Linzalar
Kolloid sistemalarning faqat o`ziga hos bo`lgan hossalari
2. Koagullanish - kolloid zarrachalarning bir-biriga tortishib, birlashib, yirik agregatlar hosil qilishi:
a) yashirin koagullanish - ko`z bilan kuzatish imkoniyati bo`lmagan bosqichi
b) aniq koagullanish - eritmada ko`zga ko`rinarli darajada o`zgarishlar (loyqalanish, rang o`zgarishi, cho`kma tushishi) sodir bo`lishi.
Cho`kma tishish jarayoni sedimentatsiya deyiladi.
3. Kolloid zarrachalarni elektron mikroskopda ko`rinishi
Koagullanishga olib keluvchi sabablar va koagullanish bo`sag`asi
1. Mehanik ta`sir
2. Haroratni keskin o`zgarishi
3. Nur ta`siri
4. Elektrolitlar va noelektrolitlar ta`siri
5. Uzoq vaqt dializ qilish
Ma`lum vaqt o`tishi bilan 1 litr zolni aniq koagullanishga olib keluvchi elektrolitning millimoldagi eng kichik miqdori koagullanish bo`sag`asi deyiladi.
Koagullanish. Shultse-Gardi qoidasi
Shultse-Gardi qoidasi:
Zollar koagullanishi, granulaning zaryadiga qarama-qarshi zaryadli, ionlar ta`sirida yuz beradi. Koagullovchi ionning zaryadi qanchalik katta bo`lsa, uning koagullash qobiliyati shuncha yuqori bo`ladi va koagullanish bo`sag`asi pastroq bo`ladi.
Elektrilitlarning koagullovchi ta`sirini ortib borishi
KCl < K2SO4 < K3[Fe(CN)6] < K4[Fe(CN)6]
ZOLLAR -zarrachalarining oʻlchami 1 nm dan 100 nm gacha boʻlgan yuqori dispers sistemalar. Kolloid eritmalar gazsimon (tutun, bulut, tuman), suyuq (emulsiyalar) va qattiq (aralashmalar, qattiq kolloid eritmalar, rangli shishalar) holatda boʻladi. Kolloid eritmalar mono- va polidispers holatlarda boʻladi. Monodispers holatdagi Kolloid eritmalar faqat sintetik yoʻl bilan olinishi mumkin. Polidispers Kolloid eritmalar 2 usulda olinadi: yirikroq zarrachalarni maydalash (dispergatsiya usuli) va molekula yoki ionlardan yirikroq zarrachalar hosil qilish, yaʼni agregatlash (kondensatsiya usuli).
Dispergatsiya usulida Kolloid eritmalar hosil qilish uchun qattiq jism stabilizator bilan birga kukun qilib maydalanadi yoki elektr yohud ultratovush yordamida suyuqlik ichida kukunga aylantiriladi. Kolloid eritmalarni kislota, asos va toʻzlardan tozalashda dializ, ultrafiltrlash, elektrodializ, ultratsentrifugalash usullaridan foydalaniladi.
Kolloid eritmalar juda kichik osmotik bosim, suyet diffuziya va Broun harakatiga ega. Zarrachalar zaryadli boʻlganligi tufayli, ular elektroforez jarayonida elektrod tomon harakat qiladi.
Oʻta yuqori disperslikka ega boʻlgan Kolloid eritmalar zol deb ataladi. Zollarni nomlashda dispersion muhitni hosil qiluvchi modda asos qilib olinadi: dispersion muhit suv boʻlsa, gidrozol, organik modda boʻlsa, organzol, keyingilari kimyoviy tarkibiga koʻra benzozol, alkozol va boshqa deyiladi. Agar dispersion muhit gaz boʻlsa, bunday zol aerozol, suyuq dispersion muhitga ega boʻlgan zollar esa liozollar (yun. lios — suyuqlik) deb ataladi. Dispers faza zarrachalari bilan dispersion muhit zarrachalari orasidagi bogʻlanishga qarab, Kolloid eritmalar liofob va liofil zollarga boʻlinadi. Liofob zollarga dispers platina, kumush, oltingugurt zollari misol boʻla oladi. Liofil zollarda esa bu bogʻlanish kuchli boʻladi, ularga oqsil, jelatina, pepsin va yuqori molekulyar moddalarning eritmalari kiradi.
Kolloid eritmalar sanoat, qishloq xoʻjaligi va tibbiyotda muhim rol oʻynaydi. Barcha tirik organizmlar toʻqimalari va hujayralarining asosini tashkil etuvchi oqsil, nuklein kislotalar, kraxmal, glikogen kabi moddalar Kolloid eritmalar holida uchraydi. Tuproqning unumdorligi uning Kolloid eritmalar xrlidagi qismining fizik-kimyoviy xossalariga, sement, chinni, keramika, sir va boʻyoqlar sifati ularning disperelik darajasi hamda Kolloid eritmalarning xossalariga bogʻliq. Kolloid eritmalar charm, qogʻoz, gazlama, sunʼiy ipak, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida ham keng qoʻllaniladi.
Zollarning bir qator o ‘ziga xos xususiyatlari bor, ularni kolloid kimyo mufassal o ‘rganadi. Masalan, zollar zarrachalarining olchamlariga qarab turli xil rangda bolishi mumkin, chin eritmalarning rangi esa bir xil boiadi. Masalan, oltinning zoli ko‘k, gunafsha, to‘q pushti, qizil ranglarda bolishi mumkin.
Chin eritmalardan farq qilib, zollarda Tindal effekti, ya’ni kolloid zarrachalarning nurni tarqatishi kuzatiladi. Zol orqali yoruglik tutami olkazilsa, qorongl xonada ko'rinadigan yorug1 konus paydo boiadi.
Zollarning muhim xossalaridan biri shuki, ularning zarrachalarida bir xil ishorali elektr zaryadlar b о ‘ 1 a d i . Shu tufayli ular birikib, yirik zarrachalar hosil qila olmaydi va cho‘kmaydi. Bunda bir xil zollarning, masalan, metallar, sulfidlar, silikat va stannat kislotalar zollarning zarrachalari manfiy zaryadli, boshqa, masalan, gidroksidlar, metallarning oksidlari zollarning /.iirachalari — musbat zaryadli boiadi. Zaryad hosil bolishi kolloid /iirnichalarning eritmadan ionlarni adsorblashi bilan tushuntiriladi.
Zolning cho'kishi uchun uning zarrachalari o'zaro birikib, .mcha yirik agregatlar hosil qilishi lozim. Zarrachalarning birikib мик agregatlar hosil qilishi koazulyatsiya, ularning oglrlik kuchi i i sirida cho‘kishi esa sedimeniatsivadevWadi
Zollarning ahamiyati nihoyatda katta, chunki ular chin critmalarga qaraganda ko‘p tarqalgan. Tirik hujayralarning protoplazmasi, qon, o‘simliklarning shirasi — bularning hammasi murakkab zollardir. Sun’iy tolalarning olinishi, terini oshlash, yclimlar, lok, plyonka, bo‘yoqlar tayyorlash zollar bilan bogliq. Tuproqda zollar ko‘p va ular tuproq unumdorligi uchun katta ahamiyatga ega. Silikagel, ya’ni suvsizlantirilgan silikat kislotadan suyuqlik va gazlarni tozalashda keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |