Ishlab chiqarish omillari. Ma’lumki, ishlab chiqarish omil-lari ishlab chiqarish fondlari, ishchi kuchi, axborotdan iborat. Ishlab chiqarish fondlari о‘z navbatida asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlariga bо‘linadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari (mehnat qurollari) insho-otlar, uzatuvchi moslamalar, quvvatli mashina va jihozlar, ishchi mashina va jihozlar, о‘lchov uskunalari, laboratoriya jihozlari, hisoblash texnikasi, transport vositalari, ishlab chiqarish inventarlari va boshqa asbob-uskunalardan iborat. Asosiy ishlab chiqarish fondlariga sex zavod va laboratoriya binolari kiradi.
Korxona hududi atrofidagi devorlar, kо‘priklar, neft quduqlari, kо‘mir koni qatlamlari va shunga о‘xshash boshqa qurilmalar inshoot jumlasiga kiradi. Uzatuvchi moslamalarga quvvatli kabellar, elektr uzatkich liniyalari, turli xildagi uzatkich quvurlari, neft va gaz uzatkich quvurlari kiradi. Quvvatli mashinalarga turli xildagi dvigatellar, turbinalar, bug‘ qozonlari va boshqalar kiradi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining muhim elementi bо‘lib ishchi mashi-nalar va uskunalar hisoblanadi. Ularga yordamchi sexlarning barcha texnologik moslamalari, mashina va uskunalari kiradi. Asosiy fondlarning bu qismi shartli ravishda aktiv qismi deb hisoblanadi, chunki shu mashina va uskunalarda mahsulotlarning asosiy qismi tayyorlanadi. Transport vositalari tarkibiga avtomobil, temir yо‘l, havo yо‘llari va boshqa transportlarning barcha turlari kiradi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlarini (mehnat predmetlari) xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i va energetik resurslar, idish va idish moslamalar, chidamsiz va qisqa muddatda ishlatiladigan asboblar va ishlab chiqarish moslamalari, ta’mir-lash uchun kerak bо‘lgan ehtiyot va butlash qismlari tashkil qiladi. Sotib olinadigan butlash moslamalar, yarim tayyor mahsulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, о‘zi tayyorlagan yarim tayyor mahsu-lot, kelajakdaagi xarajatlar ham aylanma ishlab chiqarish fond-larini tashkil qiladi.
Qayta ishlov berilmagan sanoat mahsulotlari (ruda, neft, kо‘mir, gaz va boshqalar), qishloq xо‘jalik mahsulotlari (paxta, jun, teri va boshqalar) xom ashyoni tashkil qiladi. Materiallar esa ma’lum qayta ishlash jarayonidan о‘tib tayyor mahsulot ishlab chiqarishga mо‘ljallangan mehnat mahsulotidir. Asosiy material-lar bо‘lajak tayyor mahsulot (temir, yog‘och, mato)ning asosini tashkil qiladi, yordamchi materiallar (bо‘yoq, tugma va boshqalar) asosiy materiallar uchun ishlatiladi yoki (moylash moylari) ishlab chiqarish jarayoniga yordamlashadi. Asbob-uskunalar narxi va ishlatish muddatiga qarab aylanma fondlarga kiritiladi. Asbob-uskunalarning xizmat muddati bir yildan oz bо‘lsa, u aylanma fondlarga taalluqlidir. Yarim tayyor mahsulotlar sotib olingan yoki о‘zida tayyorlangan turlariga bо‘linadi. Yarim tayyor mahsulot-lar iste’molga tayyor bо‘lmagan bо‘lib, uni boshqa sex firma yoki korxonada tayyor holatiga keltirish lozim. Tugallanmagan ishlab chiqarish tugallanmagan mahsulot bо‘lib, yarim tayyor mahsulotdan farqli ravishda о‘z ishchi joyida turadi. Uni meyoridagi ishlov berish uchun korxonaning boshqa bо‘linmasiga berilmay, shu sexning о‘zida qiyomiga yetkaziladi.
Kelajakdagi xarajatlarga alohida tо‘xtalmoq lozim. Bu xara-jatlar yangi mahsulotlarni tayyorlashdagi xarajatlar bо‘lib, keyinchalik ishlab chiqarish xarajatlari jumlasiga kiritiladi.
Ishchi kuchini tadbirkor e’lon, mehnat birjasi, ishga joylash agentligi, tanish-bilishlar orqali topadi. Ishga olishda nomzodning ma’lumoti, mutaxassisligi, ish tajribasi, shaxsiy xususiyatlari hisobga olinadi.
Undan keyin tadbirkor moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari, tayyorlanadigan mahsulotlarni sotish bozori haqida axborot tо‘playdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |