Назорат саволлари
1. Ақилли уйларда қўлланилувчи қандай IoT датчиклари қўлланилади?
2. Гейтларда қандай дастурлаш тилларидан фойдаланилади?
3. Ақилли уй лойихасида хаво намлигини аниқлаш учун қандай датчик қўлланилади ва унинг техник тавсифлари қандай?
4. Ақилли уй лойихасида хаводаги угликислий газ концентрацияси меёрдан ортиб кетганда қандай актуаторлар ишга тушади?
5. Ақилли уй лойихасида қўриқлаш тизимида қандай датчик қўлланилади ва унинг техник тавсифлари қандай?
29-amaliy mashg’ulot. Aqlli shahar loyihasi.
Ishdan maqsad. Cisco packet tracer dasturi yordamida aqlli shahar loyihasini ishga tushirishni o‘rganish.
Ishning bajarilishi.
Aqlli shahar loyihasini elementlaridan biri bu ko‘cha chiroqlarini avtomatik boshqarilishidir. Ya’ni ko‘cha chiroqlari yorug‘likning darajasiga bog‘liq ravishda avtomatik tarzda yonib o‘chishi, tungi vaqtda yaqinlashayotgan ob’ektlarga mos ravishda yonib o‘chishi lozim. Buning uchun ko‘cha chiroqlari xarakat datchigi va yorug‘lik datchigiga ega bo‘lishi lozim. Cisco packet tracer dasturida aynan ushbu imkoniyatlarga ega ko‘chachiroqlari mavjud.
Aqilli chiroqlarni boshqarish uchun ularni simsiz tarmoq mashrutizatorlari orqali Geytga ulanadi. Geytga maxsus dasturiy vosita yoziladi. Ushbu dastur aqilli ko‘cha chiroqlaridagi xarakat va yorug‘lik datchiklaridan kelayotgan signallar asosida qaror qabul qiladi va mos signalni chiroqlarga qayta uzatadi. Natijadako‘cha chiroqlari bu signalga mos ish yuritadi.
Cisco packet tracer dasturida keltirilgan aqilli ko‘cha chiroqlarining xususiyatlari quyidagicha:
Server bilan xamkorlikda ishlay olishi;
YOrug‘lik datchigi;
Xarakat datchigi;
Ko‘cha yoritish chirog‘i;
UDP protokoli bo‘yicha masofaviy server bilan bog‘lik ishlash imkoniyati.
YOrug‘lik datchigi xususiyati:
Atrof muxitning “YOritilganlik” xususiyati darajasini aniqlashni amalga oshiradi. Ushbu darajaning qiymati 0 dan 1000 gacha o‘zgarishi mumkin. YAgar yoritilganlik darajasi etarlicha past bo‘lcha (YOritilganlik < 330) u xolda ko‘cha lampasi yonadi. YOrug‘lik darajasi kamayib borgan sayin lampaning yorqinroq yonib boradi. Qachonki yoritilganlik darajasi obsolyut 0 ga teng bo‘lsa, u xolda chiroq to‘liq yonadi. Lampaning yonganlik xolatini L belgisi orqali ko‘riladi. L belgining yashil rangga kirishi lampaning yonganligini anglatadi. CHizil rangda bo‘lishi esa lampaning o‘chganligini anglatadi.
Xarakat datchigining xususiyati:
Ko‘cha chirog‘i tarkibidagi xarakat datchigi uning ishlash xududida ob’ekt xarakati mavjudigini aniqlashga xizmat qiladi. Xarakat datchigining xarakani aniqlaganligi M belgisi orqali ko‘rsatiladi. YA’ni, agar M belgisi yashil rangga kirsa demak xarakat mavjud. Agar M belgisi qizil rangga kirsa demak xarakat mavjud emas.
YUqorida aytib o‘tganimizdek, aqilli ko‘cha chiroqlarini Geyt yordamida ishga tushirishni bajarib ko‘ramiz. Buning uchun quyidagi loyixani tuzib olamiz.
Ushbu loyixada Geyt va aqilli ko‘cha chiroqlari o‘zaro simsiz router orqali ulangan. Buning uchun simsiz router xosil Wi-Fi tarmog‘ining nomini (SSID) aqilli ko‘cha chiroqlarining simsiz (Wireless) ulanish adapteriga kritish lozim.
Geytga ham simsiz ulanish tarmoq adapterini o‘rnatish (29.1-rasm) va simsiz tarmoq nomi SSID ni kiritish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |