@ona_tili_adabiyot_AFROSIYOB
Ziyodullo Polvonov
D) Haqing berma hech kimga.
20. Qaysi javobda atov gap berilmagan?
A) Hovli jimjit. Uydagilar ketib qolishgan.
B) Bahor. Dalada ish qizg‘in.
C) Yodimdadir: gul chog‘i erdi.
D) Yam-yashil o'tov. Hulkar kelsa sevinadi.
21. Qaysi javobda sodda kesim(lar) qatnashgan gap berilgan?
A) Toshkent O'zbekiston Respublikasining poytaxti hisoblanadi.
B) Bugun to'garakka borishimiz lozim.
C) U birdaniga to'nini teskari kiyib oldi.
D) Mingbuloq o'zi yaxshi, suvi serob, lekin u qarovsiz.
22. Bir kun ko‘zlarimdan qochdi uyqular,
Bir kun yuragini ochdi tuyg‘ular.
Men seni esladim entikib, yonib,
Men seni izladim baridan tonib.
Ushbu she’riy parchadagi egalarni aniqlang.
A) bir kun, bir kun, seni, seni
B) bir kun, bir kun, men, men
C) uyqular, tuyg'ular, seni, seni
D) uyqular, tuyg’ular, men, men
23. Nomustaqil kesim shakli qaysi gapda qo‘llanmagan?
A) Mehnat qilsang, baxting ochiladi.
B) Kimki ulug’ bo‘lsa, unga xizmat kerak.
C) Hamma ham sizday aqlli bo’lsa edi.
D) Yerga ursang, ko’kka sapchiydi.
24. Quyida berilgan gapdagi ibora qaysi gap bo’lagi vazifasida
kelgan? Daladagi hosilni ko’rib, raisning boshi osmonga yetdi.
A) ega B) to'ldiruvchi C) kesim D) aniqlovchi
25. Biror chaqirim yurilsa, bu yo’l katta guzarga olib chiqadi.
Ushbu gapda majhul nisbatdagi fe’l shakli qanday sintaktik
vazifada kelmoqda?
A) kesim B) to'ldiruvchi C) hol D) ega
26. Berilgan gapdagi qulog'iga quydi birikmasi qaysi qatorda
to'g'ri izohlangan?
1. Shifokor dorini bolaning qulog'iga quydi.
2. Ota-bobolar nomini doim esda tutish kerakligini o'glining
qulog‘iga quydi.
A) har ikkala gapda: qulog'iga – to'ldiruvchi,
quydi – sodda kesim
B) 1-gapda: qulog'iga – to'ldiruvchi, quydi – sodda kesim;
2-gapda qulog'iga quydi – sodda kesim
C) 1-gapda: qulog'iga – to'ldiruvchi, quydi – sodda kesim;
2-gapda qulog'iga quydi – murakkab kesim
D) har ikkala gapda: qulog'iga quydi – murakkab kesim
27. She’r shuning uchun muqaddaski, uning bir vazni ilohiy, bir
vazni insoniydir; uning bir satri osmoniy, bir satri zaminiydir.
Ushbu qo‘shma gap tarkibidagi nechta sodda gapning kesimi
yasama so‘z bilan ifodalangan?
A) 1 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 2 ta
28. Qulog‘im sizlarda, mehmonlar. Gapning egasini toping.
A) mehmonlar B) sizlarda
C) qulog'im D) ega ifodalanmagan
29. Ayol qalbi tosh bo'lsa ham, allaqayeri paxtadan yumshoq,
ipakdan mayin bo'ladi. Ushbu gapda gumon olmoshi qaysi gap
bo'lagi vazifasida kelgan?
A) o'rin holi B) to'ldiruvchi C) ega D) aniqlovchi
Do'stlaringiz bilan baham: |