Ziyonet doc


«Avesto» – ijtimoiy-tarixiy hodisa



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/62
Sana07.07.2022
Hajmi0,76 Mb.
#753358
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62
Bog'liq
2 5260229790975136459

 «Avesto» – ijtimoiy-tarixiy hodisa
Ko’hna Sharq juda katta tarixiy-madaniy taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan, 
insoniyat tafakkur olami tadrijiy rivojini rag’batlantiruvchi, ruhlantiruvchi, 
boyitib boruvchi omillariga asos solgan muqaddas makon. Zotan, ana shu 
tabarruk zaminda ilk odamlar ibtidoiy tasavvurlarining shakllanishi, ularning 
hayot va yashashga intilish tuyg’ularining rivojlanishi, olamni idrok etish va 
tasavvur qilishning dastlabki mo’’jizaviy holatlari yuzaga kelgan. 
Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti turli davrlarda, turli makon va zamonda 
yuzaga kelgan katta siljishlar, g’oyaviy-ma’rifiy sakrashlar, kuchli ruhiy ta’sirlar 
orqali takomillashish jarayonini boshdan kechirgan. Qadimiy Turonda esa ana 
shunday holatlar va tub burilish hodisalari boshqa xalqlarga nisbatan birmuncha 
oldinroq, shaklan va mohiyatan birmuncha xilma-xilroq tarzda yuzaga keddiki, 
bu nafaqat ana shu hudud, balki butun dunyo xalqlari madaniy taraqqiyotida 
alohida voqea sifatida ijtimoiy-tarixiy rol o’ynadi. 
Bundan uch ming yil ilgari qadimiy Xorazmda dunyoga kelgan «Avesto» 
zardushtiylik dinining muqaddas kitobi sifatida katta ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy 
voqelikka aylandi. «Avesto»ning ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatidagi qadriyati faqat 
shugina emas. Balki u butun insoniyat taraqqiyotining yangi bosqichi, tasavvur 
va tafakkur olamining yangi sarchashmasi, inson, ijtimoiy hayot, yashash zavqi 
va moxiyati bilan bog’liq bo’lgan g’oyat insonparvar g’oya sifatida yuzaga 
keldi. 
«Avesto»dagi ijtimoiy adolatga yo’g’rilgan, g’oyat insonparvar qarashlar 
nafaqat inson, balki butun borliq, tuproq, havo, suv, koinot, yulduzlar, hayvonlar, 
hasharotlar, parrandayu darrandalar yaxlit olamining o’zaro munosabatlari orqali 
inson ma’naviy-axloqiy me’yorlarini ilk bor ishlab chiqdi. Inson faoliyati, xatti-
harakatlari va munosabatlarining qonuniyatlarini dastlabki ko’rinishlarda, ammo 
qiymatini yo’qotmaydigan darajada yuzaga keltirdi. Xuddi ana shu 
umuminsoniy, dunyoviy g’oyalar orqali «Avesto»ning tarixiy hodisa sifatidagi 
mohiyati belgilanadi. 
Ko’pdan-ko’p qirg’in-barot urushlar, mahv etishlar, vayronagarliklarni 
ko’p ko’rgan Turonda «Avesto» tinchlik
va hamkorlik, do’stlik va o’zaro hurmat 
orqali inson va insoniyat tub mohiyatini yuksak darajada targ’ib qilish bilan birga 
ana shu jangu jadallarning qurboniga ham aylandi. Uning dunyoga kelishi, 
yaratilishi va jamiyatda tutgan mavqei atrofidagi munozaralar ham turli davrlarda 
turlicha shaklga kirdi. Bir-biriga zid, qarama-qarshi fikrlar o’rtaga tashlandi. 
Abu Rayhon Beruniy «Avesto» va uning ayanchli takdiri haqida gapirar ekan: 
«Podshoh Doro ibn Doro xazinasida (Abistoning) 12 ming qora mol terisiga tillo 


46 
bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda 
xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o’sha 
vaqgdan beri Abistoning beshdan uchi yo’qolib ketdi. Abisto 30 «nask» edi, 
majusiylar qo’lida 12 nask chamasi qoddi. Biz Qur’on bo’laklarini haftiyaklar 
deganimizdek, nask Abisto bo’laklaridan har bir bo’lakning nomidir», – degan 
edi. 
Albatta, Aleksandr Makedonskiyning O’rta Osiyoga yurishi nafaqat 
«Avesto»ning boshiga solgan kulfat bilan, balki butun Sharq tsivilizatsiyasini 
izdan chiqarib, bu erda yashovchi xalqlar madaniyati, ma’rifati, ijtimoiy hayot 
darajasi va kishilik jamiyati taraqqiyotiga katta zarba bergani bilan izohlanadi. Bu 
tarixiy jarayon sifatida O’rta Osiyo tsivilizatsiyasining bosqinchilar tomonidan 
barbod etilganligi singari ko’pdan-ko’p va ayni paytda g’oyat iztirobli voqelikdir. 
«Avesto»ning yaratilishi va uning buyuk qadriyati haqidagi ma’lumotlar 
ko’p. Jumladan, muarrix Balxiyning «Forsnoma» kitobida «Avesto» 12 ming 
oshlangan mol terisiga bitilgan hikmatlar kitobi ekanligi qayd etiladi. Abu Ali 
Muhammad bin Muhammad Bal’amiyning «Tarixi Bal’amiy» kitobida esa 
«Avesto» shoh Gushtasb farmoni bilan 12 ming mol terisiga podshoh mirzolari 
tomonidan tillo suvida yozilgani haqidagi fikrlar bayon etilgan. 
VII–VIII asrlarda O’rta Osiyoga arablarning bostirib kelishi juda ko’p 
madaniy-tarixiy 
yodgorliklarning 
yo’qolishiga 
sabab 
bo’ldi. 
Jumladan, 
«Avesto»ning mavjud nusxalari ham ana shunday fojialardan, mislsiz jaholatdan 
chetda qolmadi. 
Abu Rayhon Beruniyning xulosalariga ko’ra «Qutayba Xorazm xatini 
yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini o’rgangan va bilimini 
boshqalarga o’rgatadigan kishilarni halok etib, butkul yo’q qilib yuborgan edi. 
Shuning uchun u (xabar va rivoyatlar) islom davridan keyin, haqiqatni bilib 
bo’lmaydigan darajada yashirin qoldi... Keyin Qutayba Ibn Muslim al-Boxiliy 
Xorazm-liklarning kotiblarini halok etib, bilimdonlarini o’ldirib, kitob va 
daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz qoldi. O’z ehtiyojlarida yodlash 
quvvatiga suyanadigan bo’ddilar. Uzoq zamon shunday bo’lgach, ular ixtilofli 
narsalarni unutib, kelishib olganlarini yodda saqlab qoldilar». 
Ana shu tarzda O’rta Osiyo, jumladan, Xorazm jaholat, bid’at va xurofot 
hukmron bo’lgan makonga aylantirildi. Mislsiz madaniyat, adabiyot, san’at, 
falsafa va tafakkur taraqqiyotiga chek qo’yildi. Tobora shakllanib borayotgan 
hayot, olam, jamiyat va uning mohiyati haqidagi tasavvurlar o’rnida fikrlamay 
yashashga mahkum etilgan jamiyat yuzaga keldi. Biroq, har qanday zo’ravonlik, 
xurofot o’z kuchini ko’rsatmasin, xotira quvvati, qalb hofizasi yuksak bo’lgan 
ushbu makon odamlari xotirasida «Avesto»ning insonparvar g’oyalari saqlanib 
qoldi. 
«Avesto» 
ta’limotining 
zardushtiylik 
g’oyalari 
dunyoning 
qator 
mamlakatlarida turli mutaxassislar tomonidan tadqiq etildi va zardushtiylik 
dinining kishilik jamiyatini takomillashtirish, inson-jamiyat-jarayon yaxlitligi 
va izchil taraqqiyoti, inson va tabiat o’rtasidagi yuksak axloqiy munosabatlarni 
o’zida mujassam etgan islohchilik jihatlari ilmiy-nazariy tomondan ancha chuqur 
o’rganildi va e’tirof etildi. Jumladan, V. A. Livpdning xulosalariga ko’ra «Ruhoniy 


47 
Zardusht eng qadimgi diniy tasavvurlarni isloh qilgan shaxs sifatvda maydonga 
chiqadi, uning yashagan payti, vatani va qaerlarda o’z ta’limotini targ’ib 
qilgani munozarali bo’lsa-da, uning afsonaviy shaxs emas, real inson 
bo’lganligiga shubxa yo’q»
1

«Avesto» g’oyalarida inson va tabiat, hayot va uning mohiyati atrofidagi ilk 
tasavvurlar ilgari suriladi va bu g’oyalar insoniyat tsivilizatsiyasining ilk 
kurtaklari sifatida o’zini namoyon etadi. Darhaqiqat, tarixiy taraqqiyot
 
shundan 
dalolat beradiki, insoniyat tafakkuri va tasavvuri evolyutsion taraqqiyotining ilk 
bosqichlari bevosita «Avesto»ga borib taqaladi va undan etarli darajada quvvat 
oladi. 
Bundan uch ming yil burungi odamlar tasavvuridagi ilk o’zgarishlar 
bevosita «Avesto» orqali umuminsoniy qadriyatlar maqomini egalladi. Jumladan, 
«Avesto» turli qabilalar, guruxlar o’rtasida mavjud bo’lgan ko’pxudolilikka nuqta 
qo’yib, yakkaxudolik g’oyasini ilgari surdi. Bu bevosita diniy ta’limotda inson 
qanday guruh, urug’, qabila yoki millatga mansub bo’lmasin, er yuzining qaysi 
hududida yashamasin, u yolg’iz Allohning bandasi va yagona Alloh uning 
asraguvchisidir, degan g’oyaga olib keldi. Yakkaxudolik orqali «Avesto» turli 
qabila va urug’larni yagona e’tiqod, yagona maslak va yagona g’oya orqali 
birlashtirib, umumiy manfaatlar atrofida jipslashishiga da’vat etdi. 
Ikkinchidan, Allohning yagonaligi – yakkaxudolik orqali turli qabila va 
urug’lar o’rtasidagi nizolar, kelishmovchiliklar hamda manfaatlar to’qnashuviga 
chek qo’yib, umumiy

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish