115
sohaning rivojlanishida olib borilayotgan islohotlarning
mantiqiy davomi desak,
mubolag‘a bo`lmaydi[PQ 3968 qarori].
Xalq tabobatida ishlatiluvchi ko`plab dorivor moddalarni asosini o`simliklar
dunyosi tashkil etadi. O`simliklar dunyosi juda xilma–xil bo`lib, har bir o`simlik
o`ziga xos hususiyatga ega. Dorivor o`simlik hisoblangan kovul ham o`ziga xos
foydali xususiyatlari juda ham ko`p.
Ushbu o`simlikning ildizidan tortib guligacha bo`lgan qismlarida shifobaxsh
hususiyatga ega moddalar bo`lib, har bir tarkibiy qismlari o`ziga xos kimyoviy
tarkibiga ega. Misol uchun bu o`simlik ildizlari turli xil shifobaxsh moddalarga boy
bo`lib, ularda kapparidin deb ataluvchi glikozidlar uchrasa, barglari va po`stlog‘ida
esa staxidrin deb ataluvchi glikozidlar mavjud. Mevasining tarkibida esa 12 %
gacha shakarlar, 0,32 %
gacha rutin, 1,36 % askorbin kislotasi, tioglikozidlar,
steroidli saponinlar, mirozin fermenti va yod uchraydi. Gul shonalarida 21-29 %
gacha oqsilli moddalar va 3,5-4,6% gacha yog‘lar uchraydi. O‘simlik
tarkibidagi
yog‘lar triglisteridlardan bo`lib, ular asosan tarkibi to`yinmagan yog‘ kislotalari
sterinlar, palmitin, olein va boshqalardan iborat. Kovul guli kosalari va shonalari
tarkibida 0,5-1,5% gacha pektin moddalarni bo`lishi
ulardan oziq-ovqat
qo`shimchalari sifatida foydalanish imkonini beradi.
Kovul mevalarini urug‘lari tarkibida juda ko`p miqdorda yarim quruq holdagi
yog‘lar uchraydi va ularning miqdori 26-36% ga yetadi. Ayniqsa to`liq pishib
yetilgan urug‘larni tarkibida yog‘lar miqdori 36-48% gacha yetadi. Ulardan
farmastevtikada keng qo`llaniladi.
Shuningdek, kovul gul g‘unchalari B
1
, B
2
, B
4
, B
5
, B
6
, PP, K, A, E, C
vitaminlariga boy. Kovul mevalari va barglari tarkibidagi glikozidlar, tioglikozidlar
mavjudligi ulardan, og‘riq qoldiruvchi sifatida foydalanish imkonini beradi.
Shuningdek, uzoq davom etadigan teridagi salbiy mikrobiologik jarayonlarni
bartaraf qiladi. Chunki ularni tarkibidagi rutin glikozidi
va boshqa birikmalar
bakteristid hususiyatga ega bo`lib, chirituvchi moddalarni xalok qiladi [Oripov
R:177].
Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki, bu o`simlik tarkibida inson
salomatligi uchun zarur bo`lgan hamda inson organizmi faoliyati uchun muhim
bo`lgan barcha moddalarni uchratish mumkin. Demak bu o`simlikdan zamonaviy
tibbiyot
va xalq tabobat sohasida, shuningdek, oziq-ovqat sanoatida ham keng
ko`lamda foydalanish mumkin. Ona diyorimizda o`suvchi bu o`simlikdan turli xil
kasalliklarni
oldini olish, davolash va organizm uchun zarur bo`lgan ozuqaviy
elementlarni ajratib olishni va yangi turdagi biologik faol oziq – ovqat
qo`shilmalarini yaratish hozirgi kundagi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-oktyabrdagi xalq
tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to‗g‗risidagi 3968-sonli qarori.
2.
Oripov R, Xaliliov N. O`simlikshunoslik. O`quv qo`llanma, Samarqand,
2006 y 177 .
3.
Internet ma‘lumotlari.