AFROSIYOB” education
@ona_tili_adabiyot_AFROSIYOB
Ziyodullo Polvonov
ZIYODULLO POLVONOV
Gap bo’laklari 1-qism
1. Bir ega, bir toʻldiruvchi va ikkita aniqlovchi
mavjud gapni
toping.
A) Hosilning otasi – suv, onasi – yer.
B) Ozod yuraklarga baxt nuri to‘lgan.
C) Mehmonlar kelsa, biz ularni yaxshi kutib olamiz
D) Bu – siz uchun katta sinovdir.
2. Yordamchi soʻz bilan birga qoʻllangan kesimni toping.
A) Qalb salomat bo‘lsa, aql ham, fikr ham salomat bo‘ladi.
B) Aravalar bugun yetib borishsa, ular ertaga qaytib kelishlari
mumkin.
C) Havo bulut bo‘lsa ham, yomg‘ir yog‘madi.
D) Sen yig‘lasang, men ham qo‘shilib yig‘lab yuboraman.
3. Qatorida yordamchi soʻzi boʻlgan nomustaqil
kesim qaysi
gapdaligini aniqlang.
A)Yomg‘ir yog‘sa, cho‘llar yashnaydi.
B) Agar shu ko‘rganlarini hikoya qilib bersa, ular
ishonmaydilar.
C) Razm solsangiz, bu rasmda ko‘p narsani ko‘rolasiz.
D) Mehmonlar kelsa, biz ularni yaxshi kutib olamiz.
4. Gap boʻlaklarining barchasi ham kesimga toʻgʻridan toʻgʻri
bogʻlana olmaydigan qatorni belgilang.
A) Sen o‘zingni maqtama, seni birov maqtasin.
B) Ishlamoq – ishtaha ochar.
C) O‘qigan o‘qdan o‘zar, o‘qimagan turtkidan shoshar.
D) Aziz o‘sha kitobni o‘qidi.
5. Doimo bosh kelishik shaklida bo‘lib, egalik va ko‘plik
shakllarini qabul qilishi mumkin boʻlgan sintaktik birlik qaysi
qatorda otlashgan?
A) Ko‘p so‘zning ozi yaxshi, oz so‘zning o‘zi yaxshi.
B) O’qish jafoli, oqibati vafoli.
C) Uning kulib boqishlarini bir zum ham unutmayman.
D) So‘raganning bir yuzi qora, bermaganning ikki yuzi qora.
6. Turlanmay otlashgan soʻz qaysi gapda qatnashgan?
1) Ikkalasi ham chiqib ketishdi.
2) Bor so‘zlaydi, yo‘q oʻylaydi.
3) Uning dod-voyi falakka yetdi.
4) Ko‘p so‘zning ozi yaxshi, oz so‘zning o‘zi yaxshi.
A ) 1
B) 4
C) 3
D) 2
7. Fe’lning vazifa shakli otlashgan qatorda necha xil soʻz
turkumi mavjud?
1. O‘lmas kechqurun juda horg‘in uyga qaytib keldi.
2. Yugurish sportning bir turidir.
3. Bilgan bilganin ishlar, bilmagan barmog‘in tishlar.
A) 3
B) 5
C) 4
D) 2
8. 1
. Fikrlar o‘zingniki bo‘lsin.
2. Hammasini aytib berishing darkor.
Ushbu ikki gapning taqqoslangani boʻyicha toʻgʻri hukm(lar)ni
toping.
1) biri egasi mavjud gap, ikkinchisi egasi mavjud boʻlmagan
gap; 2) biri fe᾽l kesimli, ikkinchisi ot kesimli gap; 3) biri faqat
bosh boʻlakli, ikkinchisi, bosh va ikkinchi darajali boʻlakli gap;
4) biridagi soʻzlarning barida koʻmakchi morfema bor,
ikkinchisida esa hammasi ham koʻmakchi morfemali emas.
A) 1, 2, 3
B) 2, 3, 4
C) 2, 4 D) 1, 3, 4
9. Xursand edi, qiziqarli bo‘ldi, ozod bo‘ldi, oz emish, xursand
bo‘ldi, ko‘p edi. Yuqorida berilganlardan nechtasini ot kesim
vazifasida qo‘llab, gaplar tuzsa boʻladi?
A) uchtasini
B) beshtasini
C) oltitasini
D) toʻrttasini
10. 1. Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz – do‘stini.
2. O‘lmas noxushlik bilan qovun pallasidagi non quyuqlariga
qaradi.
3. Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar.
4. Mastura Mashrabning ko‘zlariga qadalib qaradi.
5. Yalqov bilan anqov – dushman uchun katta ov.
6. Kamtarlik kishiga zeb-u ziynatdir.
7. Yaxshi qand yedirar, yomon pand yedirar.
8. Qo‘shni xonadan qizlarning qahqahasi eshitildi.
Nechta gapda ega yasama soʻz bilan ifodalangan?
A ) 7 ta
B) 4 ta
C) 5 ta
D) 6 ta
11. Yugurish – sportning bir turi. Bundagi tirening qoʻllanish
sababining toʻgʻri izohini toping.
A) ega ta᾽kidlangani uchun
B) bosh boʻlak harakat nomi shaklida boʻlgani bois
C) koʻrsatish olmoshi ta᾽kidlanganda
D) ot kesim kesimlik shakllarisiz holda qoʻllangani uchun
12. Shaxsi noma᾽lum gap qaysi qatorda berilgan?
A) Topshiriqni o‘z vaqtida bajaring.
B) So‘zimning ustidan chiqaman.
C) Yaqin kunlarda yakuniy test sinovlaridan o‘tamiz.
D) San-manga bormaylik, masalani odillik bilan hal etish kerak.
13. “Bunday gaplarning kesimi, odatda, I va II shaxs shaklida
bo‘ladi”.
Yuqoridagi qoidaga binoan berilgan gapni belgilang.
A) Musobaqada yutish shart.
B) Avtobusga orqa eshikdan kiriladi
C) Bugungi ishni ertaga qo‘yma.
D) Sermanzara bog‘ni tomosha qilib yurgan edim.
14. 1. Bilmagan ishga urinma, urinib tuzoqqa ilinma.
2. Onalarimizni avaylaylik!
3. O‘ylab qarasam, haq ekansiz.
4. Boshing osmonga yetgan bo‘lsa ham, kallangni xam qil.
Nechta gapda ega ifodalangan?
A ) 2 ta B) 1 ta C) 3 ta D) ega ifodalanmagan
15. Egasi ma᾽lum, ammo ifodalanmagan gap qaysi
qatorda
berilgan?
A) Ko‘ngilda armon qolmasin deb, chilyosin ham qildirishga
to‘g‘ri keldi.
B) Ko‘p o‘tmay tandir kabobni ochish marosimini boshlashdi.
C) Bu yerda o‘rtoq Ergashevning hushyorligiga tan berish
kerak.
D) Eshik ochiq bo‘lsa ham, so‘rab kir.
16. Asosan, aniqlik maylining hozirgi-kelasi, ba’zan esa o‘tgan
zamon shakllaridagina keladigan gapga misol qaysi gapda
mavjud?
A) Amu–Buxoro kanali. Qaqragan ming-ming gektar yerlarga
hayot suvi olib kelgan qudratli inshoot.
B) O‘ylamasdan berilgan topshiriqni bajarish shart emas.
C) Sermanzara bog‘ni tomosha qilib yurgan edim.
D) Sog‘liq tilasang, ko‘p yema.
17. Mana, uy ham qurildi, suv quvurlari o‘tkazildi,
elektrlashtirish va gazlashtirish ishlari bitkazildi.
Ushbu misolning kesimi majhul nisbati shaklidan holi qilinsa,
ega qanday sintaktik vazifada keladi?
A) vositali toʻldiruvchi
B) egaligicha qoladi
C) qaratqichli aniqlovchi D) vositasiz toʻldiruvchi
18. Bir soat o‘tar-o‘tmas hovli supurildi, so‘rida xontaxta va
dasturxon tuzaldi, hovli yuziga suvlar sepildi, hovuz bo‘yi,
xontaxta ustiga ko‘chma chiroqlar o‘rnatildi.
Gapdagi egalar tarkibida oʻrniga koʻra til undoshi boʻlmagan
nechta undosh mavjud?
A) 3 ta
B) 5 ta
C) 6 ta
D) 4 ta
19. Qaysi gapda bo'lishsizlik olmoshi ega vazifasida kelgan?
A) U haqda hech qanaqa xat-xabar yo'q.
B) Hech narsa yeyishni xohlamayman.
C) Ustun bo'lgan emas dunyoga hech kirn.