"ZIYOUZ VIKTORINASI"DA BERILGAN SAVOL-JAVOBLAR (701-800)
701. Afrikadagi ba'zi qabilalar tilida "Junglidan kelgan odam" ma'nosini bildiradigan hayvon qaysi?
Javob: Orangutang.
702. Odamdan tashqari boshi bilan tura oladigan yagona sut emizuvchi qaysi?
Javob: Fil.
703. “Men sen uchun tug‘ildim, sen uchun yasharman, sening uchun o‘larman, ey turkning muqaddas o‘chog‘i!”
Ushbu fikrlar muallifi kim?
Javob: Abdurauf Fitrat.
704. Ma’lum muddat Afg‘oniston xalq maorifi vaziri, so‘ng Sho‘rolar ittifoqining Afg‘onistondagi konsuli — elchisi vazifalarida xizmat qilgan adib kim edi?
Javob: Abdulla Avloniy.
705. “Buxoro jallodlari” (1922) qissasi muallifi kim?
Javob: Sadriddin Ayniy.
706. Fitratga bu taxallusni kim beradi? Fitratning ma’nosi nima?
Javob: Turkiyada o‘qib yurgan kezlarida domlalari shu nomni berishadi. Fitratning ma'nosi - Donishmand.
707. Sadriddin Ayniy qaysi tuman, qaysi qishloqda tug‘ilgan?
Javob: G‘ijduvon tumani, Soktare qishlog‘i.
708. Abdulla Oripov "Jannatga yo‘l" asarini kimdan ta'sirlanib yaratgan?
Javob: Dante Aligyerining "Ilohiy komediya"sidan.
709. Kaykovus necha yoshida “Qobusnoma”ni yozgan?
Javob: 63 yoshida.
710. “Kometa” so‘zining ma’nosi nima?
Javob: Daydi yulduz.
711. Katolik cherkovida rim papasidan keyin turuvchi mansab qaysi?
Javob: Kardinal.
712. Birinchi Nobel mukofoti sovrindori kim?
Javob: Rentgen.
713. Gugurtning ixtirochisi kim?
Javob: Mark Sorio.
714. Ustoz adib Abdulla Qahhor kunlardan bir kuni "... tovuqni haydasam yonimga mushuk yugurib kelyapti" deb aytgan. Nega?
Javob: Adib yoshi keksayib qolgani sabab, buning bir alomati sifatida, tovuqlarini haydamoqchi bo‘lib "kisht, kisht" demoqchi bo‘lsalar, buning o‘rniga "kis-kis" degan tovush chiqadi...
715. Nega O‘tkir Hoshimov 1 ta telbani 100 ta donishmanddan ustun qo‘yadi?
Javob: Telbalarga ta'zim qiling! Zero, yuzta donishmand aytmagan haqiqatni bitta devona aytadi.
716. "Sinchalak" ruschaga kim tomonidan o‘girilgan va tarjima qanday nomlangan?
Javob: Konstantin Simonov. "Ptichka-nevelichka".
717. Tolstoyning "Urush va tinchlik" romanini kim o‘zbekchaga o‘girgan?
Javob: Abdulla Qahhor va Kibriyo Qahhorova.
718. Gyotening "Faust" asari o‘zbek tiliga qaysi adib tomonidan tarjima qilindi?
Javob: Erkin Vohidov.
719. Dante Aligyerining "Ilohiy komediya"si o‘zbekchaka qaysi adib tomonidan tarjima qilindi?
Javob: Abdulla Oripov.
720. Ernest Seton-Tompsonning "Yovvoyi yo‘rg‘a" sini qaysi yozuvchi o‘zbekchaga o‘girdi?
Javob: Tog‘ay Murod.
721. Angliyadagi qirollar saroyi nima deyiladi?
Javob: 1837 yildan beri Angliya qirol va qirolichalari asosan Buckingham saroyida istiqomat qilishadi.
722. Kemadagi yo‘lboshlovchi nima deb aytiladi?
Javob: Lotsman.
723. Xayyom so‘zining ma'nosi nima?
Javob: Chodir tikuvchi.
724. G‘oziy so‘zining ma'nosi nima?
Javob: O‘zi musulmon haq dini uchun kurashchi degan ma'noni bildiradi. Xiva xoni Elbarsxon mamlakatdan Eron safaviylarini quvib chiqargach, o‘g‘illarining ismiga "g‘ozi" degan so‘zni qo‘shib aytishni buyuradi.
725. Fuqarolarning arz va shikoyatlarini tinglovchi, ularni hal etuvchi amaldor.
Javob: Dodhoh.
726. Xalq tomonidan "Amiri Mas'um" deb chaqirilgan mang‘it hukmdori
Javob: Amir Shohmurod.
727. “Titanik” kemasi qaysi qaysi shahardan yo‘lga chiqqan edi?
Javob: Angliyaning Liverpul shahridan.
728. Qaysi ko‘l “Avstraliyaning jonsiz yuragi” nomini olgan?
Javob: Eyr ko‘li.
729. Tomas Mor qaysi universitetda tahsil olgan?
Javob: Oksford.
730. Tafakkur qonuniyatlari haqidagi fan qaysi?
Javob: Logika.
731. “Makr va muhabbat” asarining muallifi kim?
Javob: Fridrix Shiller.
732. Zaharli tsetse pashshasi chaqsa ham o‘lmaydigan hayvon qaysi?
Javob: Zebra.
733. Afrikadagi eng chuqur ko‘l qaysi?
Javob: Tanganika.
734. 1908 yil yer shariga urilgan meteorit qaysi?
Javob: Tungus.
735. Tayson qaysi bokschining qulog‘ini tishlab olgan?
Javob: Evander Xolifild.
736. Atmosferaning eng yuqori qatlami qaysi?
Javob: Ekzosfera.
737. "Tarzan" asarining muallifi kim?
Javob: Berrauz.
738. Rassom Rafael Santining ustozi kim?
Javob: Petro Perudjino.
739. Besh kitobdan iborat bo‘lgan asar qanday ataladi?
Javob: Pentalogiya.
740. Birinchi jo‘g‘rofiy atlasni kim kashf etgan?
Javob: Ptolomey.
741. Tabiat manzaralari tasvirlangan rasm nima deyiladi?
Javob: Peyzaj.
742. Mariya Kyuri qaysi metallni kashf qilgani uchun Nobel mukofotini olgan?
Javob: Radiy.
743. "Jannat qidirganlar" asarining mallifi kim?
Javob: Shuhrat.
744. "Parvona" kimning qalamiga mansub va sahnada O‘tkuriy obrazini kim yaratgan?
Javob: Uyg‘un. Obid Yunusov ijro etgan.
745. "Otoyining tug‘ilgan yili" qissasi kimning qalamiga mansub?
Javob: Erkin A'zam.
746. XX asrning 1-yarmida yashab ijod etgan birinchi o‘zbek shoirasi. Bu yil tavalludining 90 yilligi nishonlanadi.
Javob: Ra'no Uzoqova (1916-1947)
747. Aytsam - o‘ldirurlar,
Aytmasam - o‘lam...
Ushbu satrlar qaysi asardan olingan?
Javob: "Oshiq G‘arib va Shoxsanam" dostonidan.
748. "Filosofiya" so‘zining ma'nosi nima?
Javob: Falsafani sevaman.
749. Yusuf Xos Hojib "Qutadg‘u bilig" asarini kimga atab yozgan?
Javob: Tabg‘ach Bug‘roxon.
750. Finlandiyaning qadimiy nomi nima?
Javob: Suvomi.
751. Ma’lumki sport o‘yinlarida muhim rolni hakamlar emas, balki sportchilarning o‘zlari bajarishadi. Ammo qaysi sport turida bitta o‘yinchiga naq 6,5 hakam to‘g‘ri keladi. Bu qaysi sport?
Javob: 2-kishilik Kort Tennisi
752. U og‘ir tanazzul vaqtida tug‘ilgan. Oilasini erta tark etishga to‘g‘ri kelgan. Tirik qolish uchun konsertlar qo‘ya boshlagan. So‘ngi konserti u uchun fojiali yakunlangan. Menga bosh qahramon va uning qotilini ayting.
Javob: Bo‘g‘irsoq va Tulki
753. Har birimiz yoshligimizda juda ko‘p ertaklar eshitganmiz. Yalmog‘iz kampir, ko‘rinmas odam va h.k. Siz esa menga olti oyoqli, bir boshli, ikki ko‘zli va dumi bor mavjudot muallifini ayting.
Javob: Mayn Rid (“Boshsiz chavandoz”)
754. Ma’lumki urushlar hech qaysi bir davlat yoki mamlakatga yaxshilik olib kelmagan. Umuman insoniyat uchun katta zarar. Ammo XX asrda Yevropadagi bir davlatda bo‘lib o‘tgan urush Yevropadagi boshqa bir davlatga quvonchli damlarni hadya etgan. Sizlar esa menga o‘sha ikkita davlatni ham ayting.
Javob: Daniya - Yugoslaviya. Daniya 1992 yil Futbol bo‘yicha Yevropa Chempioni bo‘lgan.
755. Miloddan avvalgi 47 yilda Rim Senatiga bir insondan xat keladi. Yaxshilab o‘ylab ko‘ring-chi,o‘sha xatda qaysi 3 ta so‘z yozilgan bo‘lishi mumkin.
Javob: Vini Vidi Vichi (Keldim, ko‘rdim, g‘alaba qildim)
756. Antik zamonlarda Hind va Ganga daryolari faunalari o‘rganilgach Nil daryosining manbasi Hindistondan boshlanadi degan fikrga kelishgan. Nimalar bu fikrni vujudga kelishiga sabab bo‘lgan?
Javob: Timsohlar
757. Rim imperatori Filipp Arab milodiy 248 yil 6 aprel kuni juda dabdabali bayramlar o‘tkazadi. Savol u nimani nishonlagan edi?
Javob: Rimning 1000 yilligini
758. Uning asarlari nomida besh, o‘n besh, sakson, yigirma ming va hatto besh yuz million raqamlarini uchratish mumkin. U kim?
Javob: J.Vern
759. AQSH Indiana Shtati Universitetining asosiy kutubxonasi har yili 1 dyumga (2.54 sm.ga) yer ostiga kirib ketmoqda. Sababi esa arxitektor va quruvchilar qilgan xatodir. Diqqat savol: loyihalashtirilayotganda ular nimani hisobga olishmagan?
Javob: Kitoblar og‘irligini
760. Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo‘ljallanmagan. Ammo agar biz yil bo‘yi butun dunyodagi ularning yurgan “yo‘li”ni hisoblab chiqsak, ular avtomobil va samolyotlar bosgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko‘rgan va ba’zilarimizda bor bu “mashina” nima ekanligini toping.
Javob: Soat.
761. Kastor va Polidevk, Gerakl va Meleagr, Orfey, Peley va Telamon. Ularning boshqaruvchisi kim?
Javob: Yason
762. Nima uchun oshxonamizdagi rakvina tagidagi truba “S” shaklida bo‘ladi? Bu holatni biz hammom vannasi tagida ham kuzatishimiz mumkin.
Javob: Kanalizatsiyadagi yoqimsiz hidlarni xonaga kirishdan saqlaydi
763. Stalin, Brejnev, Andropov, Chernenko va Gorbachyov u mansab egasi bo‘lishgan. Lenin va Xrushyov esa bo‘lmagan. Bu qaysi mansab?
Javob: Bosh kotib (Gen. Sekretar)
764. A, K, Q, J, ..... qatorni davom ettiring.
Javob: 10, 9, 8, .....(O‘yin kartalari A - Tuz(Ace), K-Qirol (King), Q-Dama (Queen), J-Valet (Jack))
765. Ma’lumki 19 asrda dunyodagi ko‘pgina kuchli kapitalistik davlatlar singari Rossiyada ham temir rudasi qazib olish va temir quyish juda rivojlangan. Rossiyada ishlab chiqarilgan temirning 4 dan 3 qismi bitta narsa uchun ishlatilgan. Nima uchun?
Javob: Temir yo‘l qurishga
766. “Transamerikan ekspress” da sayohat qilayotgan bir fransuz shunday eslaydi, ya’ni vagon restoranida u qo‘shni stolda o‘tirgan kishi bilan bir xil ovqat buyurgan bo‘lsada, u sal keyinroq ovqatlanib bo‘lgani uchun arzonroq to‘laydi. Buni sababini so‘raganda ofitsiant tushuntirib beradi. Xo‘sh ofitsiant qanday javob bergan?
Javob: Biz hozir boshqa shtatga kirib keldik, bu yerda soliqlar arzonroq. Shuning uchun sizning ovqatingiz arzon bo‘ldi.
767. Ba’zi fransuzlar xitoyliklar haqida shunday hazillashishadi. Xitoyliklarda: 3 ta armon bor: ular poroxni ixtiro qilishgan, ammo pushkani emas, ular yozuvni chop qilishni(pechat) ochishgan, ammo gazetani emas, ular komposni ixtiro qilishgan, ammo .....ni emas. Xo‘sh xitoyliklar nima qilishmagan?
Javob: Amerikani ochishmagan
768. Stokgolmdagi moliyaviy Boshqarmada ishlaydigan Elfrid Karlson 20 dan ortiq kuchukcha hurushni biladi. Bu nimaga kerak?
Javob: U kuchuklarga soliq soladi.
769. Buni qarangki sizni chalmoqchi bo‘lgan shaxs sizga qurbonlik ham bermoqchi. Lekin siz uni qabul qilmasligingiz ham mumkin. Aytingchi sizni chalmoqchi bo‘lgan shaxs kim?
Javob: shaxmatchi (Gambit - bu “chalmoq” degani. Bunda bir sipoh qurbon qilib yakunda g‘alabaga erishiladi)
770. O‘zbekistonning ikkinchi eng katta shahri qaysi?
Javob: Samarqand.
771. Hech nimaga hayron qolmaydigan odamdan olim chiqadi.
Hamma narsaga hayratlanadigan odamdan...
davomini to‘ldiring.
Javob: Hamma narsaga hayratlanadigan odamdan ........ shoir chiqadi.
772. Dunyodagi eng aqlli jonivor - baliq. Birinchidan - soqov, ikkinchidan....
davomini to‘ldiring.
Javob: doimo dumini likkillatadi
773. Odam qancha ko‘p qiziqsa, shuncha ko‘p o‘qiydi. Qancha ko‘p o‘qisa, shuncha ko‘p biladi. Qancha ko‘p bilsa, .... davomini to‘ldiring.
Javob: Shuncha yashashi qiyin bo‘ladi
774. 1 Nyu York, AQSh 468
2 Parij, Fransiya 368
3 London, Buyuk Britaniya 270
4 Tokio Yaponiya 217
5 Moskva, Rossiya 171
Bu qator qanday qator?
Javob: Metropolitenlar bekatlari soni
775. U haqda nomdor mashshoqlar shunday derdilar: “Bu bolakay hammamizning shuhrat yulduzlarimizni xiralashtiradi”. Uning tinimsiz mehnati tufayli dunyo san'at olami 700 ga yaqin betakror san’at namunalari bilan boyidi. U kim?
Javob: Motsart
776. Bu hayvon tilining uzunligi qariyb 50 sm. ekan. Shu sabab ham u o‘z quloqlarini tili bilan tozalaydi. Yana bir jihat - ko‘pchilikning nazdida tuya suvsiz eng ko‘p vaqt yura oladigan hayvon. Biroq yaqinda olimlar uning tuyaga nisbatan ko‘proq muddat suvsiz yura olishi mumkinligini isbotlashdi. Bu qaysi hayvon?
Javob: Buqalamun
777. Vena qon tomirlarini emlash XVII asr o‘rtalaridan boshlangan bo‘lishiga qaramasdan, U Charlz Gabriel Pravaz va Aleksandr Vud tomonidan 1853 yilda, ya’ni ikki asr keyin ixtiro qilingan. U nima?
Javob: Shprits
778. Aleksandr Makedonskiyning onasining ismi?
Javob: Olimpiyada
779. Dunyodagi tillarning aksariyatida u “M” harfi bilan boshlanadi. Bu qaysi so‘z bo‘lishi mumkin?
Javob: Ona
780. Telefon kashfiyotchisi Aleksandr Bell onasi va xotiniga biron marta ham qo‘ng‘iroq qilmagan. Nima uchun?
Javob: Ular kar bo‘ishgan.
781. Uning nomi ixtirochisi nomidan kelib chiqqan ekan. 1841 yil Belgiyalik Entoni ____ yaratgan bu cholg‘u asbobi keyinchalik ___ning ovozi-______ deyila boshlangan. Bu nima?
Javob: Entoni Saks - Saksofon.
782. Jeyms Naysmit tomonidan u 2 ta olma savatini tepaga ilib qo‘yish natijasida paydo bo‘lgan. U nimani ixtiro qilgan?
Javob: Basketbol
783. Uni 1839 yil Shotlandiyalik Kirkpatrik Makmillan yaratgan. U bu qilgan ishi uchun ruhoniylar tomonidan tanqidga uchrab 1 hafta qamoqqa ham tushib chiqqan. U nimani yaratgan?
Javob: Velosiped
784. Bu mashina 1846 yil AQShlik Elias Xou tomonidan ixtiro qilingan. Bu qanday "mashina" ?
Javob: Ayollar yaxshi ko‘radigan mashina - tikuv mashinasi.
785. Gvadelupa, Gibraltar, Monako, Nauri, Singapur va Bermud. Bu maskanlar 100 foiz _____ talabiga javob beradigan dunyodagi sanoqli joylardir. Qaysi talabga?
Javob: 100 % shahar talabiga javob beradi
786. Inson tarqatishi mumkin bo‘lgan eng baland tovush qichqiriq emas, balki u ekan. U ayrimlarda naq 69 detsibelga yetar ekan. U nima?
Javob: Xurrak
787. Har yili bir paytda Yerning bu qismi 10 trillion tonnaga og‘irlashadi. Nima uchun, qachon va bu yerning qaysi qismi?
Javob: Antarktida muzlaganda
788. Aniqlanishicha, bu ro‘yxatning ikkinchi o‘rnida burgutlar, undan keyin otlar, sigir va fillar tasvirlanar ekan. Birinchi o‘rinda nima tasvirlanadi va bu qanday ro‘yxat?
Javob: Birinchi o‘rinda sher. Bu gerbda tasvirlangan hayvonlar
789. Bir rivoyatga ko‘ra, xoqon ovga chiqdi va odamlarga vahshiy hayvonlarni Ila daryosi tomon quvishni buyurdi, bu juda katta suv. Odamlar ov qilib hayvonlarni suv tomon hayday boshladilar, shunda .... nechta hayvon suvdan o‘tdi va ular nimani atab berishdi?
Javob: Ular shaharga nom bergan
790. Eng keng tarqalgan yuqadigan kasallik shamollash, eng keng tarqalgan yuqmaydigan kasallik-chi?
Javob: Karies.
791. Asosan kompyuter mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bu kompaniya butun dunyoda yuqori sifat ramzi deb tan olingan. 2007 yili kompaniya nomidan «computer» (kompyuter) atamasi olib tashlandi. Buni muassasa faoliyat ko‘lamini kengaytirib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga kirishgani bilan izohlash mumkin. Bu qaysi kompaniya?
Javob: IBM
792. Bir rivoyatga ko‘ra, xoqon ovga chiqdi va odamlarga vahshiy hayvonlarni Ila daryosi tomon quvishni buyurdi, bu juda katta suv. Odamlar ov qilib hayvonlarni suv tomon hayday boshladilar, shunda .... nechta hayvon suvdan o‘tdi va ular nimani atab berishdi?
Javob: Muchal, 12 ta hayvon suvdan o‘tgan.
793. Sahroi Kabir cho‘llarida yiliga 160 ming muqim, vertikal va gorizontal nimalar kuzatiladi?
Javob: Sarob
794. Uylarni raqamlash ilk marta XVIII asrda Londonla paydo bo‘lgan. Ungacha nima bilan aniqlanardi?
Javob: Ungacha uy egasining ismi bilan atalgan. Masalan, Janob Smit xonadoni....
795. Benjamin Franklin uni shunday ta’riflagan: “U - o‘choqqa o‘tin, qozonga - go‘sht, dasturxonga - non, davlatga - daromad, hamyonga - pul, tanaga - kuch, ustga - kiyim-bosh, miyaga - aql, oilaga - farovonlik baxsh etadi”. Bu ta’rif insonning irodasiga bog‘liq qaysi xislatga tegishli?
Izoh: buni zamonaviy muammolarning oldini olishdagi eng yaxshi xislat deb atash ham mumkin. Yana bir yordam: musulmonlarga bu xislatning keragi yo‘q.
Javob: Hushyorlik (mast emaslik)
796. XVIII asrda yashagan Rossiya malikasi Yekaterina II o‘zini tanqid qilgani uchun o‘sha davrdagi mashhur rus tarixchisi Nikolay Novikovni 1792 yil 1 avgustda 15 yilga qamoqqa hukm qildi. Ammo bir tabiiy sababga ko‘ra, Novikov 4 yildan keyin ozodlikka chiqdi. Bu qanday sabab edi?
Javob: Yekaterina II 1796 yil vafot etgan. O‘rniga imperator Pavel I kelgan. Keyin u Novikovni ozod qilgan.
797. Gi de Mopassan, Aleksandr Dyuma, Sharl Gunolar unga qarshi edi. Hattoki Mopassan uning “badbashara” qomatini ko‘rmaslik uchun Eyfel minorasining doimiy mijoziga aylandi. Chunki u Eyfel minorasidan ko‘rinmas edi. U nima?
Javob: Eyfel
798. “U ahmoq uchun og‘ir yuk, johil uchun qish, ilm ahli uchun ayni hosil davridir”. Fransua Volter inson hayotining qaysi davrini shunday ta’riflagan?
Javob: Keksalik davrini
799. 1856-1860 yillarda AQShning 15-prezidenti bo‘lgan Jeyms Byukenen shu kungacha bo‘lgan barcha 44 prezident ichida nimasi bilan farq qilgan? Ushbu farq uning shaxsiy hayotiga tegishli bo‘lgan.
Izoh: Shaxsiy hayotiga tegishli farq uning oilaviy holati bilan bog‘liq bo‘lgan.
Javob: Bu yerda gap shundaki, u bir umr bo‘ydoq o‘tgan yagona prezident sanaladi, ya'ni uylanmagan.
800. Qur'oni karimni tafsir qilishni qaysi sahoba boshlab berganlar?
Javob: Abdulloh ibn Abbos.
Do'stlaringiz bilan baham: |