Ziyo va tafakkur chashmasi –kitob
Saidova Zilola Ozodovna Alisher Navoiy nomidagi
Oʻzbekiston milliy kutubxonasi Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyati
axborot-kutubxona markaziga qarashli Urganch tumani axborot-kutubxona markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati, AKT mutaxassisi
“Eng katta boyliq-aql va ilmdir, eng katta meros yahshi ta’limdir, eng katta kambag‘allik esa – ilmsizlikdir”.
Kitob barcha davrlarda o`z mavqeyini saqlab kelayotgan yagona boylik hisoblanadi. Kitob orqali biz ajdodlarimiz ,tariximiz haqida tasavvur va bilimlarga egamiz. Payg`ambarimiz Muhammad Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga olloh tomonidan “Qur’on” kitobi nozil qilinganida ham hikmat bor. Bu bilan biz bandalarni hayotini kitob bilan chambarchas bog`liqligini ko`rishimiz mumkin. Xalqimiz orasida “Har bir insonning umri- bir kitob”, deb bejiz aytilmaydi. Hayot tashvishlaridan charchab, tushkunlikka tushib qolgan vaqtlarim, tinch- osoyishta joy topib, Deyl Karneygining kitoblarini mutolaa qilishni odat qilganman. Kitob o`qish jarayonida charchoqlarim tarqab, kayfiyatim ko`tariladi va ruhim tetiklashadi, yashashga bo`lgan ishtiyoqim oshadi. Kitob haqida so`z yuritar ekanmiz, avvalo uning yaratilish tarixiga nazar tashlasak. Kitob so`zi arab tilidan kirib kelgan bo`lib, YOZUV, degan ma’noni anglatadi. Qadimdan insoniyat paydo bo`libdiki, bir-biri bilan muloqot qilish ehtiyoji natijasida insonlar toshlarga, daraxt po`stloqlariga, taxtachalarga , g`or devorlariga o`z orzu istaklari, o`y-hayollarini tasvirlab, turli shakllar orqali yozuvni ifodalaganlar. Aynan shu kitoblar orqali biz qadimgi insonlar yashash tarzi haqida bilib olganmiz.Xalqimiz oldimizda uzoq va og‘ir yo‘l borligini anglashi lozim. O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2019- yil 7- iyuldagi “O‘zbekistan Respublikasi axolisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatilishini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi” PK-4354 sonli qarori yuzasidan Urganch tumani Axborot- kutubxona markazi 2019- yil 1- noyabrda o‘z ish faolyatini boshladi. Kitobsevarlarning eng sevimli maskani. Yangi kelajagi buyuk ona vatanimiz, ona O‘zbekistonimizning barcha viloyatlari va barcha tumanlari kabi bizning Xorazm viloyati Urganch tumani Axborot- kutubxona markazimiz ham har kuni, har soatda kitobsevarlar bilan gavjum. Ba’zida kutubxonamizga sig‘may qolganidan navbatma navbat tizilishib 7 yoshdan 70 yoshgacha kitobsevarlar kelishadiki quvonchdan qalbimiz dengizday jo‘shib shunday tabarruk, kitoblarga boy bo‘lgan ulug‘ insonlar tomonidan yozilgan kitoblarni sevib ko‘zga surtib avaylab asrab o‘qib yurgan xalqimizgahavasqilamiz. Sizlarni Saytlarimiz hamda Axborot- kutubxona markazi faoliyati, uning tarixi, tarkibiy tuzilishi, jamg‘armasi haqidagi ma’lumotlar hamda kutubxona qoidalari, ish tartibi, ko‘rsatiladigan xizmatlar bilan tanishtiramiz. Bugungi kunda Axborot- kutubxona markazimizga Barcha shtat birliklari suxbat asosida ishga qabul qilindi. Ish faolyati davomida yil yakunigacha shtat birliklar soni 17.5 taga oshirishga erishildi. Markazda 100.000 mingdan ziyod turli mavzularida kitoblar mavjud. Lotin grafikasidagi kitoblar ko‘pchiligini tashkil etadi. Shundan badiiy kitoblar 92510ta, bolalar kitoblari 2071 ta, soha adabiyotlari 4131 ta va barcha turdagi adabiyotlar kitob fondimizni boyitib kelmoqda. Tumanning aholi zich joylashgan chekka xududlarida va turli tashkilotlarda markazning 7 ta ko‘chma kutubxonalari tashkil etildi. Tashkil etilgan ko‘chma kutubxonalarga jami 35 mingga yaqin adabiyotlar joylashtirildi.Bizningmarkazda 1. Fondlarni to‘ldirish va ularga ishlov berish 2. Axborot Biblografiya xizmati 3. Abanoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati 4. AKT va raqamlashtirish xizmati, shu 4 ta bo‘lim raxbarlari xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |