Zokirov Farrux 219-18 oel 501



Download 249,63 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi249,63 Kb.
#250226
Bog'liq
1-topshiriq Zokirov Farrux


Zokirov Farrux 219-18 OEL 501

1-Topshiriq


  1. Shaxs rivojlanishining individual va yosh davrining xususiyatlari?

  2. Tarbiya jarayoni va tarbiya metodlari?

  3. Zamonaviy sharoitda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishda qaysi metodlardan foydalanilmoqda?

  4. Tarbiyada oilaviy munosabatlar?

  5. Faoliyat - shaxs shakllanishining asosiy omili sifatida?

Javoblar:



  1. Shaxs rivojlanishining individual va yosh davrining xususiyatlari?

SHaxsning rivojlanib kamol topishi, xayotning xamma bosqichlarida bir xil bo‘lmay balki, yosh xususiyatlari va xayot tajribalariga qarab xar xil bo‘ladi. Tarbiya jarayonida o‘sayotgan avlodning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini bilish va xisobga olish juda zarur. Ma’lumki, bir xil yoshdagi bolalarning, o‘quvchi-talabalarning xar birini o‘ziga xos xususiyatlari, psixik jarayonlari mavjud. Bu o‘ziga xoslik rivojlanish jarayonida yaqqol namoyon bo‘ladi. YOsh xususiyatlarini xisobga olish, bola xususiyatiga moslashish emas, balki shu yosh davrda bola imkoniyatlarini xisobga olgan xolda ta’lim va tarbiya ishlarini tashkil etish demakdir.


  1. Tarbiya jarayoni va tarbiya metodlari?

Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining bir qismi bo’lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil e’tish masalalarini o’rganadi. Tarbiya nazariyasi markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagoglarining tarbiya borasida boy tajribalariga tayanadi. U o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, e’’tika,e’tsetika, fiziologiya, psixologiya, fanlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning tashqi bilimlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi, maktabshunoslik bilan u’zviy bog’langandir. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy. ahloqiy, irodaviy e’tsetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy rivojlanadi. Bola o’sgan sari bu faoliyatlar takomillashadi, mutsaxkamlashadi.

Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta'sir etish usullari. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta'sir etish usullaridir.



Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi yetmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi

Tarbiya metodlari:

Tushuntirish (hikoya qilish, o‘rgatish).

Mashqlantirish (odatlantirish, mashq qildirish).

Namuna (maslahat berish, uzr so‘rash, yaxshiliklar haqida so‘rash, o‘rnak bo‘lish).

Nasihat qilish, o‘git (undash, ko‘ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma'qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo‘l tilash va hokazolar).

qoralash va jazo (ta'kidlash, ta'na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qo‘rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar).


  1. Zamonaviy sharoitda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishda qaysi metodlardan foydalanilmoqda?

Zamonaviy sharoitda pedagogik yo’nalishda tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:

  • Pedagogik kuzatish metodi.

  • Suhbat metodi.

  • Anketa metodi.

  • Intervyu metodi

  • Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.

  • Test metodi.

  • Pedagogik tahlil metodi.

  • Bolalar ijodini o’rganish metodi.

  • Pedagogik tajriba metodi.

  • Matematik-statistik metod.




  1. Tarbiyada oilaviy munosabatlar?

Tarbiyada oilaviy munosabatlar-Oila jamiyatning bir bo‘lagi. SHunday ekan, inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila murakkab ijtimoiy gurux bo‘lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruxiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Oila tor maishiy tushuncha emas, balki u ijtimoiy jamoadir. SHu sababli oilalar birlashib jamiyatni tashkil etadi. Jamiyatdagi o‘zgarishlar oilaga ta’sirini ko‘rsatganidek, oiladagi o‘zgarishlar ham jamiyatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Oila-Voyaga etgan ikki jinsning sevilish, ardoqlash, xurmat qilish asosida, ixtiyoriy ravishda, qalb xohishi bilan tuzilgan qonuniy ittifoqidir.

Oila maqsadi-Ikki jinsning o‘zaro kelishuvi asosida farzandni dunyoga keltirish hamda tabiat va jamiyatning davomiyligini ta’minlash.

  1. Faoliyat - shaxs shakllanishining asosiy omili sifatida?

SHaxs tushunchasi ijtimoiy foydali faoliyatda qatnashishga ehtiyoj sezishini va aktiv ishtirok etishini, har bir kishining boshqa odamlar bilan munosabatda bo‘lish ehtiyojini, bu munosabatning mazmuni va formalarini, shaxs bilan uning atrofidagi kishilar o‘rtasidagi munosabatlar tizimini, uning tabiatga, tevarak atrofdagi dunyoga munosabatini shaxsning asosiy xususiyatlari deb ajratish mumkin.
Download 249,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish