Ӛзбекстан Республикасы Жоқары ҳәм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги Әжинияз атындағы


ZA‟FARONNING DORIVOR XUSUSIYATLARI



Download 7,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/333
Sana09.07.2022
Hajmi7,55 Mb.
#760690
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   333
Bog'liq
5-секция Информацион-технология бойынша

ZA‟FARONNING DORIVOR XUSUSIYATLARI 
 
G.Sh.G„ofurova 
SamDU Biologiya fakulteti i 208-guruh talabasi 
Za‘faron xalq tabobatida ko‗plab kasalliklarni davolash uchun ishlatiladigan 
eng qimmat ziravorlardan hisoblanadi. Uning shifobaxsh xususiyatlari qadimlardan 
ma'lum bo‗lgan. Misol uchun, buyuk alloma Abu Ali ibn Sino za‘faron 
damlamasining iste'mol qilinishi ko‗zni ravshan qilishi, yurak va nafas olish 
a'zolari faoliyatini yaxshilashini aytib o‗tgan. 
Garchi hozirgi kunda za‘faron o‗zining oldingi ahamiyatini yo‗qotib, undan 
faqat pazandachilikda foydalanilayotgan bo‗lsa-da, u oltinday qadrlanadi. 
Za‘farondan ko‗z tomizg‗ichlari, turli-tuman dorilar, quvvatbaxsh damlamalar 
tayyorlanadi. Jumladan: 
• onkologik kasalliklarning oldini oladi (o‗smaga qarshi ta'sir ko‗rsatadi va 
saraton hujayralari o‗sishiga to‗sqinlik qiladi); 
• qonni tozalaydi (qonni tozalab, yangilaydi, yurak-qon tomir tizimini 
mustahkamlab, organizmning barcha hujayralarini oziqlantiradi); 
• miya faoliyatini yaxshilaydi (issiq sut bilan ichilgan za‘faron bosh miya 
to‗qimalarining o‗sishiga yordam beradi, xotirani kuchaytiradi); 
• bosh og‗rig‗i va uyqusizlikni qoldiradi; 
• oshqozon-ichak funksiyasini tartibga soladi; 
• ortiqcha safrodan xalos etadi; 
• buyrak va o‗t pufagini tozalaydi (asal qo‗shilgan za‘faron buyrak va o‗t 
pufagidagi toshlarni parchalaydi); 
• antioksidant xususiyatga ega (quvvat almashinuvini yaxshilaydi, zararli 
moddalarni nobud qiladi); 
• tetiklantiruvchi ta'sir ko‗rsatadi; 
• ko‗rish qobiliyatini tiklaydi, ko‗z to‗r pardasini davolaydi; 
• jinsiy quvvatni yaxshilaydi; 
• hayz davridagi og‗riqni yengillashtiradi; 
• kuygan yara va shishlarni davolaydi; 
• yel haydovchi va spazmni qoldiruvchi xususiyatga ega; 
• butun organizmni yoshartiradi; 
• organizmdagi nurlanish darajasini pasaytiradi. 
Biroq hamma narsada me'yor bo‗lganidek, za‘faronni ko‗p miqdorda iste'mol 
qilish salbiy ta'sirlar keltirib chiqarishi mumkin. Za‘farondan ortiqcha foydalanish 
asabiylashish, sezgi a'zolarining zo‗riqishini keltirib chiqarishi mumkin. Bundan 
tashqari, za‘farondan taomga ko‗p qo‗shib yuborsangiz, ta'mini buzish bilan birga, 
zaharlanishga ham olib keladi. Shuning uchun kuchli ta'sir qiluvchi bunday vosita 
homilador ayollarga qat'iyan taqiqlanadi. Za‘faronning 5 grammdan ortig‗i zaharli 
ta'sir ko‗rsatadi. 


31 
Za‘faron o‗simligi bor yo‗g‗i 3 kun davomida gullab turadi. Mana shu 
muddatda gullardan uch dona changchilarni terib olish lozim. Bir piyozdan bitta 
yoki uchta katta gul hosil bo‗ladi. Ular och binafsha, to‗q binafsha, ba‘zan esa och 
sariq yoki to‗q sariq rangda bo‗ladi. Gullari qo‗ng‗iroqsimon bo‗lib, oltita gul bargi 
bor, uch dona otaligi ko‗rinib turadi. Ana shular terib olinib, quritiladi va sotiladi 
yoki foydalaniladi. Onaligi changlanib ulgurgan bo‗lsa, qo‗ng‗iroqcha ichida 
urug‗lari hosil bo‗ladi. 

Download 7,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish