Ziyadillayeva maxliyo to`lqinjon


II.2. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA BOLALARNING RAVON NUTQINI SHAKLLANTIRISHDA IJODIY HIKOYA TUZISHGA O ‘RGATISH



Download 117,88 Kb.
bet5/7
Sana11.07.2022
Hajmi117,88 Kb.
#778131
1   2   3   4   5   6   7
II.2. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA BOLALARNING RAVON NUTQINI SHAKLLANTIRISHDA IJODIY HIKOYA TUZISHGA O ‘RGATISH
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ijodiy hikoya tuzishga o ‘rgatishni mashg`ulot misolida ko`rib chiqamiz.
Mavzu: «Men yoqtirgan fasl»
Maqsad: Shaxsiy tajribaga asoslanib ravon nutqni rivolantirish mantiqiy rivojlanib boruvchi hikoya tuzish qobiliyatlarini rivojlantirish.
Vazifalar: Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasini shakllantirish, sabzavot va mevalar bo'yicha lug ‘atini faollashtirish, topishmoqlar mazmuniga tushunishga о ‘rgatish, i maqoldagi so ‘zlami aniq va burro aytish.
Kutilayotgan natijalar: Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasi shakllanadi, hikoya to'qishga qiziqish uygonadi, topishmoq, maqollar mazmunini tushunib oladilar:
Kerakli jihozlar: To ‘rt faslga oid katta rasmlar, to‘rt faslga oid qirqma rasmlar.
Mashg‘ulotmng borishi. Tarbiyachi: Bolalar hozir qanday fasl?
(Qish) Qish faslida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?
Sizga qaysi fasl ko‘proq yoqadi?
Nima uchun yoqadi?
Bugun biz «Men yoqtirgan fasl» mavzusida qisqa va tugallangan hikoya tuzishni o‘rganamiz.
Kelinglar, bolalar hozir biz kichik guruhlarga bo‘linib olamiz.
- Bir yilda nechta fasl bor? (4ta fasl).
- Demak, biz to‘rt guruhga bo‘linamiz.
Bolalar guruhlarga bo‘linish uchun bahor, yoz, kuz va qish fasllari tasvirlangan suratlaming qirqma bo‘laklarini oladilar. Ular o‘z fasllariga tegishli tasvirlaming qirqma bo‘iaklarini yig‘ish bilan guruhlarga bo‘linib oladilar. 1-guruh bolalari bahor faslini, 2-guruh bolalari yoz faslini, 3-guruh bolalari kuz faslini, 4-guruh bolalari qish faslining qirqma bo‘laklarini yig‘adilar. Natijada har bir guruhda katta fasl tasviri hosil bo‘ladi. Har bir guruh o‘z fasllari haqida hikoya tuzishlari kerak. Hikoya yakunida shu fasl haqida she’rlar, topishmoqlar aytishlari mumkin.
Bolalar hikoya tuzishda qiynalsalar tarbiyachi hikoya namunasini beradi.
Tarbiyachi: Men uchun sevimli fasl kuz. Kuzda shamol g‘ir-g‘ir esib turadi. Osmon toza va beg‘ubor bo‘ladi. Bog‘larda kuzgi mevalar pishib yetiladi. Paxtazorlarda paxtalar oppoq bo‘lib ochiladi. Dala va bog‘larda ish qizg‘in bo‘ladi. Mevalar teriladi, kartoshka, piyoz, sabzi kabi sabzavotlar birin-ketin kovlanadi. Paxtalar teriladi.
Bolalaming tuzgan hikoyalati bo‘yicha guruhlar taqdimoti o‘tkaziladi.
Har bir guruhning tuzgan hikoyalari tinglanadi va rahbatlantiriladi.
Tetiklashtiruvchi mashqlar
Quyosh
Erta tongda
Quyosh turib
Bolalami erkalaydi,
Boshlarini silaydi.
