O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FALSAFA
1/3 2022
- 186 -
an’anaviy tushunchalarni o‘zlashtirishning tartibi ifodalanadi.
Ta’limda foydalaniladigan AKT vositalarini ishlab chiqishda
ham ushbu tartibni inobatga olish maqsadga muvofiq.
Dasturiy mahsulotlarni maktab dasturidan kelib chiqqan holda
ishlab chiqish lozim. Chunki ilmiylik tamoyili o‘qituvchidan
o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqiga alohida e’tibor
berishni, u yoki bu masalani ilmiy asosda tushunishdan hech
qanday chekinishga yo‘l qo‘ymaslikni, ilmiy tushunchalar va
so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llashni talab etadi.
Ta’limni sistemalilik (tizimlilik) tamoyili. O‘quv
materiali mantiqan mos tarzda ishlab chiqish, o‘qitishni
nimadan boshlash va unda ketma-ketlikka rioya qilish, yangi
materialni oldingi o‘tilganlar bilan bog‘lash talab etiladi.
Ta’limda
foydalaniladigan
AKT
vositalarini
o‘quvchining yoshi va psixologik xususiyatlarini inobatga
olgan holda ishlab chiqish lozim.
Darslarda
foydalaniladigan
AKT
vositalarini
o‘quvchilarning ishlata bilish darajasiga
qarab ishlab chiqish
maqsadga muvofiq. Zero Y.A.Komenskiy bilimlarni o‘rganish
uchun ularni navbatdagi har bir zvenosi o‘zidan oldingi
zvenolarga asoslanishi, yangi bilimlarni ilgari o‘zlashtirgan
bilimlarga jiddiy mantiqiy tarzda bog‘lanishi zarurligini
ishonarli tarzda isbotlagan.
Tarbiyaviylik tamoyili. Ta’lim – tarbiya mavjud
bo‘lgan joyda kurtak yozadi. Maktab o‘quvchilariga ta’lim
berish, tarbiyalash va ularning umumiy rivojlanishlarini bir
butunlikda amalga oshirish zarur. Bir butun ta’lim jarayonida
ikki o‘zaro bog‘liqlik: hayotni bilish va unga bo‘lgan
munosabatni tarkib toptirish jarayoni ajralib turadi.
XV-XVI asrlardagi mashhur olimlar bilishning asosiy
qonunlariga faqat o‘qitishni emas, balki axloqiy tarbiyaning
ham yetakchi asosi sifatida qaraganlar.
Farobiy “Namunali ta’lim” haqidagi risolasida
o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan materialni eng yaxshi
yo‘sinda bayon qilish masalasiga alohida to‘xtalib, bu ishning
ikkita turini tavsiya etgan: ulardan biri bevosita sezishga yaqin
narsalarni oldingi o‘ringa qo‘yishdan va ikkinchisi aqlga yaqin
narsalarni olg‘a surishdan iboratdir. U o‘zini fikrini tushuntirib
shunday yozgan: “Aql o‘z harakatini
avval seziladigan
narsalarga, keyin esa aqlga muvofiq yo‘sinda, ya’ni xossalarni
sintez qilishga yo‘naltirish ma’qul”.
Ta’lim uchun mo‘ljallangan har qanday (AKT)
vositalardan foydalanishda ularni o‘quvchi tarbiyasiga ijobiy
ta’sir
ko‘rsatishi,
shuningdek
uning
salbiy
ta’sir
ko‘rsatmasligini e’tibordan chetda qolmasligini inobatga olish
lozim.
Ta’limda foydalaniladigan har qanday vosita-metodlar
zamirida umuminsoniy va milliy qadriyatlar o‘z aksini
topmog‘i lozim. Unda ta’limning milliy yo‘nalishini
ta’minlash, o‘z xalqining ma’naviy boyligi – tili, an’analari,
urf-odatlari, milliy-etnik madaniyatini singdirish lozim.
Ko‘rsatmalilik tamoyili. Bilishning birinchi pog‘onasi
jonli mushohada, ya’ni tevarak-atrof narsalar va hodisalarni
idrok etishdir. Ko‘rsatmalilik idrok etishni osonlashtirish va
nazariy bilimlarni hayot, amaliyot bilan bog‘lash imkonini
beradi.
Pestalossi ko‘rsatmalilik tamoyilini ta’limning eng
muhim zamini deb hisoblaydi. Bu prinsipni keng ravishda
qo‘llamasdan turib, tevarak-atrof to‘g‘risida
aniq tasavvur
hosil qilishga, tafakkurni va nutqni o‘stirishga erishib bo‘
lmaydi.
Nutqni ko‘rgazmali qurol, harakatchan didaktik
materiallar,
texnik
vositalar
bilan
uyg‘unlashtirish
ko‘rsatmalilik tamoyilini amalga oshirishning asosiy uslubidir.
Shunday ekan maktab amaliyotida ham, darsda
o‘rganiladigan hodisalarning eng muhim tomonlarini aniq
ifodalaydigan, o‘quvchilarni fanga bo‘lgan qiziqishini oshirib,
ularni oson fikrlashga olib keladigan, ko‘rish, eshitish kabi
axborotlarni qabul qilish talablariga javob beradigan
pedagogik dasturiy vositalar bilan ta’minlangan AKT
vositalaridan foydalanish lozim.
O‘quv
jarayonida
ko‘rgazmali
vositalardan
foydalanish, predmetlarni
kuzatib va idrok qilib, sezgi
organlari yordamida jism yo jarayonlar haqida ma’lum
axborotga ega bo‘ladilar, ularni taqqoslash va farqiy
belgilarini topish asosida fikrlaydilar, shu asosida muayyan
bilimlar shakllanadi, keyinchalik so‘zlar, ko‘rsatish va
tushuntirish orqali qayta ishlanadi va ularning bilim doirasi
yanada kengaytiriladi. Har qanday holatda ham ko‘rgazma
vositalar qo‘llanilganda bolalarning faol idrok etishlari va
fikrlashlari ko‘zda tutiladi, shuning
uchun ham ular oldida
aniq bilish vazifasi qo‘yiladi. Unda jismlar va jarayonlarni
kuzatish, qarab chiqish va namoyon bo‘lgan borliq va
jarayonlarni o‘rgatish ko‘rsatilishi lozim.
Tushunarlilik tamoyili. O‘quvchilar materialni ongli
ravishda tushinishlari uchun doimo ularning bilimlari va aqliy
qobiliyatlarini hisobga olib ish tutish, ya’ni ularga mos
materiallarni berish kerak. Turli xil yoshdagi o‘quvchilarning
aqliy qobiliyatlari orasida farqlar mavjud. Shu bois ularni
o‘qitishda o‘quvchilarning sinf doirasidan kelib chiqqan holda
mos AKT vositalardan foydalanish lozim.
Boshlang‘ich ta’lim fanlarni o‘qitishda 1-sinf
o‘quvchilariga kompyuterdan foydalanish kerakli natijani
bermaydi, undagi tugmachalarning vazifasini tushunmaydi.
Shuning uchun o‘quvchilarni tushunish,
ishlata olish
darajasiga mos AKT vositalaridan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Aks holda o‘quvchilarni dars materiallarini yetarli
darajada foydalana olmasligi oqibatida AKT vositalaridan
foydalanishga bo‘lgan ishtiyoq so‘nadi, natijada darsning
samaradorligi pasayishiga olib keladi.
Loyiqlik tamoyili. Ta’limda foydalaniladigan AKT
vositalari o‘quv material mazmuni, xarakteri, hajmini
o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi va ularning bilish
imkoniyatlari rivojlanishiga mos kelishi kerak.
O‘qitishda mo‘ljallangan PDV o‘quvchilar
tushuna
olish darajasiga loyiq bo‘lishi, ularda beriladigan ma’lumotlar,
tasvirlar, ovozlar va ularning chiqish tezligi, almashinish,
takrorlanish kabi xususiyatlari, o‘quvchilarning anglash,
tushunish, boshqarish, qabul qila olish kabi imkoniyatlariga
mos kelishi lozim.
Loyiqlik tamoyilini yuqorida keltirilgan tushunarlilik
tamoyili sifatida qaramaslik kerak. O‘quvchiga o‘quv
materialini o‘quvchining bilish darajasida bo‘lishi ham yaxshi
natija bermaydi. Barcha narsani oson tushunish o‘quvchini
fikrlash qobiliyatini rivojlanmasligiga olib keladi. Shuning
uchun ham ta’lim berishda foydalaniladigan vositalar
o‘quvchining o‘zlashtirish, qiziqishlar
darajalarini inobatga
olgan holda tanlash va o‘qitishda foydalanish kerak. Bu
jarayonda har bir o‘quvchi imkoniyatlarini inobatga olishni
yaxshi natija beradi.
Individuallashtirish tamoyili. Ta’limda qo‘llaniladigan
har bir texnika, texnologiya, usul va vositalar har bir
o‘quvchining o‘z individual xususiyatlarini hisobga olgan
holda foydalanilishi lozim.
Ta’lim jarayonida har bir o‘quvchining jismoniy,
aqliy, ijtimoiy-psixologik, individual xususiyatlarini inobatga
olish, individual rivojlanish dasturlari asosida modellashtirish,
o‘quv-kognitiv,
ijtimoiy
kommunikativ
xislatlarini
rivojlantirish lozim.
Ta’limda
individual
yondashadigan
usul
va
vositalardan foydalanish o‘quv
jarayonida yuzaga keladigan
ayrim
(o‘quv
materialning
qiyinchilik
darajasini,
o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini, ularda yuz beradigan
holatlar va shu kabi) kamchiliklarni vaqtida aniqlash va ularni
bartaraf etishga yordam beradi. Shuningdek, o‘quvchilarning
layoqati, qobiliyatlari aniqlanib ularga mos tarzda ish
yuritiladi. Har bir o‘quvchining qobiliyatini, ishlash tempini