Zokirov G’ulomjon br-75 1-mavzu



Download 14,21 Kb.
Sana22.08.2021
Hajmi14,21 Kb.
#153668
Bog'liq
Budjet 1mavzu.plat


Zokirov G’ulomjon

BR-75
1-mavzu

1. Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning asosiy maqsadi nimalardan iborat?

Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishdan maqsad foydalanuvchilar (ichki, tashqi) ni daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni bo‘yicha o‘z vaqtida, to‘liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlari bilan ta’minlab berishdan iborat.
  2. Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini vazifalarini aytib bering?

Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:

- Buxgalteriya hisobini amaldagi tegishli me’yoriy-xuquqiy xujjatlar asosida tashkil etish;

- Budjet tashkilotlarida budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan maqsadli foydalanishni ta’minlash;

- Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish;

- Budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;

- Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi natijalarini shakllantirish;

- Budjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzish;

- Buxgalteriya hisobini tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish va boshqalar.

3. Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning o‘ziga hos hususiyatlari nimalardan iborat?

Buxgalteriya hhisobining alohida xususiyatlari:

- Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi nazorat qilinishi;

- Kassa va xaqiqiy xarajatlar hisobini yuritilishi;

- Byudjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi va hisobotlarni shakllantirilishi;

- Buxgalteriya hisobi va hisobotlarni me’yoriy xujjatlarga qat’iy amal qilingan xolda yuritilishi.

4. Budjet tashkilotlarida buxgalteriya balansini tarkibini aytib bering?

Budjet tashkilotlarida buxgalteriya balansi bu tashkilot mablag‘larini ularni turlari va tashkil topish manbaalari bo‘yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib umumlashtirib aks ettirish va iqtisodiy guruxlashdir. Budjet tashkilotlari balansi tarkibi aktiv va passiv qismlardan iborat bo‘lib, aktiv tomoni nomoliyaviy aktivlar, moliyaviy aktivlar, debitorlar bo‘limlaridan iborat. Balansni passiv tomoni kreditorlar, moliyaviy natijalar bo‘limlaridan iborat.

5. Budjet tashkilotlarida balans schyotlarini tuzilishi va tayinlanishini tushuntirib bering?

Schyotlar rejasi – bu budjet tashkilotining mablag‘lari va ularni tashkil bo‘lishi manbalariga xarakatiga oid muomalalarni hisobi uchun belgilangan schyotlarini tizimga solingan ro‘yxatidir. Xozirgi kunda budjet tashkilotlari schyotlar rejasi alohida belgilangan bo‘lib yuritib kelinmoqda va ular yordamida muomalalarni joriy hisobda aks ettirish, iqtisodiy guruxlash, tezkor nazorat qilish jarayonlari amalga oshirilmoqda.
6. Budjet tashkilotlari buxgalteriya schyotlari tasniflarinishi aytib bering?

Budjet tashkilotlari schyotlari tasnifi bo‘yicha turlarga ajratish mumkin. Ya’ni balansga nisbatan balans schyotlari va balansdan tashqari schyotlar. Balans schyotlari budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayonida mablag‘lar va ularni tashkil bo‘lish manbaalarini aks ettiradi. Balans schyotlari hisobga oladigan ob’ektlarni nomlanishi bo‘yicha nomoliyaviy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar, moliyaviy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar, debitor va kreditorlarni hisobga oluvchi schyotlar, moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi schyotlarga bo‘linadi.


7. Hisobga oladigan ob’ektlarni nomlanishi bo‘yicha schyotlarni tasnifini tushuntirib bering?

Balans schyotlari hisobga oladigan ob’ektlarni iqtisodiy mazmuni bo‘yicha aktiv schyotlar, passiv schyotlar, aktiv passiv schyotlarga bo‘linadi. Ob’ektlarni hisobda aks ettirish usuli bo‘yicha sintetik schetlar va analitik schyotlarga bo‘linadi.


8. Balansdan tashqari schyotlarni mohiyatini aytib bering?

Balansdan tashqari schyotlarda tashkilotda vaqtinchalik turgan va unga qarashli bo‘lmagan moddiy qimmatliklar, shuningdek, qat’iy hisobot blankalari, dam olish uylari hamda sanatoriylar uchun yo‘llanmalar va boshqalar hisobga olinadi. Balansdan tashqari schyotlarda hisob oddiy hisob sistemasida yuritiladi. Balansdan tashqari schyotlarda hisobga olingan barcha tovar-moddiy qimmatliklar, shuningdek, ijaraga olingan asosiy vositalar balansda hisobga olinadigan moddiy qimmatliklar uchun belgilangan tartibda va muddatda inventarizatsiya qilinadi. Tashkilotlarga, zarur hollarda, buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash maqsadida, belgilangan tartibda qo‘shimcha balansdan tashqari schyotlarni qo‘llashlariga ruxsat etiladi.
Download 14,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish