100
iqtisodiy manfaatlar emas, balki etiqod va oila, qon – qarindoshlik va ishonch, yani
kishilar o’zlarini qanday anglashlari nima uchun kurashlari va xalok bo’lishlarini
bilish muximroqdir. Ammo Xantington madaniy – tarixiy maktabning asoschilari
(Shpengler, Toynbi, Danilevskiy, Sarokinlardan farq qilib, tsivilizatsion o’zlikni
anglashning yangi mezonlarini ilgari surdi, xususan bu qurol – yarog’, ayniqsa
ommaviy qirg’in
qurollarining tarqalishi, inson huquqlari va immigratsiya bilan
bog’liq jahonshumil muammolarni uzil kesil xal etilishi edi. Tsivilizatsiyalar
o’rtasidagi chegara aynan shu muammolarning xal etilishiga qarab aniqlanadi.
Bunda G’arb bir tomonda, qolgan tsivilizatsiyalar yani qolgan dunyo esa, boshqa
tomonda joylashadi.
Xantington
G’arb
tsivilizatsiyasining
yaxlit
bir
butunlik
sifatida
sistemalararo ixtiloflar davriga nisbatan dahshatliroq fojea oldida turganligi
xaqidagi tezis bilan chiqdi. Xantington kontseptsiyasiga
binoan kelajakda
geosiyosatdagi markaziy muammo G’arb va qolgan tsivilizatsiyalar o’rtasidagi
ixtilof bo’lib qoladi. “ Tsivilizatsiyalar to’qnashuvi jahon siyosatining belgilovchi
omiliga aylanadi. Tsivilizatsiyalar orasidagi o’tmish chizig’i G’arb va qolgan
dunyo o’rtasidagi munosabatlar orqali o’tadi” shundan kelib chiqib, u G’arbdagi
xukmron doiralarga g’arbiy tsivilizatsiya chegaralarida, ayniqsa AQSh va Yevropa
o’rtasidagi
munosabatlarni
mustaxkamlash,
boshqa
mamlakatlar
bilan
munosabatlarda G’arbning manfaatlarini ximoya qilish maqsadida ularning
ularning imkoniyatlarini qaytarish zarurligi haqidagi g’oyalar bilan murojaat
qiladi.“Tsivilizatsiya to’qnashuvi” modeli tsivilizatsion bag’rikenglikka rahna
soladi. U jahon jamoatchiligiga kelajakda g’arb va boshqa mamlakatlar o’rtasidagi
ixtilof geosiyosatning markaziy o’q chizig’i bo’lib qolishligini isbotlashga
qaratilgan. Ushbu model nafaqat olimlar o’rtasida turli mamlakatlar, xususan islom
dunyosidagi siyosiy doiralarida ham turlicha bazan
salbiy munosabatga sabab
bo’lmoqda. Masalan, Eron Islom Respublikasining sobiq prezidenti Sayyid
Muhammad Xotamiy tashabbusi bilan tsivilizatsiyalar o’rtasidagi muloqot
masalasi YUNESKOning 1999 yildagi sessiyasidagi va BMTning 2000 yildagi 53
– bosh assambleyasida muxokama etildi.Mazkur ming yillik sammitida XXI asr –
tsivilizatsiyalararo muloqot asri, deb elon qilindi.
Bir qator G’arb ayniqsa amerikalik olimlarning qarashlarida avj olgan
globalizm g’oyalari, xususan, Ayru L. Strausning 1997 yilda nashr etilgan “Bir
qutblilik, yangicha dunyoviy tartibotning markazlashgan strukturasi va Rossiya”
maqolasida yangicha dunyoviy tartibotning “birqutblilik” kontseptsiyasi o’z
ifodasini topdi. U halqaro munosabatda zamonaviy tizimini majoziy manoda oddiy
yong’oqqa qiyoslaydi. BMT va boshqa halqaro tashkilotlaruning milliy qobig’ini
tashkil etsa, ichidagi asosini – yadrosini qolgan dunyoni boshqarib turuvchi
buyuruq beruvchi markaz – G’arb tashkil etadi. Butun tarixning ilgarilanma
xarakatini u ko’p qutblilik ikki qutblilik bilan almashinuvida ko’radi. Shundan
kelib chiqib, u G’arbni butun dunyoni boshqaruv markazi
sifatida tavsiflovchi
kelajak dunyoning bir qutblili konseptsyasini yaratdi.
Birqutblilik, Straus fikricha, jahon tarixida yuksak salmoqqa ega bo’lgan
industrial demokratiyalardan tashkil topadi va u doirasida AQSh boshqa
davlatlarga etakchilik qiladi.
101
Jahon hamjamiyatida birqutblilikning salmog’i faqat uning yaqqol namoyon
bo’lgan, iqtisodiy va texnalogik salohiyati bilangina emas, balki qolgan
jamiyatlarning modernizatsiyasi g’arblashtirish tomon borayotganligi bilan ham
belgilanadi, deydi Straus. Boshqacha qilib aytganda, birqutblilikning, yani
G’arbning
ustuvorligi, eng avallo, mafkuraviy omilga aynan esa liberalizm
mafkurasiga bog’liq. AQShning sobiq davlat kotibi Zbignev Bjezinskiy ham
“sobiq ittifoqning mag’lubiyati va parchalanib ketishi, AQShning yagona va
haqiqatda birinchi asl umumbashariy davlat sifatida g’arbiy yarimshar
shohsupasiga tez suratlar bilan ko’tarilishida yakunlovchi akkord bo’ldi. Deb
takidlaydi. Aksaryat ilmiy va siyosiy doiralarda
mazkur kontseptsiyaga, bir
maydonli, bir qutbli dunyo haqidagi mulohazalarga ilmiy jihatdan ham siyosiy
jihatdan ham etarlicha asoslanmagan nuqtai nazarlar sifatida tanqidiy munosabat
bildirildi.
Yuqorida ko’rib chiqilgan G’arbning ayniqsa, AQShning hozirgi zamonda
keskinlashib borayotgan barcha umumbashariy muammolarni faqat o’z
manfaatlaridan kelib chiqqan holda o’zi xoxlagancha xal etish “huquqini
asoslovchi kontseptsiyalardan tashqari bunday kayfiyatlardan ogoh bo’lishlilik
g’oyasini ilgari suruvchi talimotlar xam mavjud, hususan amerikalik tadqiqotchi
Pol Kenndi o’zining “Buyuk davlatlarning ravnaqi va inqirozi” kitobida
“imperiyaning zo’riqishi” nazariyasini ishlab chiqdi. U o’z
zimmasiga halqaro
hayotni tashkil etish va yakka holda etakchilik qilish masuliyatini olgan hech bir
davlat bunday maqomni uzoq vaqtgacha saqlabtura olmasligini ko’rsatib
berdi.bunday davlat o’zining ichki kuchlarini eng avvalo, iqtisodiy hayotini barbod
qildi va oxir oqibat oddiy davlat holatiga beixtiyor o’tib qoladi. Fransuz tarixchisi
Emmanuel Todd “Imperiyadan so’ng Amerikacha tizimning inqirozi haqida esse”
(2002) kitobida imperiyaning tarixi odatda, talim sohasidagi, so’ngra esa
iqtisoddagi yuksalishdan boshlanadi, deb yozadi. Ularning asosida harbiy kuch
shakllanadi. Lekin iqtisodiy baza torayib va qisqarib borgan sari, so’nggi saqlanib
qoladigan narsa – harbiy mashina bo’ldi. Sobiq Ittifoqda ana shunday bo’lgan
hozir AQShda shunga o’xshash holat yuz bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: