(imzo)
“KELISHILDI”
O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i __________________ Sh.Umarov
(imzo)
KIRISH
Ushbu uslubiy ko’rsatma «INTERNET OF THINGS» fanining o’quv dasturi asosida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida bakalavriatura talabalari uchun tayyorlangan. Unga ko’ra, amaliy mashg’ulot praktikumini o’tkazishdagi auditoriya mashg’ulotlari uchun, ya'ni amaliy mashg’ulot ishiga kiritish kollokviumi, amaliyot ishlarini bajarish, amaliyot tadqiqotlari natijalarini tahlil qilib rasmiylashtirilgan.
Talaba navbatdagi amaliy mashg’ulot ishlarini bajarishga faqatgina bajarilishi lozim bo’lgan amaliyot ishining vazifalari va mohiyatini aniq tushungandan so’ng kiritilishi mumkin. Talaba tadqiqotning nomi va maqsadlarini yozma ravishda tushuntira olishi shart.
Talaba, har bir ishdagi mavjud bo’lgan nazorat savollariga alohida e'tiborni qaratishi kerak. Bu savollar kelajakda – semestr davomida IOT fanidagi joriy va yakuniy nazoratiga tayyorlanishda uchrashi mumkin. Talaba shu savollarga javoblarni aniq o’zlashtirgan bo’lishi shart. Shundagina talaba navbatdagi amaliy mashg’ulot ishini bajarishga kiritilishi mumkin.
Talabaning amaliy mashg’ulot ishiga mustaqil tayyorlanishi jarayonida uslubiy qo’llanmada mustaqil ishlar uchun yoki nazorat savollari bo’limida keltirilgan hisoblash ishlarini ham bajarishi zarur.
Amaliy mashg’ulot ishini bajarishga kiritilish uchun talabaning laboratoriya stendida yiqishi lozim bo’lgan barcha o’lchov sxemalarini chizishlari kerak. Amaliy mashg’ulot ishini bajarishda talaba stendda o’lchov zanjirini uyda chizgan sxemalari yordamida, o’quv adabiyotlardan foydalanmasdan yiqishi zarur. Shuning uchun uyda tayyorlarlangan o’lchov sxemalari yetarli darajada to’liq va aniq bo’lishi zarur.
Amaliy mashg’ulot ishini bajarishga kiritilish uchun tayyorlanish vaqtida keltirilgan ko’pgina laboratoriya ishlarida ko’rsatilgan shaklda jadvallarni tuzish lozim. Uning kataklarida tajriba o’lchovlari va keyinga hisoblashlar natijalari joylashtiriladi.
Eksperimental ko’nikmalardan tashqari, talaba amaliy mashg’ulot hisobotini to’ldirishni ham o’rganishi zarur. Bu hisobotda amaliy mashg’ulot ishiga tayyorlanishda, uni bajarishda va bajarilgan tadqiqot natijalariga ishlov berishda zarur bo’lgan barcha yozuvlar yoritilishi kerak. Hisobotni laboratoriya ishini bajarish uchun ruxsat berilishidan va uni himoya qilishdan oldin taqdim etiladi. Semestr oxirida hisobotni o’qituvchiga yakuniy nazoratga kirishga ruxsat olish va yig’ilgan ballarni hisoblash uchun topshiriladi. Hisobotda keltirilgan o’lchov birliklari, sxemalar chizilishi Davlat Standarti (1-ilovada keltirigan) asosida bo’lishi shart. Undagi mavjud xatolarni to’g’rilab bajarish ruxsat etiladi.
Hisobotda titul varaq bo’lib (2-ilovada keltirilgan), unda universitet, fakultetning nomlari, gurux raqami, talabaning familiyasi, ismi-sharifi va ishning nomi keltiriladi.
Nazorat savollariga to’g’ri javoblari yozilgan hisoboti bo’lmagan talaba navbatdagi (guruhning kalendar rejasidagi) amaliy mashg’ulot ishiga kiritilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |