Bog'liq B Àbidov, Î G‘ Àzimov, U À Ziyamuhamedova neft gaz sintezi
Izopropil spirti ishlab chiqarish texnologiyasi
Propilenni sulfat kislota ishtirokidagi gidratatsiya usuli texnolo- gik sxemasi 11-chizmada keltirilgan.
h2sO4 Polimerlash
chizma.Propilennisulfatkislotaishtirokidagidratatsiyaqilibetilspirti ishlab chiqarish prinsipial texnologik sxemasi.
Kerakli kontsentratsiyadagi sulfat kislota 1–absorberni yuqori li- kopchasiga, quyi likopchasiga esa berilgan bosimgacha avvaldan si- qilgan olefinlar yo‘naltiriladi. Аbsorberda alkilsulfatlar hosil bo‘ladi va ularni qisman gidrolizi sodir bo‘ladi. Kolonnaning o‘rta likop- chalaridan 2–nasos yordamida suyuqlikning bir qismi yuqori likop- chaga uzatiladi. 1–absorberdan chiqayotgan gazda kislota sachratqi- lari, spirt va efir bug‘lari bo‘ladi. Shu sababli, u 3–drosselli jo‘mrak yordamida bosimi pasaytirilgach 4–skrubberda suv bilan yuviladi, yuvindi suv esa gidroliz bosqichida ishlatiladi. 1–absorberni quyi qismidan reaksion massa 3–reduksion jo‘mrak orqali o‘tib, bo- simi 1,5 atmosfera bosimi ostida gacha pasaytiriladi va 5–gidroli- zer – aralashtiruvchiga tushadi. Bu yerga suv 4–skrubberdan beri- ladi. Suyultirilgan massa 6–gidroliz–bug‘latgichga tushadi va alkil- sulfatlarni gidrolizi yakunlanadi, spirt, efir va polimerlar ajratiladi. 6–Gidrolizerdan chiqayotgan suv, spirt, efir va polimer bug‘larida kislota xarakterli qo‘shimchalar mavjud, shu sababli 5% –li NaОH eritmasi kiritilayotgan 7–likopcha tipidagi neytralizatorga yubori- ladi. Neytralizatorga suv bug‘ini bevosita berish natijasida reaksi- ya mahsulotlarining kondensatsiyasining oldi olinadi. So‘ngra ular 8–sovitkich–kondensatorda kondensatlanadi. Оlingan kondensat spirt va efirlarning suvdagi eritmasi bo‘lib, polimerlar emulsiyasini o‘z ichida saqlaydi. Ularni ajratish uchun kondensat 10–separatorga yo‘naltiriladi. U yerda 9–yuvgich suvi bilan qo‘shimcha suyultiril- gach va so‘ngra tindirilgach polimerlar to‘liq ajraladi. 9–yuvgichda polimerlar bilan ushlab qolingan spirt va efir ajratib olinadi; 10– separatorda yuvishga qo‘llanilgan suv kondensatni suyultirishga va polimerlarni to‘liq ajratib olishga ishlatiladi.
Spirtning suvli eritmasi (odatda, 25% ga yaqin)ni va efir (3–5%) ni 11–yig‘gichda yig‘iladi va u yerdan rektifikatsiyaga yo‘naltiriladi.
Аnalogik sxema bo‘yicha etil spirti olinadi.