3.1. Tajriba sinov ishlarining qo’yilishi................................................................. 58
3.2. Tajriba-sinov ishlarini natijalari va ularning tahlili.......................................
Umumiy xulosalar.................................................................................................. 69
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati........................................................................ 70
3
Kirish
Istiqlolning ilk kunlaridan boshlab yurtimizda ta’lim sohasiga yuksak e’tibor
qaratilmoqda. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatiga tobora keng kirib borayotgan
bir sharoitda iqtisodiyotning turli tarmoqlarini modernizatsiyalash, jumladan ta’lim
jarayonida
rivojlangan
mamlakatlarning
ilg’or
tajribalaridan
keng
foydalanilmoqda. Ta’lim tizimini isloh etish va uning sifatini oshirish maqsadida
uning normativ-huquqiy bazasi shakllantirildi. Jumladan, O‘zbekistonda kadrlar
tayyorlashning sifat darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida oliy malakali
mutaxassislar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, har bir oliy ta’lim
muassasasini jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik
aloqalari o‘rnatishi, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan
ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini
keng joriy qilish, talabalar, ilmiy-pedagog kadrlarni zamonaviy kasbiy bilimlari
rivojlantirish, yoshlar auditoriyasi bilan ish olib borishda elektron ta’limdan
samarali foydalanish masalalari Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlariga
muvofiq oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan
takomillashtirishning asosiy vazifalari sifatida belgilandi.
1
Shu munosabat bilan Respublikamizning qator ta’lim muassasalarining
texnika bazasi, jumladan, kompyuter texnikasining yangi avlodi bilan
jixozlanishi, shuningdek, ularning Internet tarmoqlariga ulanishi, elektron
a’loqalar bilan ta’minlanishiga e’tibor yanada kuchaydi. Bularning hammasi
ta’lim mazmunini samarali qilish
maqsadida
Respublika
ta’lim
muassasalariga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish,
o’quv rejalariga kiritilgan fanlarni yangi interfaol usul va vositalardan
foydalanib, jumladan, masofadan turib o’qitish, elektron darsliklar yaratish va
ularni o’quv – tarbiya jarayonida qo’llashga qaratilgan.
1
O‘zbekiston Reespublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. // O‘zbekiston Respublikasi Qonun
hujjatlari to‘plami. –T., 2017 . – B.39.