Bilaklar ichki tarafi bilan bir-biriga tekkiziladi. Barmoqlar quyosh
nurlari kabi keng yoyilgan holatda bo‘ladi.
Tarbiyachi bolalarga fasllar haqida maqollar ayttirib mashg‘ulotni
tugatishi mumkin.
1. Qish g‘amini yozda ye.
2. Bahorgi harakat - kuzgi barakat.
3. Yozgi mehnat - qishgi rohat.
4. Yer haydasang kuz hayda,
Kuz haydamasang yuz hayda.
Boialar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Bir yilda nechta fasl bor?
2. Siz qaysi faslni yoqtirasiz?
3. Mehnat haqida maqollar aytib bering.


XULOSA
Ma’lumki til inson aqli faoliyatining eng oliy va asosiy vositasidir. Chunki insonni bosfcqa jonzotlardan ajratib turadigan ham til emasmi?! Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng oliy mahsullari tafakkur mevalari til, nutq orqali ro‘yobga chiqadi. Til tafakkur mahsulining hayotga tatbiq etilish vositasi boluvchi qudratli quroldir.
Bolada o‘ziga nisbatan ishonchni rivojlantirish, qadr-qimmat tuyg‘usini shakllantirish uchun katta yoshli kishi o‘zining butun vujudi bilan bolani yaxshi tushunishini va uning yutuqlaridan xursand bo‘lishini va muvaffaqiyatsizliklarida hamdard bo‘lishini ko'rsatishi zarur. Kattalarning mehri va tengdoshlarining xayrixoh munosabati bolada o‘ziga nisbatan hurmatni his etishda yordam beradi, o‘zini ko‘rsatish va shaxs sifatida o‘sish omili hisoblanadi, unda o‘zining haqiqiy insoniy qiyofasini ifodalashga nisbatan intilish rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Tarbiyachi navbatdagi topshiriqni bajarishga bolalami jalb etishdan awal har bir bola haqida qandaydir yaxshi so‘z aytishga, ulami dadillashtirishga harakat qilishi kerak. Masalan: «Quyonlami boqishni Alisherga ishonib topshiraman. Uning qo‘llari judayam saxiy!» «Odina-g‘amxo‘r», «Madina juda xushchaqchaq», «Iroda - mehnateevar» va shunga o‘xshash bolalarga berilgan baholar ularda o‘ziga ishonchni, xatti-harakatlariga baho beraolishni vujudga keltiradi. Bolalar o‘zlarining yaxshi javoblari va a’lo xulqlari bilan javob berishga, o‘z tengdoshlariga nisbatan samimiy bo`lishga harakat qiladilar.
Maktabgacha ta’limda bolalar nutqini o‘stirish turli metod va usullardan tashqari o‘yinlar orqali ham olib boriladi. Chunki, O` yin bolalarning eng sevgan faoliyati bo‘lib, o‘yin ta’lim berish metodi vazifasini ham bajaradi. Shu bois maktabgacha ta’limda o‘yin bolalar faoliyatining asosiy turi hisoblanadi. O‘yin orqali bolalar shaxs sifatida shakllanadi, bolaning kelajakdagi o‘quv faoliyatini, shaxs sifatidagi faoliyatlarini, kishilarga munosabatini, ayniqsa nutqiy muomala madaniyatini belgilab beradi. Shuning uchun ham qadimiy davrlardan boshlab bolalar o‘yinlariga ahamiyat qaratilgan. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‘yin bo‘lib, o‘yin dastlab bolalarning turli ehtiyojlari, narsalar, kishilarning xarakatlariga taqlid qilish orqali shakllangan bo‘lib bolalar faoliyatining asosiy turidir. Ayniqsa maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yin orqali shahs sifatida shakllanadilar, o‘yin orqali o‘quv – mehnat faoliyati, kishilarga munosabati shakllanadi. Shunin uchun ham buyuk pedagog K. D. Ushinskiy bolalar o‘yinlarini tasvirlab, ular o‘yinlarining mazmuni, hayotdan olgan taasurotlari bilan belgilanadi, ular shahsning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi deb yozgan.
O‘yin ijtimoiy voqea bo‘lib, bolalar o‘yinlarida tevarak – atrofdagi borliq, voqea – hodislar, insonlar hayoti, tajribalari aks etadi. O‘yin maktabgacha ta’limda nutq o‘stirish metodikasi sifatida barcha guruhlarda qo‘llanadi, o‘yinga tarbiyachi rahbarlik qiladi. Shuningdek didaktik o‘yinlar bolalar nutqini qay jihatdan shakllantirishga ham diqqat qilishi lozim. Chunki maktabgacha ta’limda qo‘llanadigan har bir didaktik o‘yinning o‘z;
- mazmuni
- maqsadi
- o‘ynash usuli bor.
Biz o‘z tajribalarimizda KIshda tavsiya etilgan metodlarni bolalar yoshiga, bilim malakalariga mos ekanligiga ishonch hosil qildik. Chunki yuqorida tvsiya etilgan o‘yinlarni bolalar qiziqish bilan o‘ynadilar, o‘yin orqali nutqni so‘zni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. M. V. Klarin, B. I. Matirko, A. S. Prutchenko kabilar o‘yin tehnologiyasining didaktik imkoniyatlarini quyidagicha tavfsiflaydilar:
- O‘yin bolalar uchun juda qiziqrli faoliyat hisoblanadi.
- O‘yin o‘quv muhitini ta’minlaydi, bolalar faoliyatiniboshqaradi.
- O‘yin bolalarni muammoga qiziqishlarini oshiradi.
- O‘yin bolalardan shahslararo va tarbiyachigiga nisbatan muloqotning yahshilanishiga olib keladi.
- O‘yin bolalarni o‘yin jarayonida o‘zini baholashga o‘rgatadi.
- Bolalarda aniq fikrlashni va o‘z qobiliyatlarini namoyon etishga olib keladi.
- O‘yin bolalarda ijtimoiy ko‘nikma - malakalarni mustahkamlaydi.
- O‘yin davomida bolalar faoliyatida tajribalari ortadi
- O‘yin bolalarga muammoni kuzatishni emas, balki qiyin muammolarni echishga o‘rgatadi.
- O‘yin o‘quv faoliyatida voqelikni bilim va tajriba asosida yuqori darajada o‘zlashtirish imkoniyatini beradi.
- O‘yin vaziyatni tahlil qilishga, muammoni aniq aniq yechishga o‘rgatadi.
- O‘yin bolalarga muhim hayotiy vaziyatlarni yechish ko‘nikmasini egallashga o‘rgatadi.
O‘yin quyidagi xususiyatlarga egadir:
 O‘yin bolalar mustaqil faoliyatidir
 O‘yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar xayotini tashkil etish shakli hisoblanadi.
 O‘yin bolalarni har tomonlama, rivojlantirish, tarbiyalash asosi.
 O‘yin bolalarning o‘quv tarbiya faoliyatiga tayyorlash omili hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’limiy didaktik o‘yinlarni tashkil etishda quyidagi turlardan foydalaniladi:
Bayram va tadbirlarga asoslangan o‘yin turlari.
 Folklorga asoslangan o‘yin .
 Teatr o‘yinlari.
 O‘yinli mashqlar.
 Intermediyalar.
 Bellashuv.
 Karnaval.
O‘yin quyidagi bosqichlarda olib boriladi:
Maqsad qo‘yish.
Rejalashtirish.
Maqsadni amalga oshirish.
Natijalar tahlili.
Shuningdek didaktik o‘yinlar bolalar nutqini qay jihatdan shakllantirishga ham diqqat qilishi lozim. Chunki maktabgacha ta’limda qo‘llanadigan har bir didaktik o‘yinning o‘z mazmuni, maqsadi, o‘ynash usuli bor.

Download 117,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish