Ziyonet doc


maqsadlar, umumiy g’oyalar, yagona e’tiqod atrofida



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/62
Sana07.07.2022
Hajmi0,76 Mb.
#753358
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62
Bog'liq
2 5260229790975136459

 
maqsadlar, umumiy g’oyalar, yagona e’tiqod atrofida
 
birlashishga olib keldi. Natijada kishilik jamiyatining ilk shakllanish bosqichiga 
asos solib, ilk boshqaruv
 
tizimining vujudga kelishiga, ilk davlatchilik 
boshqaruvining shakllanishiga kuchli ta’sir ko’rsatdi. 
Uchinchidan, odamlarni ezgulikka, yaxshilikka da’vat etuvchi ilohiy 
manba bo’lib dunyoga keldi: «Zardusht iloh Ahura Mazdadan so’radi: 
– 
Ey, Ahura Mazda! 
Zaminni hammadan ham baxtiyor qiluvchi zot kim? Ahura Mazda javob 
berdi: 
– 
Ey, Zardusht! 
Kimki uni yaxshilab haydasa va ziroatga tayyorlasa!.. 
Ey, Zardusht! 
Kimki g’alla eksa, u haqiqatni ekadi...» 
Ana shu tarzda «Avesto» tuproqqa munosabat, zaminga mehr-muhabbat 
orqali insonni ezgulikka da’vat etadi, bunyodkorlik, yaratuvchilikka chaqiradi va 
to’kinlik, farovonlik, rizqu ro’z haqidagi g’oyalarni ilgari suradi. Shu bilan birga el 
dasturxoniga baraka kirituvchi g’alla etishtirishni yuksak qadriyat darajasiga 
ko’taradiki, uning mohiyatida mehnat va rohat, yaxshilik va ezgulik, farovonlik 
va to’kin-sochinlik tuyg’ulari yotadi. 
Zardushtiylik dini insoniyat tarixida yuzaga kelgan barcha dinlarning eng 
qadimiysi, eng ko’hnasi va ayni paytda insoniyat taraqqiyotiga ilk 
rag’batlantiruvchi, da’vat etuvchi ma’naviy-ma’rifiy, ruhiy-axloqiy qudrat bo’lib 
dunyoga keldi. Sharqning juda katta hududidagi xalqlar ayni ana shu «Avesto» 


48 
g’oyalari orqali o’z turmush tarziga axloq va ma’naviyatning, komillik va 
etuklikning o’ziga xos me’yorlarini qabul qildilar va turmush tarziga aylantirdilar. 
Olov, suv zardushtiylik ta’limotida eng muqaddas va pokizalik timsoli. Uni 
ifloslashtirishga, bulg’ashga intilishlar g’ayriinsoniy va g’ayriilohiy voqelik 
sifatida talqin etilgan. «Pokiza suv va yonib turgan olov qarshisida gustoxlik 
qilgan zotning do’zaxda tortguvchi jazosi bu dunyoning jamiyki dardu ozorlaridan 
mudhishdir...»
Ana shu tarzda suv va olov ruh pokizaligi, tuyg’u musaffoligi, qalb 
go’zalligi va e’tiqodu umidlarning bezavolligi darajasiga ko’tariladi. Natijada 
kishilik jamiyati ma’naviy qiyofasi, odamlarning ichki dunyosi, fikr-o’ylari va 
amaliy xatti-harakatlarining madaniylashishiga olib keladigan qudratli mafkuraga 
aylandi. Inson, jamiyat va hayot jarayonining mislsiz ravnaqiga asos bo’lib 
xizmat qildi. 
«Avesto» ana shu tarzda odamlarni ezgulikka da’vat etuvchi, yaxshilikni 
himoya qiluvchi, yovuzlik va jaholatdan uzoqlashishga chaqiruvchi g’oyalarni 
ilgari surdi: 
«Zardusht Ahura Mazdadan so’radi: 
– 
Butun vujudi ilohiy kalom – mansaralar bilan qurollangan qudratli 
iloh Surushning Sravashavarizi kim? 
Ahura Mazda javob berdi: 
– 
Ey, Ashavan Zardusht! 
U Pravdarsh qushidir (xo’roz)... Bu qush bomdod mahali erta tongda 
shunday deb bong uradi: 
– 
Ey insonlar! 
Oyoqqa qalqing! Devlarni itqitib tashlaguvchi eng go’zal Asha – haqiqatni 
vasf aylang!..» 
Bir necha ming yillarki, insoniyat tongni xo’roz qichqirig’i bilan kutib 
oladi. Bomdod paytida xo’rozning qichqirig’i uyqudagi odam yuragiga qaysidir 
holatda sirli, sinoatli tuyg’ularni junbushga keltiradi. O’sha qichqiriq orqali hayot 
mavjudligini, hayot davom etayotganligini, inson ezgulik, yaxshilik va muhabbat 
bilan yangi kun ton-gida yangi quvvat va tuyg’ular bilan qadam tashlashi 
zarurligini eslatganday bo’ladi. Bu o’ziga xos ruhiy holat kishini ezgulikka da’vat 
etishi tabiiy. Ana shu tarzda «Aves-to» insonning eng nozik hislariga ta’sir etadi, 
uni uyg’otadi, yaxshilikka boshlaydi. Zardushtiylik ta’limotining mo’’jizaviy 
qudrati va ijtimoiy-tarixiy mohiyati ana shunda ko’zga yaqqol tashlanadi. 
«Haqiqat – oliy sharofatdir», deyiladi «Avesto»da. Zotan, haqiqat buyuk 
mo’jiza. U asrlar mobaynida insoniyatning oliy maqsadi, inson qadru 
qimmatining mislsiz o’lchovi bo’lib keldi. Odamlar har daqiqada haqiqatga 
intiladilar, undan najot izlaydilar, Ayni haqiqat adolatga, sharofatga eltadigan 
buyuk qudrat. Ana shu qudrat «Avesto»da o’zining butun mohiyati bilan o’z 
ifodasini topgan. 
«Madh etaman ezgu fikrat, ezgu kalom, ezgu amal ila ezgu fikrat, ezgu 
kalom, ezgu amalni. Jami ezgu fikrat, ezgu kalom, ezgu amalga bag’ishlanaman, 
jumla yovuz fikrat, yovuz kalom va yovuz amallardan yuz buraman». Bunday 
mo’’jizakor da’vat – insonning ming bir hujayrasini, tizginsiz va chegarasiz 
xayolotini, orzu-maqsadlarini junbushga keltiradigan ruhiy holat, axloqiy da’vat, 


49 
ma’naviy chaqiriq har qanday bag’ritosh insonning qalbini yumshatadi. Unda 
mehr-shafqat, yaxshilik xislarini uyg’otadi. Oqibatda ezgu fikrat, ezgu kalom, 
ezgu amal – xatti-harakat, munosabatlar, pokiza xayolot va yaxshiliklar bilan 
yashash umidi odamni chulg’ab oladi. Inson o’zining hayotini, umrini mana shu 
ezguliklarga baxshida etib, jamiki yovuz fikrat – yovuz xayolot, yovuz niyat, 
yovuz kalom – yovuz so’z, munosabatlar, yovuz amal – yovuz xatti-harakatlar va 
fe’l-atvorlardan yuz burib, komillikka intiladi. Bu insonning ichki go’zalligi, 
botiniy kamoloti va zoxiriy amaliyoti jamuljami – yaxlit qiyofasining benuqson 
suvrati emasmi? Ulug’ faylasuf Forobiyning «Inson mohiyati aqlda, aqlning 
moxiyati xatti-harakatda bilinadi», degan xikmatining mazmuni undan ikki ming 
yil burun dunyoga kelgan va bugun ham o’z qiymatini yo’qotmagan «Avesto»dagi 
ezgu fikrat, ezgu kalom, ezgu amal tushuncha-laridan kelib chiqmaydimi? Bu uch 
unsurning yaxlitligi, uyg’unligi ayni inson mohiyatini, uning butun borlig’ini, 
qadriyatini belgilamaydimi? 
Qariyb uch ming yil avval ko’hna Xorazmda dunyoga kelgan, bugungacha 
nafaqat qadimiy Sharq, balki bugun Er shari ahlini ezgulikka da’vat etayotgan 
mo’’jizakor hayqiriq-«Avesto»ning o’lmasligi, abadiyligi va buyuk qadriyati ana 
shunda. Zotan, millat yashar ekan, hayot davom etar ekan, ezgulik va yaratuvchilik 
abadiy. Millat qonida, xalq qalbi va tafakkurida an’analar, urf-odatlar, turmush 
tarzi qatlarida «Avesto» g’oyalari yashayveradi. 

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish