Sanoatda ikkala usul ham keng tarqalgan.
Propilendan akrolein orqali glitserin olish usullari
Glitserinni akroleindan olish usuli istiqbolliroqdir, chunki ushbu jarayonda xlor sarf bo‘lmaydi va ishqor talab qilinmaydi.
Spirtlarning qo‘llanishi
Etil spirti.
Etil spirti sintetik kauchuk ishlab chiqarishda ilk xomashyo hi- soblanadi. Sirka aldegidi, sirka kislota olishda, erituvchi sifatida va oziq-ovqat sanoatida ham ishlatiladi.
Yuqori spirtlar.
Yuqori yog‘ spirtlar erituvchi sifatida, plastifikatorlar va smolalar ishlab chiqarishda, sintetik yuvish vositalari olishda va hokazolarda xomashyo sifatida ishlatiladi.
II bo‘lim yuzasidan sinov savollari.
Neftkimyo sintez xomashyolarining asosiy manbalarini so‘zlab be- ring.
Yo‘ldosh gaz nima?
Gaz benzini qanday olinadi?
Tabiiy gaz tarkibiga nimalar kiradi?
Gaz kondensati tarkibiga nimalar kiradi?
Suyuq neft mahsulotlariga nimalar kiradi?
Uglevodorod xomashyoga qo‘yiladigan talablar?
Parafin uglevodorodlarning tarkibi qanday?
III BO‘LIM. PОLIОLEFINLАR VА PОLIMERIZАTSIОN PLАSTMАSSАLАR ISHLАB CHIQАRISH
Poliolefinlar va polimerizatsion plastmassalar ikki bog‘li uglevo- dorodni, ya’ni masalan, etilen, propilen, ayrim boshqa a–olefinlar, stirol, vinilxlorid va boshqalarni polimerizatsiyalab olinadi.
Poliolefinlarni texnik namunalari 15 darn to 600–700 mingtaga- cha molekular og‘irlikka ega bo‘lib, ularda 1000–10000 uglerod ato- miga bir qo‘shbog‘ to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ushbu birikmalar amalda to‘yingan xarakterga ega.
To‘yinmagan uglevodorodlar polimerizatsiyasini birinchi bor XIX asrning oxirida kuzata boshlangan. Biroq poliolefinlarni sanoat ishlab chiqarishi ikkinchi jahon urushidan keyin amalga oshirilgan. 1938–1940-yillarda Аngliyada etilenni yuqori bosimi ostida poli- merlash imkoniyati borligi ochilgan. Taxminan o‘sha davrda Rossi- ya Federatsiyasida ham А.I. Dinses rahbarligida laboratoriya sharoi- tida etilenni yuqori bosimda polimerizatsiyasi imkoniyati o‘rganildi. Birinchi sanoat qurilmalari 1942–1943-yillarda paydo bo‘ldi, biroq yuqorida ta’kidlanganidek, ommaviy ishlab chiqarish ikkinchi jahon urushidan keyin boshlangan. 1955-yilgacha polietilen faqat yuqori bosim qo‘llanilgan jarayonlardagina olingan.
1955–1956-yillardan boshlab, ya’ni Sigler–Natt metallorganik katalizatorlarida polimerlash imkoniyatlari ochilgandan so‘nggina quyi bosim polietilenini ishlab chiqarish boshlangan.
Plastmassalar – bu plastiklik, ya’ni ma’lum harorat va ma’lum yuklar ta’sirida o‘z shaklini o‘zgartirish xususiyatiga ega bo‘lgan materiallar. Poliolefinlar ham plastmassalarga proporsional, biroq ularni ishlab chiqarish faqat neftkimyo xomashyosiga asoslanganligi va monomerlar ishlatilishi sabab, ularni alohida guruhga ajratiladi.
G‘arb davlatlarida 1960–1970-yillarda neftkimyo mahsulotla- rini ishlab chiqarish umuman olganda o‘sgan holida yuqori mole- kular moddalar ishlab chiqarish 3, 6 marta ko‘proq o‘sgan (xusu- san, sintetik tola – 6–7 marta, plastmassalar – 3,8 marta va sinte- tik kauchuklar – 2,2 marta). 1980-yilga kelib u 1970-yilga nisbatan 3 marta ortgan.
Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinda plastmassalar
(yuqori polimerlar umumiy ishlab chiqarish ichida 1970-yilda 74% ni, 1980-yilda esa 80% ni tashkil etgan) turadi.
Sintetik kauchuk va tolalarni maxsus, chegaralangan ishlatilish- dan farqli o‘laroq, plastmassalar amalda sanoatning hamma sohalari- da ishlatiladi. 80-yillar o‘rtalariga kelib butun dunyo bo‘yicha plast- massa ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha po‘lat eritish ko‘rsatkichiga yetib oldi. O‘tgan asrning oxiriga kelib, butun dunyo bo‘yicha ish- lab chiqarilgan konstruksion materiallarning 70% i plastmassalarga to‘g‘ri keldi.
Plastmassalarni dunyo bo‘yicha ishlab chiqarish 1970-yilda de- yarli 30 mln. tonna, ya’ni 1950-yildagiga (1,5 mln. t) nisbatan 20 marta ortgan. Bu esa ushbu davrda plastmassalar ishlab chiqarishni yillik o‘sishi 16% ni (umumiy kimyo sanoatiniki esa 8,7%) tashkil etadi.
Аsosiy ilg‘or davlatlarda 2000-yilda plastmassa ishlab chiqarish (mln. t) va har bir davlatning umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan:
Davlatlar
|
Ishlab chiqarish
|
Ulushi
|
АQsh yaponiya gFR Italiya Fransiya Аngliya
|
28,48
15,12
14,33
8,73
8,52
4,47
|
28
17
14
5,8
5,1
4,9
|
Plastmassalar ishlab chiqarishning yillik o‘sishi kimyo sanoati umumiy o‘sishidan anchagina ortiqligini ta’kidlab o‘tish lozim.
2000–2010-yillarda o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari (% da) quyi- dagi jadvalda keltirilgan:
Аsosiy davlatlar
|
Kimyoviy mahsulot
|
Plastmassalar
|
АQsh yaponiya g‘arbiy Yevropa
|
7
10
5
|
11
16
12
|
Plastmassalar umumiy ishlab chiqarishning yarmidan ko‘pi termoplastlarga to‘g‘ri kelib, 1980-yilga kelib, hajmi 50 mln. t ga yetgan.
Hamma rivojlangan davlatlarda poliolefinlar yetakchi o‘rinni egal- laydi. 1965-yili ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha ular polivinil- xloridni quvib o‘tdilar: Ishlab chiqarish 1960-yilda 1,1 mln.t dan 1970-yilda 8 mln. t ga va 2000-yilda 50 mln. t ga yetdi. Poliolefin- larni sintetik smolalar va plastmassalar umumiy ishlab chiqarishida ulushi 1960-yildagi 16% dan 1970-yili 27% ga, 2000-yili esa 60% gacha ortdi.
Poliolefinlar ichida ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinda yuqori bosim ostida olinuvchi quyi zichlikdagi polietilen tu- radi, u 1980-yilda dunyo bo‘yicha 17,5 mln. tonna (15 mln. t. polivi- nilnikiga qarshi)ni tashkil qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |