning boshqa shaharl
ZOMIN TOG’-O’RMON DAVLAT QO’RIQXONASI
Admin 17.12.2021
ZOMIN TOG’-O’RMON DAVLAT QO’RIQXONASI – Jizzax viloyatida joylashgan. Turkiston tizma tog’lari g’arbiy qismining shimoliy yon bag’rida, Ko’lsoy va G’o’ralassoy havzalarini ishg’ol etgan. Janub Tojikiston bilan chegaradosh. Maydoni 15,5 ming gektar, shundan 11,2 ming gektar archa o’rmonzorlari. Dastlab 1926 yilda G’o’ralas tog’-archa qo’riqxonasi nomi bilan tashkil etilgan. Qo’riqxonada tog’ o’rmonlarini va archa biologiyasini o’rganish, archazorlarni ko’paytirish, hayvon va o’simlik turlarini saqlab qolish ishlari olib boriladi. Relyefining murakkabligi va turli iqlim tuproq sharoitlariga ko’ra, qo’riqxonada 3 o’simlik mintaqasi (dasht, o’rmon, subalp) mavjud. Qo’riqxona hududi tipik tog’li o’lka bo’lib, dengiz sathidan 1760-3500 metr balandlikda (eng yuqori nuqta — Turalas tog’i 3560,5 metr balandlikda). Yillik o’rtacha yog’in miqdori 400 millimetr dan ortiq. Iqlimi keskin kontinental, maksimal harorat yozda 33°, qishda —35—38°. Qo’riqxona hududida archazorlarning quyi qismida (1900— 2700 metr) Zarafshon archasi va qora archa, o’rta qismida (2100-2800 metr) sovur archa, yuqori qismida (2100-3200 metr) o’rik archa o’sadi. Bulardan eng ko’p uchraydigani sovur archadir. U qora archa va o’rik archa orasida ham o’saveradi. Qo’riqxonada 180, hatto 400 yoshga kirgan archalar bor. Archadan tashqari Tyanshan chetani, Turkiston qayini; butalardan zirk, na’matak, uchqat, irg’ay, tobulg’i o’sadi. Qo’riqxona hayvonot dunyosi xilma-xil. Qo’riqxonada Respublika qizil kitobiga kiritilgan Turkiston silovsini, oq tirnoqli ayiq, arxar, Bars shuningdek, bo’ri, bo’rsiq, tulki, jayra, to’ng’iz va boshqalar yashaydi. Qo’riqxona hududida o’simliklarning 720, turli qushlarning 130, sut emizuvchilarning 37 turi, sudralib yuruvchilardan 8, baliqning bir turi tavsiflangan. Parrandalardan pushti shaq-shaq, to’rg’ay, miqqiy, zag’cha, zag’izg’on, kaklik, bedana, boltatumshuq, govkaptar, g’urrak, Turkiston ukkisi, boyqush va boshqalar bor. Qo’riqxonada uning hayvonot va o’simliklar dunyosini o’rganish bo’yicha ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan tadqiqot ishlari olib boriladi. Boris D’yakin.
310
108
Post menyusi
ZOMINZOMIN TUMANI
Bilimingizni test orqali sinang
Jizzax viloyati. Zomin davlat qo‘riqxonasi
26.
10. 2020
13:00
2582
Ekanadzor
Qo‘riqxona hududida G‘arbiy Buxoro zoogeografik uchastkasiga qaraydigan anchagina xilma-xil hayvonot dunyosi yashaydi. Bu yerda qo‘riqxona archa o‘rmonzorlariga xos barcha turlar uchraydi. Har xil maydonlarda boy ozuqa bazasi, in va uyali joylar bioxilma-xillik majmuasining barcha tarkibiga yashash imkonini yaratgan.
Qo‘riqxona hududida baliqlarning 1 turi, suvda va quruqliqda yashovchilarning 2 turi, sudralib yuruvchilarning 14 turi, qushlarning 102 turi va sutemizuvchilarning 30 turi uchraydi. Qo‘ng‘ir ayiq va Turkiston silovsini TMXIning «Qizil Kitobi»ga kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Qizil Kitobi»ga qo‘ng‘ir ayiq, Turkiston silovsini, tog‘ echkisi, tasqara, qora laylak, boltayutar, burgut, kichik burgut, itolg‘i, oqboshli qumoy, mallabosh lochinlar kiritilgan.
Archali kengliklar xususan qushlarga boy. Odatda qo‘riqxona o‘rmonlarida sariq va tog‘ dehqonchumchug‘i, qorabuqoq bo‘zshaqshaq, pungqush, hammayoqda hoziru nozir kakliklar, Turkiston chig‘irchig‘i ko‘plab uchraydi. Sharsharali daralarda tog‘ maynasi va vohmaqush, toshli soylarda qo‘ng‘ir va oddiy suvchumchuq, tog‘ va niqobli jiblajibon yashaydi. Yuqori cho‘qqilarda quyidagi yirik qushlar in quradi: oqboshli qumay, tasqara boltatumshuq-qo‘zilar. Chortongi darasida, qoyaning oyoq yetmaydigan chuqur yorig‘ida bir juft qora turna yashaydi. Bu juftlik har yili shu yerga ko‘chib keladi.
Sut emizuvchilardan bu yerda bo‘ri, to‘ng‘iz, quyon, oddiy ko‘rsichqonlar doimiydir. Yuqori tog‘liklar, archa zonasida ayiqlarni bolalari bilan uchratish mumkin, ular bu yerda ko‘p uchraydi. Xilvat joylarda Turkiston silovsining shitir-shitirini eshitib turish mumkin. Erta tongda tun yirtqichi, jajjigina, yoqimtoy ariq sichqonini uchratish mumkin.
Tog‘ echkisi tog‘liklar, qoyalar va tosh uyumlarida uchraydi, ular ham qo‘riqxona hayvonat dunyosining oddiy a’zosi.
Qoq toshliklarda turkiston echkiemarini uchratish mumkin. Qumli va tuproq qiyaliklarda bo‘shilon, chiporilon, cho‘l taqirko‘zligi, sariqilon va boshqalar ko‘zga tashlanadi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati
Yangiliklar taqvimi
Май,
..
Do'stlaringiz bilan baham: |