AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI 1-E GURUH TALABASI MAMATQULOV SHOXJAXONNING SHAXS PSIXALOGIYA FANIDAN ZIGMUND FREYDNING PSIXOANALITIK TALIMOTI BOYICHA TAYORLAGAN
SLAYDI
ZIGMUND FREYDNING PSIXOANALITIK TALIMOTI
BUYUK FRED VA PSIXOANALIZ TA’LIMOTI
FREYDNI O‘QITISH G‘OYASI
Z.Freyd ta’limoti nafaqat tibbiy fanlar va psixologiya, balki falsafa, etika, estetika, deontologiya, etnologiya, yuridik fanlar, jamiyatshunoslik kabi o‘ndan ortiq yirik fanlar ichiga kirib bordi. Fikrimizcha, nafaqat jamiyatda bo‘layotgan voqealarni, balki ikkala inson orasida ro‘y beradigan har qanday munosabatlarni Freyd ta’limotiga asoslanib izohlab berish mumkin.
PSIXOANALIZ TA’LIMOTI
Z. Freyd inson ruhiyatini muz tog‘iga qiyoslab tushuntirib berdi: “Muz tog‘ining ustki, ya’ni oltidan bir qismi ong bo‘lsa, suv ostida ko‘rinmay yotgan oltidan besh qismi ong ostidagi jarayonlar, ya’ni ongsizlikdir”. “Janob Freyd! Sening inson psixologiyasi haqidagi dunyoqarashlaring va ilmiy farazlaring psixologiya qonunlariga juda zid va haqoratomuzdir” degan dashnomlarni ko‘p eshitgan olim psixologiyani ham tark etdi. Menimcha, Freyd psixologiyani emas, balki psixologlarni tark etdi. Boz ustiga uning maqolalarini psixologiya jurnallarida chop etmay qo‘yishdi, ilmiy kengashlar ham usiz o‘ta boshladi. Unda fanda yangi bir yo‘nalish ochishdan boshqa iloj qolmadi va u psixologiyaga yaqinroq bo‘lishi kerak edi.
Ongli jarayonlarni ongsiz jarayonlar orqali o‘rganish uning fikru xayolini qamrab olgandi. Inson ruhiyati haqidagi demagogiya ham uning joniga tekkan edi. U fanda yangi bir yo‘nalish ochadi va uni “Psixoanaliz” deb ataydi. To‘g‘ri, “psixoanaliz” atamasi fanga yaqin bo‘lsa-da, uning shakllanishida fiziologiya, nevrologiya va psixologiya yotardi. Bu uchala fanning ishtirokisiz psixoanalizni tasavvur qilib ham bo‘lmaydi.
Z. Freyd bizda “yashirinib” yotgan psixologik jarayonlarni ongsiz jarayonlar deb atadi. Rus psixologlari bu holatni turli atamalar bilan ta’riflashadi: “bessoznatelnoye” (ongsizlik), “podsoznaniye” (ongosti). O‘zbek olimlari ichida ongsizlikni “botiniy ong” deb atash taklifi ham kiritilgan (A. Usmonxo‘jayev).
ONGSIZLIK
Nevrologiyani chuqurroq o‘rganish uchun Freyd Yevropada juda katta nom qozongan fransuz nevrologi Jan Marten Sharko (1824–1893) yoniga boradi. Freyd Sharkoning ishlari bilan faxrlanib yurar, u bilan uchrashishni azaldan orzu qilardi. J.M.Sharko Fransiyada shu qadar mashhur ediki, hatto unga “Nevrologiya Napoleoni” deb nom berishgan. U nevroz va isteriya belgilarini mukammal bilgan va bemorlarni davolashda gipnoz usulidan keng foydalangan. Sharko deyarli barcha aristokratlarning shaxsiy vrachi bo‘lgan
NEVROLOGIYANI O‘RGANISH
Do'stlaringiz bilan baham: |