4.O‘quvchilarni darsdagi ishtirokini baholash va darsni xulosalash: O‘quvchilarni dars davomida olgan kalit so‘zdagi harflar birlashtirilib buyuk alloma Abu Ali ibn Sinoning dono fikrlari hosil qilinadi . Shundan so‘ng o‘quvchilarni olgan ballari izohlanib guruhlar natijalari e’lon qilinadi.
5.Uygavazifa : Darslikdan mavzuni o‘qib takrorlab, 2-mashqni ishlash.dars boshida aniqlangan suv va o‘simlik yog‘ini massasi, 2ta menzurka ko‘rsatkichidagi qiumatdan foydalanib suv va o‘simlik yog‘i zichligini aniqlash va ularni solishtirish. Uyga vazifa o‘qituvchi tomonidan izohlanib ,tushuntiriladi. Shundang so‘ng darsga yakun yasaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. N.SH.Turdiyev.Fizika : umumta ‘ lim o ‘rta maktablarning 6- sinf uchun darslik. “Niso poligraf” Toshkent - 2013.
2. N. Turdiyev, Z. Sangirova, N. Ne ‘matova Fizika 6- sinf o ‘qtuvchilar uchun metodik qo ‘llanma. “Sharq” Toshkent -2011.
3.D.Otaqo‘ziyev, F. Otaqo‘ziyeva “Fizika fani bo‘icha sinfdan tashqari ishlarga oid materiallar”(1-qism) .Namangan -2011
4.WWW. Ziyonet.uz
Darsdan kutilgan natijalar:
Ushbu 6-sinflar uchun mo‘ljallangan dars ishlanmasini yozishda umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida fizika fanini o‘qitish oqali o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini ,mantiqiy fikrlay olish qobiliyatini, aqliy rivojlanishini o‘stirish , ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayotlari uchun zarur bo‘gan bilimlar berilishiga katta e’tibor berilgan.
- darsda o‘quvchilarda vatanparvarlik va milliy g‘ururni shakllantirish maqsadida “sayohat” darsi va guruhlarning nomlanishi, buyuk ajdodlarimiz va ularning amalga oshirgan ishlariga bevosita o‘quvchilarni diqqati jalb qilingan;
- o‘quvchilar o‘tilgan darsdagi “Shayinli tarozi yordamida jism massasini o‘lchash” amaliy mashg‘ulotida egallagan malakalarini mustahkamlash maqsadida “ Tarozi” o‘yinidan foydalanilgan. Bunda har bir guruh a’zolari o‘z tarozilarini berilgan 3ta topshiriqni bajarib tarozilarni muvozanatga keltiradi va kerakli ballarni qo‘lga kiritadi. Topshiriqlarni bajarish parallel holatda olib boriladi.
-“To‘risini top “ treningi o‘quvchilarni diqqatini bir joyga jamlash, egallagan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish qobilyatini rivojlantirish ,shu orqali fizik kattaliklarni farqlab ularni fizik mohiyatini tushunishga yordam beradi;
- dars ishlanmasidagi masalalar o‘quvchilarni olgan fizik bilimlarini masalalar yechish ko‘nikmasini shakllantirish va matematika fani bilan fanlararo bog‘lanishni rivojlantirishni ko‘zlab tanlangan;
- yangi mavzuni yoritishda o‘qituvchi ko‘rsatgan tajribani o‘quvchilar kuzatib, olgan xulosalarini tahlil qilishadi va “aqliy hujum” metodi orqali qo‘yilgan muammoni mohiyati ochiladi. Shu orqali yangi mavzuga o‘quvchilarni qiziqtiriladi va mavzu faol ma’ruza usulida tushuntiriladi.
- yangi mavzuni mustahkamlashda masalalar yechishda o‘qituvchi namuna sifatida masalalar yechib tushuntiradi ,yangi mavzuga oid ko‘nikmalarni shakllantiradi;
-yangi mavzuni mustahkamlashda “Fizik diktant”dan foydalanish o‘quvchilarni yangi mavzu orqali olgan bilim,ko‘nikma, malakalarini mustahkamlashga hamda barcha o‘quvchilarni mustaqil ishlashlarini tashkil etishga xizmat qiladi ;
-darsda o‘quvchilarda do‘stlik , ahillik, o‘zaro hurmat xissini yuksaltirish maqsadida guruhlarda ishlash, o‘z- o‘zini tekshirish usulidan foydalanilgan;
6-sinf o‘quvchilarini yosh xususiyatlarini hisobga olib ularni darsga qiziqtira olishida o‘qituvchidan katta mahorat talab qiladi,shuning uchun o‘qituvchi sinfda ijobiy psixologik muhit yarata olishi lozim dars ishlanmasida bu jihatga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |