Adliya vazirligi va sud faoliyatining tashkiliy va moddiy-texnik ta`minoti



Download 11,57 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi11,57 Kb.
#343689
Bog'liq
ADLIYa VAZIRLIGI VA SUD FAOLIYaTINING TAShKILIY VA MODDIY-TeXNIK TA`MINOTI


ADLIYa VAZIRLIGI VA SUD FAOLIYaTINING TAShKILIY VA MODDIY-TeXNIK TA`MINOTI

1. Sud faoliyatining tashkiliy, moddiy-texnik ta`minoti, tushunchasi va uning ahamiyati

Sud faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnik ta`minlash — huquqni muhofaza qilish faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biridir. Bu tushuncha ostida sud faoliyatini kadrlar, tashkiliy va moddiy ta`minlash shart-sharoitlarini yaratish faoliyatini tushunish mumkin. "Sudlar to`g`risida"gi qonunning 11-modasida huquqni muhofaza qilish faoliyatining aynan shu sohasi haqida so`z boradi.

Ushbu faoliyat yuqorida ko`rsatib o`tilgan qonundan tashqari, sud hay`atlarining malaka hay`atlari to`g`risidagi Nizom, O`zR Vazirlar Mahkamasining "O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish to`g`risida"gi 27.08.2003. qarori, "O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to`g`risida"gi Nizom 07.08.2003., O`zR Vazirlar Mahkamasining 22.09.2001 yili qabul qilingan №383 sonli "O`zbekiston Respublikasi sudlari faoliyatining takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida"gi qaror, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sud faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnik ta`minlash departamenti Nizomi bilan tartibga solinadi.

Sud hokimiyati uning uchun xizmat qiluvchi qator yordamchi funktsiyalarni bajaruvchi yordamchi kuchlarga bog`liq bo`lgan murakkab huquqiy institutdir. Bu tizimning o`z faoliyatini amalga oshirmasligi sud tizimining har qanday vakolatlarini amalga oshirishni qiyinlashtiradi, ularni keraksiz qilib qo`yadi. Sud faoliyat yuritishini ta`minlovchi va uning qarorlarining ijro etilishini ta`minlovchi uch asosiy funktsiyalar mavjud:

1) Kadrlar tanlash funktsiyasi:

— sud tizimi uchun kadrlarni tanlash va ularni tayyorlash, malakasini oshirish, sud`yalar mustaqilligi va ularning shaxsiy xavfsizligini ta`minlash;

— sudlar moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta`minlash hamda ularning faoliyati uchun zarur shart sharoitlar yaratish ishlarini tashkil qilish;

— Protsessual xarakterga ega bo`lgan faoliyat bilan shuQullanuvchi organlar va shaxslar bilan tashkiliy aloqalarni o`rnatish:

2) Odil sudlovni amalga oshirishga ko`maklashuvchi shaxslar (guvohlar, ekspert, mutaxassis davlat boshqaruv organlarining vakillari va boshqalar)ni jalb qilish, ularning xavfsizligini ta`minlash;

— sud majlislarida tartibni saqlash;

— sud ishlarini o`z vaqtida hal qilinishini ta`minlash.

3) Ishlarni ko`rish natijasida qabul qilingan qarorlarning ijrosini tashkiliy jihatdan ta`minlash funktsiyasi.

Yuqorida ko`rsatib o`tilgan vazifalarni amalga oshirish sudning mustaqillik va faqat qonunga bo`ysunish tamoyiliga zid bo`lmasligi lozim.

"Sudlar to`g`risida"gi qonunning 11-moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, harbiy sudlar, Qoraqalpog`iston Respublikasi xo`jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo`jalik sudlari faoliyatini tashkiliy ta`minlash sud`yalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo`ysunishi tamoyiliga qat`iy rioya qilgan holda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sud`yalarni tanlash va lavozimga tavsiya qilish bo`yicha Oliy malaka komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. O`ay`at to`g`risidagi Nizom belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

O`ay`at sud`yalar, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari, sud`yalar malaka hay`atlarining, jamoat birlashmalarining vakillaridan hamda huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislardan tarkib topadi. O`ay`atning tarkibi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sud`yalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo`yicha Oliy malaka komissiya zimmasiga sud`yalarni tanlash va joy-joyiga qo`yishning demokratik asoslarini takomil-lashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, sud kadrlarini tanlash va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiQiga tavsiya etishda qonuniylikni ta`minlash, ularning mustaqilligini mustahkamlashga va ijtimoiy himoya qilinishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari yuklatilgan.

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi nizomi bilan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan maxsus vakolatli organ:

— sudlarni moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta`minlash hamda ularning faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish ishlarini tashkil qiladi;

— sud qarorlarini ijro etish ishlarini tashkil qiladi.

Bunday organ sifatida sud qarorlarining ijrosini ta`minlash va sud faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta`minlash departamenti faoliyat yuritadi.

Biz tanishayotgan ushbu funktsiyani amalga oshirish avvalo adliya organlarining zimmasiga yuklatiladi. Bu organlar xususida darslikning shu bobining boshqa paragraflarida batafsil to`xtalamiz. Lekin ular sud faoliyatini ta`minlovchi yagona organ hisoblanmaydi. Bu sohada ko`pgina vakolatlarni amalga oshirish O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga, sud raislari, mahalliy hokimiyat organlari zimmasiga yuklatiladi. Bu organlarning sud organiga ko`maklashish borasidagi o`rni adliya organlaridan kam ahamiyatga ega emas. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, xo`jalik sudlarining faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnika jihatidan ta`minlash tegishli tartibda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi tomonidan amalga oshiriladi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikkinchi chaqiriq, oltinchi sessiyasida sud hokimiyatini ijro hokimiyatidan ajratish borasida hal qiluvchi qadam qo`yildi. Gap "Sud qarorlari va boshqa organ qarorlarining ijro etilishi to`g`risida"gi qonun haqida bormoqda. Ushbu qonunga muvofiq, Sud va boshqa davlat organlari qarorlarini majburiy ijro ettirish funktsiyasi suddan olinib, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish va sud faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta`minlash departamentining joylardagi ijrochilari zimmasiga yuklatildi.

2. O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining

asosiy vazifalari va funktsiyalari

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi adliya sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi markaziy davlat ijro organi hisoblanadi. Uning maqomi 2003 yil 27 avgustda O`zbekiston Respublikasida qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to`g`risidagi nizom va boshqa normativ huquqiy aktlar bilan tartibga solinadi.

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi o`rinlarda "vazirlik") davlat boshqaruv organi hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o`z lavozimi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi.

Vazirlik tarkibiga: Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, vazirlik huzuridagi sud qarorlarining ijrosini tashkil etish, sud faoliyatini moddiy texnik va moliyaviy jihatdan ta`minlash departamenti, boshqa adliya organ va muassasalari kiradi.

Joylarda adliya organlari va muassasalari davlat hokimiyat organlaridan mustaqil va faqat vazirlikka bo`ysunadi.

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi departament faoliyati O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizom bilan tartibga solinadi.

Vazirlik o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining me`yoriy aktlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror, farmon va farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari va o`z nizomiga muvofiq amalga oshiradi.

Vazirlik, uning organ va muassasalari Davlat gerbi tushirilgan muhr va o`z nomiga ega bo`lgan yuridik shaxs hisoblanadi.

Vazirlikning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

a) huquq tizimini qo`llash va qonun ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish;

b) kishilarning Konstitutsiya va qonunlar bilan mustahkamlangan asosiy huquq va erkinliklari himoyasini ta`minlash;

v) jamiyatda huquqiy madaniyat va qonunchilikni mustahkamlashga qaratilgan faoliyat olib boruvchi davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

g) sudlar faoliyatini moddiy texnik jihatdan ta`minlash ishlarini rivojlantirish, sudlarning mustaqilligini mustahkamlash, sudlar va boshqa davlat organlari qarorlarining ijro etilish mexanizmini takomillashtirish;

d) notariat, advokatura, FXDYo organlari, fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko`rsatuvchi boshqa tuzilmalar faoliyati ustidan davlat boshqaruvini o`rnatish;

e) tadbirkorlikning rivojlanishi, chet el inves-torlari, chet el investitsiyasiga asoslangan korxonalar, xususiy mulk egalari va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarining ta`minlanishiga ko`maklashish;

j) xo`jalik sub`ektlariga xo`jalik shartnomalarini tuzish va shartnoma intizomini mustahkamlash borasida huquqiy yordam ko`rsatish;

z) yuridik shaxslar, shu bilan birga nodavlat, notijorat tashkilotlarni ro`yxatga olishning qonuniyligini ta`minlash;

i) xalqaro huquqiy munosabatlar sohasida tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda O`zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish;

k) kadrlarni zamonaviy talab va standartlar asosida tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

l) adliya organlari va muassasalari tizimi ustidan rahbarlikni amalga oshiradi.

Yuqorida ko`rsatib o`tilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida vazirlik quyidagi sohalarda faoliyat yuritadi:

1) huquq tizimini qo`llash amaliyoti va qonun ijodkorligi borasida yagona davlat siyosatini yuritish sohasida;

2) fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquq va erkinliklarini ta`minlash maqsadida;

3) davlat organlarining huquq-tarQibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish;

4) sud va boshqa davlat organlari qarorlarini ijro etish, sud faoliyatini moddiy texnik jihatdan ta`minlash sohasida;

5) huquqiy xizmat borasida davlat boshqaruvini o`rnatish sohasida;

6) chet el investorlari, chet el investitsiyasiga asoslangan korxonalar, xususiy mulk egalari va tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida;

7) shartnomaviy huquqiy munosabatlar sohasida;

8) yuridik shaxslarni davlat ro`yxatidan o`tkazish sohasida;

9) xalqaro huquqiy munosabatlar borasida O`zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish sohasida;

10) huquqshunos kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida;

11) korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolar murojaatlarini ko`rib chiqish sohasida;

12) huquqiy statistika sohasida;

13) adliya organlari va muassasalarini moddiy texnik va moliyaviy ta`minlash sohasida;

14) sud ekspertiza, ilmiy muassasalarini rivojlan-tirish sohasida;

Vazirlik huquqni qo`llash va qonun ijodkorligi sohasida davlat siyosatini yuritib, quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

— davlat boshqaruv organlari qonun ijodkorlik sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi; qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish chora tadbirlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini ta`minlaydi.

Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan fuqaro-larning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida inson huquqlari borasidagi qonunchilikni tahlil qiladi va ularni takomillashtirish uchun takliflar ishlab chiqadi; bu sohadagi xalqaro amaliyotni o`rganib, xalqaro huquqiy normalarni O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga joriy qilish uchun tavsiyalar tayyorlaydi.

3. Adliya organlari rivojlanishining asosiy bosqichlari

O`zbekiston Xalq Adliya komissariati 1924 yil 26 noyabrda Inqilobiy qo`mitaning Turkiston avtonom Respublikasi Xalq adliya komissariati bazasida tashkil etilgan. Uning asosiy vazifalaridan biri O`zbekiston tarkibiga kirgan davlatlar: Buxoro amirligi, Xorazm va Qo`qon xonligi adliya organlari faoliyatini tizimlashtirish va muvofiqlashti-rish hisoblangan.

1925 yil 6 mayda O`zbekiston MIQ rayosati "Xalq adliya komissariyati to`g`risida"gi Nizomni tasdiqladi. Uning birinchi moddasiga ko`ra xalq adliya komissariyati (O`AQ) zimmasiga quyidagilar yuklatilgan:

— barcha sud muassasalari, prokuratura, tergov organlari, notariat, sud ijrochilari organlarini tashkil etish faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish;

— sud funktsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega bo`lgan komissiyalar faoliyatini kuzatib borish;

— himoyachilar hay`ati va aholiga yuridik xizmat ko`rsatish tashkiloti faoliyatini kuzatib borish;

— adliya organlarining vakolatlarini qisqartirish borasidagi nizolarni ko`rib chiqish;

— O`zSSR MIQga kiritilayotgan barcha qonunchilik hujjatlarini dastlabki ko`rib chiqish;

— amaldagi qonunlarni va hukumat farmoyish va qarorlarini sharhlash va nashr etish.

Xalq adliya komissariyati asosan uch bo`limdan: sud ko`rilishi va nazorati, prokuratura va qonunchilik takliflari ishlab chiquvchi bo`limlardan iborat bo`lgan. Xalq adliya komissari bir vaqtning o`zida respublika davlat prokurori hisoblanib, O`zSSR XKSning taqdimnomasiga ko`ra MIQ tomonidan tayinlangan. Sud va prokuratura organlari faoliyatini boshqarish bilan bog`liq muhim masalalarni hal qilish maqsadida O`AQ huzurida, O`AQning o`rinbosarlari, bo`lim boshliqlari va respublika Oliy sudi vakilidan iborat tarkibda hay`at faoliyat ko`rsatgan O`zbekiston O`AQ to`g`risidagi 1926 yil 22-dekabrda qabul qilingan nizom, 1931 yil 11 oktyabrda sud, prokuratura organlari tizimidagi o`zgarishlar munosabati bilan o`zgartirish va qo`shimchalar bilan qaytadan qabul qilindi.

Prokuror nazorati O`z SSR O`AQning respublika prokurori, Oliy suddagi prokurori yordamchisi, viloyat prokurorlari, viloyat sudlari va alohida uchastkalaridagi prokuror yordamchilaridan iborat prokuratura bo`limi tomonidan amalga oshiriladi.

O`zSSRning 1925 yilning 6 may O`zSSR O`AQ to`g`risidagi nizomi bo`yicha O`zSSR O`AQning prokuratura bo`limi barcha davlat hokimiyat va boshqaruv organlari, xo`jalik muassalari, jamoat birlashmalari va shaxslar xatti-harakatining qonuniyligi ustidan davlat nomidan prokuror nazoratini yuritgan; aybdorlarga nisbatan jinoiy ish ko`zQatgan va mahalliy ijroiya qo`mita, respublika markaziy muassasalarining qonunga xilof qarorlariga protest kiritgan.

O`zSSR O`AQning prokuratura bo`limi zimmasiga surishtiruv va dastlabki tergov organlari, DP Boshqarmasi, axloq tuzatish muassasalari faoliyati ustidan kuzatish majburiyati yuklatilgan. 1928 yil 27 oktyabr O`zSSRning MIQ kengashi tomonidan chiqarilgan "O`zbekiston SSR sud organlariga rahbarlik qilish tartibi to`g`risida"gi qaror bilan O`AQ tizimiga sezilarli o`zgartirishlar kiritildi.

Qarorda: "yagona sud siyosatini o`rnatish va sud organlarini boshqarish zaruratidan kelib chiqib, O`zSSR O`AQni shunday qayta tashkil etish lozimki, unga ko`ra uning faoliyati ustidan, ayniqsa, prokuratura va sud organlari ustidan nazorat qilish va ularni boshqarish maksimal darajada ta`minlangan bo`lishi lozim" - deyiladi. O`AQda sud va prokuraturani boshqarishni birlashtirish maqsadida ikkita o`rinbosarlar lavozimi tashkil etildi; 1) prokuratura yo`nalishi bo`yicha (respublika prokurori), 2) sud yo`nalishi bo`yicha (O`zSSR Oliy sudi raisi).

Sud organlari ustidan boshqaruv respublika O`AQtida to`plangan edi. Sudlarga umumiy, xarakterdagi majburiy ko`rsatmalar O`AQ tomonidan O`zSSR Oliy sudi orqali berilar edi yoki bevosita Oliy sudning o`zi O`zSSR O`AQning roziligini olgan holda chiqarishi mumkin edi. Sud amaliyoti ustidan kundalik boshqaruv va yagona sud siyosatini yuritish respublika Oliy sudi zimmasiga yuklatilgan edi.

Sud qarorlari, ajrim va buyruqlarini ijro etish ishlarini yuritish uchun bevosita sudlarning o`z kuzatuvi va rahbarligida sud ijrochilari xizmat ko`rsatgan. Sud ijrochilarini tayinlash, ish joyini o`zgartirish va ishdan bo`shatish O`AQ tomonidan, uning o`z tashabbusi bilan yoki rayon ijroqo`mlarining taqdimnomasiga ko`ra amalga oshirilgan. O`zSSR MIQ va XKSning 1931 yil 11 oktyabr oyida chiqarilgan qaroriga muvofiq O`zSSR O`AQti prokuratura, Oliy sud, tashkiliy instruktorlik bo`limi, axloq tuzatish muassasalari Bosh Boshqarmasidan iborat tarkibda faoliyat yuritgan. O`AQ raisi uch o`rinbosarga: Respublika Prokurori, Oliy sud raisi, qayta tarbiyalash muassasalari Bosh boshqarmasi boshliQiga ega edi. O`zSSR O`AQ butun respublika hududida yagona sud siyosatini yuritish, barcha adliya organlari faoliyatini tashkil etish va ularning ustidan rahbarlik qilish, davlat va jamiyat birlashmalari va fuqarolar faoliyatining qonuniyligi ustidan nazorat o`rnatish kabi faoliyatlar bilan shuQullangan. Jinoyatchilikka qarshi kurashish, jinoyatchilikni o`rganish bilan shuQullanadigan jinoyat qidiruv bo`limlarining barchasi ustida rahbarlik faoliyatini olib borgan. Bundan tashqari, O`AQ zimmasiga maxsus sud muassasalari va qayta tarbiyalash mehnati amaliyoti ustidan nazorat olib borish vazifasi yuklatilgan.



Qonunchilikka o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish munosabati bilan O`zSSR MIQ tomonidan 1931 yil 20 iyulda "O`zSSR sud ko`rilishi to`g`risida nizom" qabul qilindi.
Download 11,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish