Ziyo va tafakkur chashmasi –kitob


Bolani qanday qilib kitob o`qishga qiziqtirish mumkin?



Download 0,49 Mb.
bet2/2
Sana20.07.2022
Hajmi0,49 Mb.
#829729
1   2
Bog'liq
Maqola Zilola

Bolani qanday qilib kitob o`qishga qiziqtirish mumkin? Bu boradagi ishlarni yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev boshlab berdilar. Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`iboti bo`yicha Komissiya tuzish to`g`risida” gi farmoyishi barcha yurtdoshlarimiz uchun quvonchli voqea bo`ldi. Bu farmoyish yuzasidan keng ko`lamdagi ishlar olib borilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimiz tarixida birinchi marta “Yosh kitobxon” ko`rik-tanlovi e’lon qilinib, sovrin sifatida SPARK avtomobili qo`yilgani ham yoshlar orasida yanada kitob o`qishga qiziqishni oshirib yubordi. Shu jumladan Yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularda kitobxonlik ma’daniyatini shakllantirish maqsadida kutubxonamizda tez tez diltortar tadbirlar, jajji kitobxonlarimiz bilan intelektual o‘yinlar o‘tkazilib kelinmoqda, bulardan “ Mardlar qo‘riqlaydi vatanni” “Buyuk siymoga extirom” “5 ta tashabbus amalda” “ Mahmudxo‘ja Bexbudiy” “So‘z mulkining sultoni” “Xijronlarda qolgan Boburim” “Mangulik jamoli” “Tuyg‘ular nidosi” “Ismimiz-jismimiz” “Elimda alyorim qolur” “Jaxolatga qarshi ma’rifat” “Sermazmun umr sohibasi” “Kitob tafakkur qanoti” “Yoz o‘tmoqda soz” “ Sermazmun umr sohibasi” “Ma’naviyat eng ta’sirchan va qudratli qurolimiz” mavzularidagi va ko‘pgina Ma’naviy –marifiy tadbirlar, Prezidentimizning 5 ta tashabbusining muhim 4- yo‘nalishi “ Kitobxonlikni targ‘ib qilish” doirasidagi tadbirlar o‘tkaziladi. Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistanda – erkin va farovon yashaylik” mavzusida katta tayyorgarlik ishlari olib borildi. Tumandagi barcha fuqarolar yig‘inlari qoshida QR-kodli kitoblar bannerlar joylashtirildi.Jumladan “Yangi O‘zbekistan –yangicha dunyoqarash” g‘oyasi ostidagi tumandagi har bir maxallada o‘tkazilgan tadbirlarda ko‘rgazmalari bilan qatnashildi. Tadbirlar davomida 5 ta muhim tashabbus doirasida faol yoshlarga faxriy yorlik va esdalik sovg‘alar topshirildi. O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xuzuridagi Axborot va Ommaviy kommuniqatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Kitob – benazir xazina” loyixasi doirasidagi tadbirlarda faol qatnashildi. Tumanda “Eng kitobxon oila”, “Yosh kitobxon o‘quvchi” ko‘rik tanlovlarini tuman xalq talimi boshqarmasi, ma’daniyat bo‘limi, tuman hokimligi va maxalla faollari bilan birgalikda yuqori savyada o‘tkazildi. Tumandagi barcha maktab kutubxonalari, tashkilotlar kutubxonalariga metodik yordam ko‘rsatib borish ishlarini yo‘lga qo‘yildi. Hamda bizning jamoa katta yoshdaki mehnat faxriylarini, nogironligi bo‘lgan katta kichik kitobxonlarni xamda barcha tashkilotlarga xizmat ko‘rsatishdan charchashmaydi. Markazda ijtimoiy tarmoqlar orqali markazning rasmiy veb saxifalari t.me/urganchakm, tme/urganchkutubxonasi, fb.com/@urganchakm,URLIB.UZ saytlarimiz ishlab kelmoqda. Jumladan men Saidova Zilola Ozodovna 2019-yil 6- noyabrda Urganch tumani Axborot kutubxona markaziga Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati, AKT mutaxassisi bo’lib ishga qabul qilinganman. Mening ish faoliyatim shundan iboratki markazimizdagi fondlarni elekton varyantini yaratish, yillik va choraklik rejalar va xizmatda bajarilgan ishlar xisobotini ishlab chiqish, bajarilgan ishning kunlik xisobotlarini yuritish va xaftalik xisobotlarni taqdim etish, Axborot kutubxona faoliyatiga oid xujjatlarni, ilmiy va xorijiy tillardagi kitoblar, gazetalar, jurnallar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar, noyob qo’lyozmalar, fotoplo’nkalarni raqamlashtirish va TAKM ma’lumotlar bazasida saqlash va ularda ish olib borish, electron ko’rinishidagi resurslarni dasturiy ta’minot yordamida ishlab chiqish, kitobxonlarga onlayn va oflayn xizmat ko’rsatish kutubxonada yangi electron, yangicha tizimda ish olib borish, kutubxonamizda kitobxonlar talabiga qarab munosib xizmat ko’rsatishdan iborat.
Bundan tashqari, barcha soha xodimlari o'rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yangi chop etilgan kitoblarni targ'ib qilish maqsadida vazirlik va uning tarkibiy hamda hududiy bo'linmalarida kitob yarmarkalarini o'tkazish yo'lga qo'yilgan. Ushbu yarmarkalarda respublikadagi etakchi nashriyotlar va kitob savdosi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar o'zlarining yangi chop etilgan turli janrdagi kitoblari bilan ishtirok etmoqda.
Xulosa qilib aytganda, yuksak intellektual salohiyatga, o'z mustaqil dunyoqarashiga ega, tashabbuskor, jismonan sog'lom va ma'nan etuk bo'lgan haqiqiy vatanparvar xodimlargina bugun tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarning hal qiluvchi kuchi, xalqimizning haqiqiy ma'nodagi himoyachisi hisoblanadi. Ichki ishlar organlari xodimlarida yuqoridagi ijobiy sifatlarning shakllanishida esa ularning kitobga oshno bo'lishi, nafaqat o'z kasbiy faoliyatiga oid, balki turli janrdagi kitoblarni o'qib, o'z bilimi va dunyoqarashini kengaytirib borishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Aziz, intiluvchan, izlanuvchan kitobsevar yoshlar sizlarni kutubxonamizda kutub qolamiz. Biz sizga xizmat ko’rsatishdan mamnunmiz!
Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish