Ultra yupqa kesmalar bilan negativ kontrastlashning qo’shilgan usuli. Virionlarning nozik tuzilishi va viruslarning xujayra bilan o’zaro ta’sir bosqichlarini o’rganuvchi eng yaxshi, shu bilan birga murakkabroq usul hisoblanadi. Tekshiriluvchi zararlangan to’qima bo’laklari yoki virus tutuvchi material maxsus fiksatorda (masalan, osmiyli) fiksatsiyalanadi. Kuchliligi oshib boruvchi spirtga ketma-ketlikda solish usuli bilan suvsizlantiriladi. Namunalar maxsus plastmassalarga quyiladi, polimerizatsiyadan so’ng qattiq, tiniq bloklar hosil bo’ladi. Maxsus mikrotomda bloklardan 10-20 nm li qalinlikda ulьtrayupqa kesmalar tayyorlanadi. Olingan kesmalarni volьfram-fosforli kislota yoki uranil-atsetat eritmasi bilan kontrastlanadi. Yuqorida yozilgan usullarda tayyorlangan preparatlar 0,2-0,3 nm gacha ko’rsatish xususiyatiga ega bo’lgan nurlanuvchi elektron mikroskopda o’rganiladi. Preparat tasviri elektron mikroskopning flyuorestsent ekranida kuzatiladi va maxsus fotoplastinkaga rasmga tushiriladi. So’ngra ulardan nusxa olinadi. Olinadigan kattaliklari: x 100000 - x 400000.
Skanerlovchi elektron mikroskopiya. Skanerlovchi elektron mikroskop yordamida amalga oshiriladi, bunda nozik elektronlar to’plami katta tezlikda tekshirilayotgan ob’ektdan o’tadi, ya’ni uning yuzasini skanerlaydi. Natijada ikkilamchi elektronlarning nurlanishi sodir bo’lib, ular katod-nurli naydan o’tganda, flyuorestsent ekranda katta hajmdagi tasvir hosil bo’ladi (jarayon televizion tasvirning hosil bo’lishiga o’xshaydi).
Skanerlovchi mikroskopiya virionlarning uch tomonlama ko’rinishini olishga, ular yuzalarining tuzilish detallarini farqlashga imkon beradi, lekin ularning ichki tuzilishini aniqlamaydi. Skanerlovchi mikroskopning ko’rish qobiliyati 7-20 nm gacha.
2. Yorug’lik mikroskopiyasi.
Yorug’lik mikroskopida, mikroskopning ko’rsata olish qobiliyati chegarasi doirasida (0,2 mkm dan kichik bo’lmagan) bo’lgan yirik viruslarni, shuningdek, virus bilan zararlangan to’qimalardagi hujayra ichi kiritmalarini ko’rish mumkin. Yirik viruslar, masalan, poksviruslar va kiritmalar maxsus bo’yash usullari yordamida, fazoviy kontrastda, qorong’ilatilgan maydonda aniqlanadi; lyuminestsent mikroskoplash ham ishlatiladi. Ma’lumki, bu tekshiruvlar faqat dastlabki natijalarni beradi, virusli infektsiyalar laborator tashhisotida boshqa usullarning ishlatilishini inkor qilmaydi.
Yirik viruslar Morozov bo’yicha bo’yalib aniqlanadi (kumushlanish). Hujayra ichi kiritmalarini aniqlash uchun zararlangan to’qimadan gistologik kesmalar, surtmalar yoki bosma-surtmalar tayyorlanadi. Odatda surtmalar Romanovskiy-Gimza usulida bo’yaladi.
Qutirish kasalligida bosh miya nerv xujayralarida Babesh-Negri kiritmalarini aniqlash katta amaliy ahamiyatga ega. SHu maqsadda preparatlarni Mannu, Turevich, Muromtsev usullari bo’yicha bo’yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |