QO
’
ZIBOYEV JASURBEK
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Dasturiy injinering fakulteti
Laboratoriya ishi №6
Guruh: 310-19
Topshirdi: Qo’ziboyev J
TOSHKENT - 2021
QO
’
ZIBOYEV JASURBEK
Laboratoriya ishi №6
Marshrutizatorning asosiy koʻrsatkichlarini sozlash
Ishdan maqsad:
Marshrutizatorlar asosida tarmoqni loyihalash va sozlash
koʻnikmasini hosil qilish.
Nazariy qism
Marshrutizator ( router)
– bu ikki va undan ortiq turli xildagi tarmoqni bir-
biri bilan bogʻlab beruvchi qurilmadir. Bu qurilma biror bir portga kelib tushgan
paketni qayta ishlab, xotirasida mavjud jadvaldan qabul qiluvchini qaysi portda
ekanligini aniqlab, soʻngra shu port orqali uzatadi.. Marshrutizator dastur va
qurilma koʻrinishida boʻladi.
Dastur koʻrinishidagi marshrutizator oddiy shaxsiy kompyuterga oʻrnatilgan
va unga ikkita turli tarmoq ulangan boʻladi. Bu koʻrinishdagi marshrutizator bizdan
ortiqcha mablagʻ talab qilmasada, ishonchli hisoblanmaydi. Chunki kompyuterni
har doim ham yoqigʻ holatda saqlab boʻlmaydi. Shuning uchun ham qurilma
koʻrinishidagi marshrutizatorlar afzaldir. Eng sodda routerda, kamida 2 ta port
mavjud boʻladi. Biri WAN port hisoblansa, ikkinchisi LAN port hisoblanadi.
WAN portga turli tehnologiyalarga mansub tarmoq – xDSL, Frame Relay, ATM
va boshqa kabilar ulanishi mumkin. LAN portga Ethernet texnologiyasiga tegishli
tarmoq ulanadi. Hozirgi kunda router ishlab chiqaruvchi firmalar soni kundan
kunga koʻpayib bormoqda. Cisco, Huawei, ZTE, Tenda, Zyxell, Fast, Telmax va
boshqalar shular jumlasidandir.
Endi routerning ishlash prinsipini koʻrib chiqsak. Siz honadoningizga
oʻrnatadigan ADSL modemlar ham router hisoblanadi WIFI marshrutizatorlar. Bu
modemlar koʻpi bilan 10 Mbit/s tezlikni koʻtarib bera oladi. Ammo hozirgi
abonent liniya tarmoqlari bu tezlikni koʻtarmaydi. Boshqariladigan
marshrutizatorlar nafaqat ikki tarmoqni bir biri bilan bogʻlab beradi, balki sizning
lokal tarmogʻingizni tashqi hujumlardan himoya vazifasini ham bajarib beradi.
Ularda tarmoq ekrani – firewallar mavjud boʻlib, ular yordamida sizning
tarmogʻingizga ruhsatlarni berishi mumkin.
Router marshrutizasiya jadvaliga asoslangan holda ishlaydi. U ikki hil
koʻrinishda boʻladi:
Dinamik
marshrutizasiya
va
Static
marshrutizasiya.
Dinamik
marshrutizasiya, koʻrinishidan qulay, uni sozlash shart emas. U oʻziga ulangan
barcha qurilmalar togʻrisida ma’lumotni saqlaydi. Vaqti – vaqti bilan tarmoqqa
paketlar joʻnatib turadi va ulardan qaytgan javob orqali tarmoqni hotirasida
saqlaydi. Ammo bu routerni koʻproq ishlashiga sabab boʻladi (yuklama
koʻpayadi). Havsizklik jihatda ham mukammal deb boʻlmaydi. Statik
marshrutizasiya esa tarmoq havfsizligining barcha talablariga javob beradi. Shu
QO
’
ZIBOYEV JASURBEK
bilan birga statik router tarmoq administrator tomindan sozlamalar buyrigʻi
kiritilib tarmoqming barcha imkonyatlari quriladi.