Yuqori bosimda etilenni polimerlash aralashtirgich qurilmali re- aktorda ham olib boriladi. Qalin devorli korpus (devorining qalinligi 120 mm)ning termik qarshiligini kattaligi va devorlarning kichik nisbiy yuzasi bois suv vositasida devor orqali olib chiqib ketiladigan issiqlik miqdori uncha ko‘p bo‘lmagan kattalikka ega.
Ko‘proq miqdordagi issiqlik miqdorini olib chiqib ketish uchun etilenning reaktorga kirishdagi haroratini pasaytirish (0ºC, –20ºC, – 40ºC) yordamida, sovitilgan etilenni reaktorning bir nechta nuqtasi- ga berish orqali yoki reaksiya zonasiga, masalan, suv va benzol kabi inert suyuqliklarni kiritish orqali amalga oshiriladi. Samarali ara- lashtirish oqibatida reaktorda harorat tenglashadi. Аvtoklav tipidagi reaktorlarda xomashyoning mahsulotga aylanish «chuqurligi» 20– 25% ga yetadi. Аralashtirish tufayli issiqlikni olib chiqib ketish qu- layroq va joylardagi o‘ta qizib ketishlar oldi olinadi. Аralashtirgichli reaktorlar ko‘proq ishlab chiqarish quvvatiga ega va jarayonni olib borish qulay bo‘lsa, bunday tipdagi aralashtirgichli reaktorlarni ap- paraturalar bilan jihozlash murakkabroqdir.
Аralashtirgichli reaktor tavsifi: Dichki=300 mm, N=4300 mm, dekv=126 mm (murakkab qirqimli aralashtirgich valini ekvivalent di- ametri).
Reaktor sig‘imi 250 l.
Аralashtirgichli reaktorlarni katta quvvatda ishlashi ularning xo- rijda imtiyozliroq tarqalishini belgilab beradi. Hamdo‘stlik davlatla- rida yuqori bosim usuli bilan polietilen olishda aralashtirgichli reak- tor konstruksiyalari bo‘lmaganligi bois quvur tipli reaktorlar ko‘proq tarqalgan.
Yuqori bosim polietileni xossalari
Polietilen yuqori molekular parafindir. Polietilen molekulasi uchun yakkam-dukkam yonaki metil guruhlari bo‘lgan (1000 atom uglerodga 21,3 ta) chiziqli tarmoqlanmagan tuzilish xarakterlidir.
Оdatdagi temperaturali sharoitlarda yuqori bosim polietileni 55– 70% kristallik va 30–45% amorf qismlardan tarkib topgan. Polietilen tashqi ko‘rinish bo‘yicha qattiq oq shoxsimon mahsulot bo‘lib, ush- lab ko‘rilganda parafinni eslatadi.
Polietilen fizik xossalari. Quyi zichlik (eng yengil polimerlardan biri), uzilishga yuqori mustahkamlik, quyi haroratlarda a’lo darajada egiluvchanlik, issiqlik orqali parchalanish uchun yuqori temperatura. Polietilenning kimyoviy xossalari. Konsentrlangan kislota va ishqorlar ta’siriga a’lo darajada qarshilik, turli moy va erituvchilar ta’siriga yaxshi qarshilik, namlikning uncha ko‘p bo‘lmagan (ozgi- na) adsorbsiyasi, suv bug‘larini o‘tib ketishiga juda yuqori qarshilik. Polietilenning dielektrik xossalari. O‘ta past dielektrik yo‘qo- tishlar, quyi dielektrik doimiysi, yuqori elektrik mustahkamlik, yu-
qori nisbiy hajmiy qarshilik.