Ўзбкистон республикаси


-chizma. Yangi korxonani tashkil qilish tartibi



Download 2,55 Mb.
bet44/115
Sana18.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#559854
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   115
Bog'liq
6.маъруза матни

5-chizma. Yangi korxonani tashkil qilish tartibi

Yangi korxonani tashkil qilishda ta’sischilar tarkibi belgilanib, ta’sis hujjatlari, ya’ni korxona Nizomi, kor­xonani tashkil etish haqidagi ta’sischilar shartnomasi va boshqa meyoriy hujjatlar ishlab chiqiladi. Shu bilan bir qatorda korxona rahbari va taftish komissiyasi raisini tayinlash haqida ishtirokchilar majlisining 1-sonli bayonnomasi rasmiylashtiriladi. Sо‘ngra bankda vaqtinchalik hisob raqami ochiladi. Bu hisob raqamiga korxona rо‘yxatdan о‘tgandan keyin 30 kun ichida Nizom kapitalining 50 foizi kelib tushishi lozim. Keyin korxona ta’sis etilgan joyidagi mahalliy hukumat idoralari tomonidan davlat rо‘yxatidan о‘tadi.


Birja, auditorlik firmalari va chet el sarmoyasiga ega bо‘lgan korxonalar esa О‘zbekistan Respublikasi Adliya vazirligida rо‘yxat-dan о‘tadi.
Korxonani davlat rо‘yxatidan о‘tkazish uchun rо‘yxatdan о‘tkazuvchi vakolatli organlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- korxonani rо‘yxatdan о‘tkazish tо‘g‘risida ta’sischilarning arizasi;
- notarial idoralari tomonidan tasdiqlangan ikki nusxadagi ta’sis hujjatlari (korxona Nizomi, korxonaning ta’sis shart-nomasi);
- korxona manzilini tasdiqlovchi hujjat;
- davlat bojini tо‘laganligi tо‘g‘risida bankdan berilgan hujjat;
- hokimiyatning vakolatli organlari tomonidan korxo­naning nomlanishi tо‘g‘risida berilgan guvohnoma;
- muhr va tamg‘aning uch nusxadagi namunasi.
Yangi korxonani tashkil etishda qonun tomonidan belgilangan tartibning buzilishi yoki uning ta’sis hujjatlarining qonun talablariga mos kelmasligi davlat rо‘yxatidan о‘tkazishni rad etilishiga olib keladi.
Korxonani davlat rо‘yxatidan о‘tkazishni rad etish sabablari asos-lanmagan yoki korxonani rо‘yxatdan о‘tkazish belgilangan muddatlarda amalga oshirilmasa, sudga murojaat etish mumkin.
Korxona mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga zarur hujjatlarni ilova qilib, ariza topshirgan paytdan boshlab, uzog‘i bilan 7 ish kunidan 30 ish kunigacha bо‘lgan muddatda davlat rо‘yxatidan о‘tkazilishi kerak. Korxonaning davlat rо‘yxatidan о‘tkazilganligi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar О‘zbekiston Respublikasi yagona davlat reyestriga kiritish uchun 10 kun muddat ichida Davlat statistika qо‘mitasiga xabar qilinadi. Korxona davlat rо‘yxatidan о‘tkazilgan kundan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
Davlat rо‘yxatidan о‘tkazilgan korxonaga: hokimiyatning kor-xonani davlat rо‘yxatidan о‘tkazilganligi tо‘g‘risidagi qaroridan kо‘chirma nusxasi, hokimiyat rо‘yxatidan о‘tkazilgan va tasdiqlangan korxona Nizomi hamda korxonaning rо‘yxatdan о‘tkazilganligi tо‘g‘risidagi davlat orderi topshiriladi.
Davlat rо‘yxatidan о‘tkazilgandan va tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat etilgandan sо‘ng korxona rahbariyati:
- dumaloq muhr va tamg‘aga buyurtma berishi;
- bankda hisobvarag‘i ochishi;
- soliq inspeksiyasidan rо‘yxatdan о‘tkazishi;
- aholini ijtimoiy himoyalash fondidan rо‘yxatdan о‘tkazishi;
- bandlik markazidan rо‘yxatdan о‘tkazishi kerak.
Dumaloq muhr va tamg‘ani tayyorlatishga buyurtma berishdan oldin korxona rahbari korxona joylashgan tumandagi ichki ishlar bо‘limiga, korxonaning rо‘yxatdan о‘tkazilganligi haqidagi hoki-miyat qaroridan kо‘chirma, hokimiyat tasdiqlagan ikki nusxadagi muhr va tamg‘a chizmalarini taqdim etishi kerak.
Ichki ishlar bо‘limi ruxsatni alohida xat kо‘rinishida beradi. Chizmalar esa kerakli yozuvlar bilan ma’qullanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Bankda hisob raqami ochish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- korxona rahbarining arizasi;
- hokimiyat tasdiqlagan ta’sis hujjatlari;
- notarius tasdiqlagan imzo namunalari;
- muhr va tamg‘a bilan tasdiqlangan kartochkalar;
- hokimiyatning mahalliy kengashi korxonani davlat rо‘yxa-tidan о‘tkazilganligi haqidagi qaroridan kо‘chirma yoki notarius tasdiqlagan ma’lumotnoma;
- soliq organidan rо‘yxatdan о‘tganligi haqidagi ma’lumot-noma.
Shundan sо‘ng bank muassasasi arizachiga hisob raqami ochadi, uning raqamini korxona Nizomining asl nusxasiga yozadi va bosh hisobchining imzosi qо‘yilib, bankning gerbli muhri bosiladi.
Davlat rо‘yxatidan о‘tgandan keyin barcha tabdirkorlik subyektlari soliq organiga rо‘yxat (identifikatsiya) raqami olish uchun davlat rо‘yxatidan о‘tgan vaqtdan e’tiboran 10 kun mobaynida murojaat qilishlari lozim.
Soliq tо‘lovchining identifikatsiya raqami soliq tо‘lovchilar-ga, yuridik shaxslarga soliq organi tomonidan xо‘jalik yurituvchi subyektlarni rо‘yxatdan о‘tish shaklini tо‘ldirgan ma’lumotlar asosida beriladi.
Davlat soliq inspeksiyasida tadbirkorlik subyektlarini rо‘yxatdan о‘tkazish bir marta amalga oshiriladi va tad­birkorlik faoliyatini tо‘xtashi munosabati bilangina bekor qilinadi.
Tadbirkorlik subyektlari о‘z identifikatsiya raqamini О‘z-bekistan Respublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq qо‘llanila-digan barcha hujjatlarda kо‘rsatishi shart.
Yangi korxonani tashkil etishning yakunlovchi bosqichida ishtirokchilar о‘z omonatlarini tо‘laligicha kiritadi (rо‘yxat­dan о‘tgandan keyin bir yildan kechikmaslik kerak), bankda doimiy hisob raqamini ochadi, korxona tuman soliq inspeksiyasida rо‘yxatga olinadi, о‘zining dumaloq muhri va burchakli shtampiga ega bо‘ladi. Shu vaqtdan boshlab korxona mustaqil yuridik shaxs sifatida faoliyat kо‘rsata boshlaydi.
Agar korxona aksiyadorlik jamiyati sifatida shakllanayotgan bо‘lsa, uning ta’sischilari aksiyalarni sotib olish uchun unga obuna bо‘lishi lozim. Aksiyalarni sotib olish uchun obuna ochiq bо‘lganda ta’sischilar kelajakda aksiyalarga obuna bо‘lish haqida xabarnoma chiqaradi. Xabarnomada aksiyador­lik jamiyatining predmeti, maqsadi va muddati, ta’sis majlisining vaqti, Nizom jamg‘armasining hajmi, aksiyalarning miqdori va turi, ular-ning qiymati, aksiyalarga yozilish muddati va boshqa ma’lumotlar kо‘rsatilgan bо‘ladi. Aksiyaga obuna bо‘lganlar ta’sis majlisi bо‘lgan kuniga qadar aksiyalar qiymatining 30%ini kiritishi lozim. Agar aksiyalar ta’sischilar о‘rtasida bо‘linadigan bо‘lsa, badal miqdori 50%dan kam bо‘lmasligi lozim. Aksiyador barcha aksiyalar­ni aksiyadorlik jamiyatini rо‘yxatdan о‘tkazgandan sо‘ng bir yildan kechik-tirmasdan sotib olishi lozim.
Keyin ta’sis majlisi о‘tkaziladi. U quyidagi masalalarni hal etishi kerak:
- aksiyadorlik jamiyatini tuzish;
- aksiyadorlik jamiyati nizomini tasdiqlash;
- aksiyalarga obuna tugagandan sо‘ng nizom jamg‘armasi miqdorini aniqlash;
- aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organini saylash;
- jamiyatnin faoliyat yо‘nalishlarini belgilash va boshqalar.
Ta’sis majlisi muvaffaqiyatli о‘tkazilgandan keyin yangi tashkil qilingan aksiyadorlik jamiyati rо‘yxatdan о‘tkaziladi va rо‘yxatdan о‘tkazilgan jamiyat о‘z faoliyatini yuritishga kirishadi.
Litsenziya beruvchi organlar 6-jadvalda keltirilgan.
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun davlat tomonidan vakil qilingan organlardan litsenziya olgandan keyingina ijozat beriladi.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish