Ӛзбекстан Республикасы Жоқары ҳәм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги Әжинияз атындағы



Download 7,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/333
Sana09.07.2022
Hajmi7,55 Mb.
#760690
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   333
Bog'liq
5-секция Информацион-технология бойынша

Исследуемые фрукты 
ω, % 
Яблоко 
11,8 ± 0,7 
Абрикос 
17 ± 0,5 
Вишня 
17 ± 0,7 
Виноград 
31 ± 0,3 
В результате изучения различных источников был найден материал, 
анализ которого позволил познакомиться с биохимическими процессами с 
участием водорастворимых сахаров оказывающих, как полезные, так и 
вредные воздействия на организм человека. 


151 
SABZAVOTLAR TARKIBIDAGI NOORGANIK MODDALARNING 
INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI 
 
N.O‟.Sharipova
BuxMTI 
 
Barcha tirik organizmlarning hayot faoliyati bir me‘yorda kechishi uchun 
zarur bo‘lgan biologik aktiv moddalar zarurdir. Serquyosh o‘lkamizda sabzavot va 
sarxil mevalar noorganik moddalarning boyligi bilan ajralib turadi.
Noorganik moddalar inson hayotida juda muhim o‘rin tutadi. Birgina misol 
qilib, sabzini olsak, uning ildizi tarkibida 15 foizgacha qand, kraxmal, pektin 
moddalari, fosfatitlar, fermentlar, mineral tuzlar, 0,7 foizgacha yog‘, efir moylari, 
umbelliferonlar va yana bir qator foydali moddalarni saqlaydi. Ayniqsa sabzi ildizi 
karotinoidlarga boy (9 mg %) jumladan, unda karotinlar, fitoenlar, fitofluehlar va 
likopinlar mavjud. Vitaminlardan B
1
(0,1 mg %), B
2
(0,005 mg%), PP (0,4mg%), 
askorbat kislotasi (0,5mg%), flavonoidlar, antosianidinlar, mineral tuzlardan kaliy 
(148mg%), natriy (0,5mg%), kalsiy (15mg%), magniy (8 mg%), temir (0,5 mg%), 
fosfor (23mg%), yod (2,5mg%) saqlaydi. Sabzi urug‘lari o‘zida 1,5 % efir 
moylarini saqlaydi, ularnig tarkibiga α-pinen, 1-limonen, sineol, geranilatsetat, 
karotal, daukol, azoron, flavon birikmalari, yog‘(13 % gacha), daukosterin va yana 
boshqa moddalar kiradi. 
Sabzi gullarida flavanoidlar-kversetin va kemferol, shuningdek antosian 
asoslari bor. O‘simlik o‘tidan-dausin hamda pirrolidin topilgan. 
Sabzi tibbiyotda bir qator xastaliklarni davolashda foydalaniladi. U 
hujayralarda 
mavjud 
bo‘luvchi 
oksidlanish- 
qaytarilish 
jarayonlarini 
uyg‘unlashtiradi, et olishga yordam beradi, uglerod almashinuvini yaxshilaydi, 
yengil surgi vazifasini bajaradi, ovqat hazm bo‘lishini osonlashtiradi, emizikli 
ayollarning sutini ko‘paytiradi. 
Sabzi polivitaminli omil sifatida gipovitaminoz hamda avitaminozda, 
darmonsizlikda, kamqonlikda keng ko‘lamda tavsiya etiladi. Mabodo odam sabzini 
sarxilholda yoki qand bilan birga iste‘mol qilib, turadigan bo‘lsa, bu kishining 
organizmi teri kasalliklaga nisbatan bardoshli bo‘ladi, ishtahasi yaxshi bo‘lib, vazni 
ortadi. Sabzi sharbati gastrit, enterit xastaliklarida nafli ta‘sir ko‘rsatadi. Buning 
uchun bemor sabzi sharbatidan bir osh qoshig‘ida ertalab nahorga hamda 
kechqurun iste‘mol qilib turishi kerak. Sabzi sharbati, o‘simlik urug‘lari asosida 
tayyorlangan damlama bilan birgalikda jigardagi tosh hamda siydik yo‘lidagi tosh 
kasalliklarida tavsiya qilinadi. 
Yuqori nafas yo‘llarining shamollashi bilan bog‘liq bo‘lgan bronxit yo‘talida 
sabzi sharbati bilan asal omuxtasini iste‘mol qilish juda yaxshi samara beradi. 
Sabzi urug‘laridan sanoat miqyosida daukarin dorisi olinadi, u spazmolitik 
xususiyatiga ega. Uni yurak toj tomirlarining faoliyatida nuqsonlar bo‘lganida, 
tomir devorlarini kengaytiruvchi, ma‘lum darajada tinchlantiruvchi omil sifatida 
ta‘sir ko‘rsatadi. Yurak atrofida, to‘sh orqasida hosil bo‘ladigan og‘rilarni 
qoldiradi. Stenokardiya bilan og‘riganlar daukarin ishlatsalar nitroglisirin, validol 
kabi yana boshqa qon tomirlarini kengaytiruvchi omillardan kamroq 
foydalanadilar. 


152 
Xalq tabobatida sabzi siydik haydovchi, qovuqdagi tosh hamda qumlarni 
erituvchi ―dori‖ vositasi sifatida tavsiya etiladi. Bunda jaydari sabzining urug‘lari 
yaxshi samara beradi. Urug‘ kukuni yoki urug‘lar asosida tayyorlanadigan 
damlama ovqatni hazm qilish organlarining faoliyatini yaxshilaydi, bot haydash 
xuxusiyatiga ega, ayniqsa buyrakdagi toshni eritib tushirishi koni foyda. 
Shuningdek sabzi ildiz qismi teri kuyganda foydalaniladi, rak xastaligiga esa sabzi 
sharbati ichish, tavsiya qilanadi hamda tashqi muolaja uchun ham qo‘llaniladi. 
Sabzi urug‘lari kukun holida yoki suvli damlama sifatida gijja haydovchi 
vosita hamda qorin damlanib ich ketishida foydalaniladi. 
Sabzi teri kuyganida hamda sovuq urganida, shuningdek bitishi qiyin bo‘lgan 
yiringli yara va jarohatlarda ham foydalaniladi. Buning uchun ozor topgan joylarga 
sarxil sabzi qirg‘ichdan o‘tkazilgan holda qo‘yiladi, yoxud sabzi sharbati bilan 
yuviladi. Sabzi sharbati bilan yallig‘langan og‘iz hamda tomoq chayiladi, 
chaqaloqlarning organizmi yaxshi rivojlanishi uchun ham sabzi sharbatidan 
foydalanish tavsiya etiladi. 
Sabzi kamqonlikda, darmonsizlikda, yurak, jigar, buyrak kasalliklarida foyda 
beradi. Sabzi asosida tayyorlanadigan malhamlar davolovchi kosmetikada keng 
qo‘llaniladi. 
Sabzi nafaqat inson organizmi uchun balki chorvachilikda ham sabzining 
shifobaxsh xislatlaridan tadbirkorlik bilan foydalanish mumkin. Jumladan, yosh 
molar 
hamda 
parrandalarga 
sabzi 
quvvatbaxsh 
oziqa, 
organizmni 
mustahkamlovchi, polivitaminli omil sifatida beriladi. Bu maqsadda sabzi 
butunligicha yoki maydalangan holda yoxud quritilib kukunlashtirilgan 
ko‘rinishida berilishi mumkin. Nozik tug‘ilgan buzoqlarga sarxil sabzi qirg‘ichdan 
o‘tkazilgan holda sut bilan birga oziqlantiriladigan bo‘lsa, ijobiy samara bermay 
qo‘ymaydi. Buning uchun ikki oylikkacha bo‘lgan buzoqlarning har kilogram vazni 
hisobiga 5-6 gramm, ikki oylikdan oshgan buzoqlarning har kilogram vazni uchun 
10 gramm hisobida sabzi qirindisidan berilishi lozim bo‘ladi. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, biz sizga o‘lkamizda o‘sadigan birgina 
sabzavot sabzi haqida ma‘lumot berdik. Agarda har kuni 200 millilitr toza siqilgan 
sabzi suvi istemol qilsak yuqorida aytib o‘tilgan kasalliklarni oldini olgan bo‘lar 
edik. Quyoshli yurtimizda qanchadan qancha tabiiy yo‘llar bilan o‘stiriladigan 
sabzavotlar mavjud, ulardan oqilona foydalanish har birimizning qo‘limizda 
ekanligini unutmasligimiz kerak.

Download 7,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish