%збекстан Республикасы Халы3 билимлендири7 министрлиги



Download 211,5 Kb.
bet1/6
Sana31.12.2021
Hajmi211,5 Kb.
#204575
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-Маъруза (2)

 

ADLIYa VAZIRLIGI VA SUD FAOLIYaTINING TAShKILIY VA MODDIY-TeXNIK TA`MINOTI

 

1. Sud faoliyatining tashkiliy, moddiy-texnik ta`minoti, tushunchasi va uning ahamiyati

 

Sud faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnik ta`minlash — huquqni muhofaza qilish faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biridir. Bu tushuncha ostida sud faoliyatini kadrlar, tashkiliy va moddiy ta`minlash shart-sharoitlarini yaratish faoliyatini tushunish mumkin. "Sudlar to`g`risida"gi qonunning 11-modasida huquqni muhofaza qilish faoliyatining aynan shu sohasi haqida so`z boradi.



Ushbu faoliyat yuqorida ko`rsatib o`tilgan qonundan tashqari, sud hay`atlarining malaka hay`atlari to`g`risidagi Nizom, O`zR Vazirlar Mahkamasining "O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish to`g`risida"gi 27.08.2003. qarori, "O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to`g`risida"gi Nizom 07.08.2003., O`zR Vazirlar Mahkamasining 22.09.2001 yili qabul qilingan №383 sonli "O`zbekiston Respublikasi sudlari faoliyatining takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida"gi qaror, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sud faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnik ta`minlash departamenti Nizomi bilan tartibga solinadi.

Sud hokimiyati uning uchun xizmat qiluvchi qator yordamchi funktsiyalarni bajaruvchi yordamchi kuchlarga bog`liq bo`lgan murakkab huquqiy institutdir. Bu tizimning o`z faoliyatini amalga oshirmasligi sud tizimining har qanday vakolatlarini amalga oshirishni qiyinlashtiradi, ularni keraksiz qilib qo`yadi. Sud faoliyat yuritishini ta`minlovchi va uning qarorlarining ijro etilishini ta`minlovchi uch asosiy funktsiyalar mavjud:

1) Kadrlar tanlash funktsiyasi:

— sud tizimi uchun kadrlarni tanlash va ularni tayyorlash, malakasini oshirish, sud`yalar mustaqilligi va ularning shaxsiy xavfsizligini ta`minlash;

— sudlar moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta`minlash hamda ularning faoliyati uchun zarur shart sharoitlar yaratish ishlarini tashkil qilish;

— Protsessual xarakterga ega bo`lgan faoliyat bilan shuQullanuvchi organlar va shaxslar bilan tashkiliy aloqalarni o`rnatish:

2) Odil sudlovni amalga oshirishga ko`maklashuvchi shaxslar (guvohlar, ekspert, mutaxassis davlat boshqaruv organlarining vakillari va boshqalar)ni jalb qilish, ularning xavfsizligini ta`minlash;

— sud majlislarida tartibni saqlash;

— sud ishlarini o`z vaqtida hal qilinishini ta`minlash.

3) Ishlarni ko`rish natijasida qabul qilingan qarorlarning ijrosini tashkiliy jihatdan ta`minlash funktsiyasi.

Yuqorida ko`rsatib o`tilgan vazifalarni amalga oshirish sudning mustaqillik va faqat qonunga bo`ysunish tamoyiliga zid bo`lmasligi lozim.

"Sudlar to`g`risida"gi qonunning 11-moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, harbiy sudlar, Qoraqalpog`iston Respublikasi xo`jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo`jalik sudlari faoliyatini tashkiliy ta`minlash sud`yalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo`ysunishi tamoyiliga qat`iy rioya qilgan holda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sud`yalarni tanlash va lavozimga tavsiya qilish bo`yicha Oliy malaka komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. O`ay`at to`g`risidagi Nizom belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

O`ay`at sud`yalar, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari, sud`yalar malaka hay`atlarining, jamoat birlashmalarining vakillaridan hamda huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislardan tarkib topadi. O`ay`atning tarkibi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sud`yalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo`yicha Oliy malaka komissiya zimmasiga sud`yalarni tanlash va joy-joyiga qo`yishning demokratik asoslarini takomil-lashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, sud kadrlarini tanlash va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiQiga tavsiya etishda qonuniylikni ta`minlash, ularning mustaqilligini mustahkamlashga va ijtimoiy himoya qilinishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari yuklatilgan.

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi nizomi bilan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan maxsus vakolatli organ:

— sudlarni moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta`minlash hamda ularning faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish ishlarini tashkil qiladi;

— sud qarorlarini ijro etish ishlarini tashkil qiladi.

Bunday organ sifatida sud qarorlarining ijrosini ta`minlash va sud faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta`minlash departamenti faoliyat yuritadi.

Biz tanishayotgan ushbu funktsiyani amalga oshirish avvalo adliya organlarining zimmasiga yuklatiladi. Bu organlar xususida darslikning shu bobining boshqa paragraflarida batafsil to`xtalamiz. Lekin ular sud faoliyatini ta`minlovchi yagona organ hisoblanmaydi. Bu sohada ko`pgina vakolatlarni amalga oshirish O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga, sud raislari, mahalliy hokimiyat organlari zimmasiga yuklatiladi. Bu organlarning sud organiga ko`maklashish borasidagi o`rni adliya organlaridan kam ahamiyatga ega emas. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, xo`jalik sudlarining faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnika jihatidan ta`minlash tegishli tartibda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi tomonidan amalga oshiriladi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikkinchi chaqiriq, oltinchi sessiyasida sud hokimiyatini ijro hokimiyatidan ajratish borasida hal qiluvchi qadam qo`yildi. Gap "Sud qarorlari va boshqa organ qarorlarining ijro etilishi to`g`risida"gi qonun haqida bormoqda. Ushbu qonunga muvofiq, Sud va boshqa davlat organlari qarorlarini majburiy ijro ettirish funktsiyasi suddan olinib, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish va sud faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta`minlash departamentining joylardagi ijrochilari zimmasiga yuklatildi.

Lekin, yuqorida eslatib o`tilgan huquqni muhofaza qilish faoliyatining alohida sohasidagi faoliyatlarni amalga oshirish uchun belgilangan vakolatlarning o`zgartirilishi ehtimoldan holi. Ko`p yillik tajriba shuni ko`rsatadiki, sud hokimiyati uning faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta`minlovchi, kadrlar tanlash va ularning malakasini oshirishga xizmat qiluvchi ijro hokimiyatiga ehtiyoj sezgan va bundan keyin ham ularga bog`liq. Xalqaro va o`z milliy tajribamizga ko`ra bunday organlar sifatida adliya organlari faoliyat yuritishi maqsadga muvofiqdir.

Sud faoliyatini tashkil etish bilan bog`liq masalalarga oid vakolatlarni hayotga tatbiq qilish shu organ tomonidan amalga oshiriladigan omil va uslublarga bog`liq. O`ozirgi kunda bunday omil va uslublar ichida adliya organlari tomonidan chiqariladigan qonunlarga zid bo`lmagan normativ aktlar muhim o`rin tutadi.

Bunday normativ aktlar jumlasiga, sud muayyan faoliyatining tartibga soluvchi instruktsiyalar, tushuntirish va buyruqlar kiradi. Masalan, sudda ish yuritish to`g`risida, hisobot statistikasi yuritish to`g`risida, qonun va boshqa huquqiy normalarni ro`yxatga olish va ularni tizimlashtirish to`g`risida, fuqarolarning ariza va shikoyatlarini ko`rib chiqish tartibi to`g`risida, xalq maslahatchilari bilan ishlash to`g`risidagi instruktsiyalar. Bunday normativ huquqiy hujjatlar asosan O`zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan chiqariladi.

Sud tizimini moddiy-texnik jihatdan ta`minlash, sud`yalarning mustaqilligini yanada takomillashtirish, sud qarorlarining o`z vaqtida va sifatli ijro etilishi borasidagi islohotlarni amalga oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 22.09.2001 yili "O`zbekiston Respublikasi sudlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi №383 qarorni qabul qildi.

Ushbu qarordan kelib chiqqan holda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari malaka hay`atlari zimmasiga quyidagilar yuklatildi:

— sud`ya-kadrlar zahirasini yaratish, shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga sud`yalarni tavsiya qilish;

— xalq maslahatchilari saylovini o`tkazish ishida ishtirok etish.

Sud`yalar malaka hay`atlariga tegishli tartibda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar sudlari raislari rahbarlik qiladilar. Sud shtatlar ro`yxatiga malaka hay`ati kotibi lavozimi joriy qilingan bo`lib, sud`yalar zahirasini yaratish yoki muayyan bo`sh ish joylariga sud`yalarni tavsiya qilish masalasini malaka hay`atlari tomonidan ko`rilishi uchun tayyorlaydi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sud`yalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya qilish Oliy malaka komissiyasi quyidagi faoliyatlarni amalga oshiradi:

— O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari sud`yalari lavozimiga sud`yalarni tavsiya qilish;

— fuqarolik, jinoyat va harbiy ishlar bo`yicha viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va tumanlararo sudlarga sud`yalarni tavsiya qilish;

— sud faoliyatini tashkiliy ta`minlash.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sud`yalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya qilish Oliy malaka komissiyasi zimmasiga sud`yalarni tanlash va joy-joyiga qo`yishning demokratik asoslarini takomillashti-rish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, bu sohada mansab lavozimini suiiste`mol qilish hollariga yo`l qo`ymaslik kabi vazifalar yuklatiladi.

Bajarilishi lozim bo`lgan ishlarning ko`payib borishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sud`yalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya qilish Oliy malaka komissiyasida 7 inspektordan iborat kotibiyat tashkil qilingan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sud`yalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya qilish Oliy malaka komissiyasi kotibiyati:

— komissiya faoliyatini moddiy-texnik ta`minlaydi;

— sud`yalarning malaka hay`atlariga taqdim etiladigan tavsiyalarni umumlashtiradi va tahlil qiladi;

— sud statistikasi va sud amaliyotining tizimli tahlilini amalga oshiradi;

— hujjatlarining haqiyqiyligini tekshirib, ularni ko`rib chiqish uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sud`yalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya qilish Oliy malaka komissiyasiga taqdim etadi.

Komissiya kotibiyati xodimlarining kasbiy majburiyatlari Komissiya Reglamenti bilan belgilanadi.

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sud faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan ta`minlash departamenti (Keyingi o`rinlarda "departament" deb yuritiladi).

Departament O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga bo`ysunuvchi yuridik shaxs hisoblanadi.

Departament O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan direktor-adliya vaziri o`rinbosari tomonidan boshqariladi.

Departamentning asosiy vazifalari jumlasiga quyidagi-lar kiradi:

— sud va boshqa organlar tomonidan chiqariladigan qarorlarning ijro etilishini ta`minlash;

— sud ijrochilari kadrlarini tanlash, ularni joy-joyiga qo`yish ishini tashkil qiladi;

— sudlarni moddiy-texnika jihatdan ta`minlash hamda ularning faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish ishlarini tashkil etadi;

— sud binolarini ta`mirlash uchun ajratilgan mablaQlarning lozim darajada sarflanishini tashkil etadi;

— sud majlislari va sud`yalar xavfsizligini ta`minlash ishlarini tashkil etadi.

Sudlar faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan ta`minlash respublika byudjeti va adliya muassasalari hamda sudlarni rivojlantirish Fondi hisobidan amalga oshiriladi.

Fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarini navbatdagi moliya yili uchun moliyaviy jihatdan ta`minlash O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o`rnatilgan tartibda departament direktori tomonidan taqdim etiladi.

Departament tomonidan byudjetdan ajratilgan mablaQlarni O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o`rnatilgan tartibda sudlarga etib borishini ta`minlaydi.

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili byudjetni shakllantirish vaqtida sud va departament faoliyatini moliyaviy jihatdan ta`minlash uchun zarur mablaQlarni ajratishni nazarda tutishi lozim.

Joylarda sud va boshqa davlat organlari normativ aktlarining ijrosini va sudlarni moddiy texnik jihatdan ta`minlash, joylardagi departament hududiy bo`limlari tomonidan amalga oshiriladi.

Departament hududiy bo`limlarining asosiy faoliyati quyidagilardan iborat:

— sud va boshqa davlat organlari qarorlarining ijro etilishi ishlarini tashkil etadi, sud ijrochilari tuman va shahar bo`limlari faoliyati ustidan nazorat qiladi;

— sud binolarini ta`mirlash ishlarini tashkil etish va bu maqsadga ajratilgan mablaQlarning maqsadli ishlatilishini ta`minlash;

— sudni texnika jihozlari, mebel`, avtotransport va boshqa zaruriy moddiy texnik vositalar bilan ta`minlash va boshqalar;

— sudlar faoliyati uchun tegishli sharoitlarni yaratish yuzasidan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Sud amaliyoti va sud statistikasini tizimli tahlil qilish, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat, Toshkent shahar fuqarolik va jinoiy ishlari bo`yicha sudlar tomonidan amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining 17 kishidan iborat Harbiy hay`ati O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

22. 09. 2001 y. № 383 sonli

O`zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi qaroriga

№3 sonli ILOVA

 

 


Download 211,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish