Ўзбекистоннинг энг янги тарихи


Мустақилликлик йилларида миллий урф-одатлар, қадриятлар ва анъаналарнинг қайта тикланиши



Download 97,39 Kb.
bet26/41
Sana19.03.2022
Hajmi97,39 Kb.
#500585
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Bog'liq
xudoyberdi

33. Мустақилликлик йилларида миллий урф-одатлар, қадриятлар ва анъаналарнинг қайта тикланиши.
Mustaqillik yillarida ma’naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikning tiklanishi.
Mustaqillikni amalga oshirish va mustahkamlash sharoitida ma’naviy qadriyatlarni
Tiklash va o‘zlikni anglashga alohida e’tibor berildi.
Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar davomida sharq xalqlari
Uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qildi. Uzoq vaqt davom etgan qattiq
Mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston xalqi avloddan avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy
Va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Biroq, shuni ham ta’kidlash kerakki, ma’naviy qadriyatlarni hamda xalq uchun muqaddas
Bo‘lgan diniy qadriyatlar va an’analarni qaytadan tiklash, o‘zligimizni anglash ancha
Murakkab sharoitda eski imperiya tuzumi barbod bo‘lgan va yangi ijtimoiy munosabatlar
Qaror topayotgan sharoitda yuz berdi. O‘sha davrda jangari millatchilik, diniy ekstremistik
Ruhdagi xatti-harakatlar, ayrim siyosiylashgan guruhlarning naqadar tajovuzkorona
Nafratlari ko‘chaygan edi. Shu bilan birga o‘tmish qadriyatlarini, an’analarini va turmush
Tarzini betartib ravishda, orqa-ketini o‘ylamay qayta tiklash va boshqa keskinlikka, hozirgi
Davrni qabul qilmaslikka, jamiyatni yangilash zaruriyatini inkor etishga olib kelishi
Mumkin edi. Bunday vaziyatni hisobga olgan mustaqil O‘zbekiston davlati, ma’naviy
Tiklanishning ijobiy bunyodkorlik mohiyatini kuchaytirishga qaratilgan, bir-birini
To‘ldiradigan siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy dasturlarni ishlab chiqdi va amalga oshirdi.
Ushbu dasturda o‘tmish qadriyatlarimizni tiklashda umuminsoniy qadriyatlarni
Boyitadigan hamda jamiyatimizni demokratiyalash va yangilash talablariga javob
Beradigan, axloq jihatdan ahamiyatli an’analarni, urf-odatlarni tanlab olishga asoslandi.
Xalqimiz adolat, milliy iftixor, tenglik, ahil qo‘shnichilik, do‘stlik, insonparvarlikning
Nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab-asrab kelmoqda. O‘zbekistonni yangilashning oliy
Maqsadi ana shu an’analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag‘ishlash, zaminimizda
Tinchlik va demokratiyani, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol
Toptirishga erishish uchun shart-sharoitlar yaratishdir.
Ma’naviy qadriyatlarni tiklashda milliy o‘zlikni anglash jarayonida xalqimiz istiqlol
Tufayli, siyosiy davlat mustaqilligini qo‘lga kiritdi, o‘z taqdirini o‘zi belgilashning
Chinakam egasi bo‘ldi, o‘zining ma’naviy tarixiy ildizlarini o‘rganish imkoniyatiga
Muyassar bo‘ldi.
Xalqning, o‘lkaning, davlatimizning, hududining holisona tarixini tiklash o‘zlikni
Anglashda, milliy iftixorni tiklashda g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Tarix millatning
Haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va tajribalari
Tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda, axloqiy tarbiya va
Ibrat manbaiga aylanmoqda. Milliy qadriyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk
Ajdodlarimizning madaniy meroslariga e’tiborni qaratildi. Markaziy Osiyo tarixida siyosiy
Aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o‘zida
Mujassam etgan buyuk arboblar ko‘p bo‘lgan.
Ma’naviy meros nima, uning tiklanishi nimalarda namoyon bo‘lmoqda?
Xalqimizning etnik madaniy va diniy qadpiyatlapini tiklanishi, ma’naviy uyg‘onishining
Yana bir bitmas tugamas manbai bo‘ldi. Ming yillar davomida Markaziy Osiyo g‘oyat
Xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari va tinch-totuv yashagan markaz bo‘lib
Kelgan.
O‘zbek xalqi ruhining tiklanishi, millatning ma’naviy-axloqiy g‘oyalarining
Shakllanishi chuqur milliylik bilan umuminsoniylik chambarchas bo‘lgan hodisadir.

166
Ma’naviy qadriyatlarning tiklanishida oila va qarindoshlik munosabatlari odobini


Yangilash, qayta tiklash muhim ahamiyatga ega. Markaziy Osiyoda yashagan ajdodlarimiz
Merosiy an’analariga g‘amxo‘rlik qilish mustaqillik davrining asosiy axloqiy qoidasi
Bo‘lib qoldi. Oila qadriyatlari va qon-qarindoshlik munosabatlarini qayta tiklanishi har bir
Oilaning iqtisodiy-madaniy va kasb jihatdan erkin bo‘lishi imkoniyatini anglatadi.
Milliy qadriyatlar bilan demokratik qadriyatlarni bog‘liqligi nimada? Milliy
Qadriyatlar bilan demokratik qadriyatlar hozirgi zamon taraqqiyoti singdirayotgan yashash
Me’yorlarining umumlashmasidan ibora-T.,
Inson huquqlari, tadbirkorlik, erkin savdo, ijtimoiy adolat, o‘zaro yordamlashuv,
Siyosiy erkinliklar va boshqalar demokratik qadriyatlarni amalga oshirishda jamiyatdagi
O‘rni va ahamiyati katta.
Fuqarolarning huquq va erkinliklari borasida O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining barcha asosiy g‘oya va
Qoidalarini o‘z ichiga singdirgan. O‘zbekistonda yashovchi har bir inson fuqarolik
Huquqiga ega hech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni o‘zgartirish huquqidan mahrum
Etilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo‘lganidan
Qat’iy nazar hamma uchun tengdir. Fuqarolik har bir insonga respublikaning iqtisodiy,
Siyosiy, huquqiy va madaniy turmushida mumkin qadar to‘laroq ishtirok etish imkonini
Beradi. O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikka keng erkinliklar berilgan.
Konstitutsiyada xususiy mulkni davlat tomonidan himoya qilinishi bayon qilingan.
Bundan maqsad iqtisodiyotni o‘ta markazlashtirmaslik, hamda yakka, hokimlikka barham
Berishdan, korxonalar, tashkilotlar va xususiy tadbirkorlarning mustaqilligini
Kengaytirishdan ibora-T.,
Ma’naviy qadriyatlarning dunyoviy mazmuni nima? Jahon hamjamiyatining
Mustaqil O‘zbekistonni tan olishi o‘zbek xalqining ma’naviy qadriyatlapini tiklanishiga,
O‘zini boshqa xalqlar orasidagi to‘la huquqli millat sifatida anglay olishiga kuch
Bag‘ishladi.
Jahon hamjamiyati mamlakatlari bilan mustaqil O‘zbekistonning o‘zaro aloqalari
O‘zbek xalqi xususan yoshlar salohiyatiga ularning ilm-fan sirlarini o‘rganishida yangi
Imkoniyatlar ochdi. Shuning uchun ham hozirgi kunda horijiy xalqlarning madaniy
Qadriyatlaridan tanlab foydalanishga ehtiyoj kuchaymoqda.
Ma’naviy qadriyat Ma’rifatli xalqimizning ko‘p asrlik tarixi davomida doimo uning
Eng kuchli o‘ziga xos xususiyati bo‘lib kelgan. O‘zbek xalqining kelajagining eng avvalo
O‘zining ma’naviy qadriyatiga va milliy ongining ijodiy kuchiga bog‘liq. Shuning uchun
Ham moddiy farovonlikka tabiiy intilish millatning ma’naviy va axloqiy o‘sish ehtiyojiga
To‘sqinlik qilmasigi lozim. Mustaqillik mamlakatimiz aholisining bilim doirasini
Kengaytiruvchi ma’naviy tiklanish, fikrlash tarzini mustaqillik ruhi belgilaydigan yangi
Avlodga mansub ijobiy ziyolilarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Demokratik taraqqiyotni hozirgi sharoitda yoshlarni ma’naviy tarbiyalashda milliy
Va jahon bilimining eng yaxshi tomonlarini keng targ‘ib qilish va ommalashtirishga
Alohida e’tibor berilmoqda.
Xalqning ma’naviy tiklanishi yangicha tafakkur tarzi ma’naviy qudrati va milliy
Ongining ijodiy kuchi mustaqillikning istiqbolini belgilab bermoqda, jamiyatning jahon
Hamjamiyatiga qo‘shilib borishini ta’minlamoqda.

167


  1. Mustaqillikni mustahkamlash jarayonida mafkurasi milliy istiqlol

Hozirgi kunda o‘zbek xalqi insoniyat tarixida o‘xshash andozasi bo‘lmagan
Murakkab davrni boshidan kechirmoqda. Ya’ni, nafaqat iqtisodiy hayotimizda, balki, ong
Tafakkurimizda ham yangilanish, o‘zgarish jarayonlari kechmoqda. Milliy mustaqillik
Ozodlik yo‘li erkin hayot uchun kurash aslida mana shunday mashaqqatli bo‘ladi.
Mafkura deganda nimani tushunasiz? O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishda
Mafkura qanday o‘rin tutadi? O‘zbekistonning o‘ziga xos mustaqil taraqqiyot yo‘lida
Pirovard maqsadi bo‘lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot uchun kurash
Borasidagi intilishda ruhiy-ma’naviy kuch-quvvat manbai, ilmiy asos-milliy g‘oya, milliy
Mafkura bo‘lishi shart, chunki o‘z milliy mafkurasiga tayanmagan jamiyat inqirozga
Duchor bo‘lishi, o‘z yo‘lidan adashishi muqarrar.
Mafkura faqat bugun emas, balki, hamma zamonlarda ham eng dolzarb siyosiy-
Ijtimoiy masala, har qanday jamiyatni sog‘lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o‘z
Maqsadlariga erishishi uchun ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor bo‘lib
Kelgan.
Kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan boshlab insonlar o‘zlarining yashash sharoitlarini
Yaxshilashga, uni adolat qoidalari asosida tashkil qilishga intilganlar. Uning yo‘llari
Usullari izlab kelingan. Ular o‘zlarining bu urinishlarini muayyan g‘oyalar orqali ifoda
Etishga intilishgan. Shuning uchun ham mafkuraga ehtiyoj vujudga kelgan va u yaratilgan.
Mafkura har bir tarixiy shart-sharoitlarining o‘ziga xos tomonlarini ifoda etishi bilan
Birga har bir xalqning o‘ziga xos milliyligini ham aks ettiradi.
Har bir tarixiy sharoitda har bir xalqning o‘ziga xos mafkurasi bo‘lgan. Mafkura
Jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmunini, ularning intilishlarini o‘zida
Mujassamalashtiradi. Har qanday inson, tabiiyki, murod-maqsadsiz yashay olmaydi.
Binobasin, toki hayot mavjud ekan mamlakatlar, xalqlar va ulaning mafkuralari bor ekan,
Ular o‘z taraqqiyoti yo‘lini ertangi kun ufqlarini o‘zining milliy g‘oyasi, milliy mafkurasi
Orqali belgilab olishga intiladi.
Biroq, sovetlar zamonida mafkura milliy bo‘lishi mumkin emas, deb hisoblangan.
Milliy mafkura xususida hatto so‘z ham yuritilmagan. Buning natijasida o‘zbek millatining
Milliy ongi, dunyoqarashi, milliy g‘ururi, iftixori anchagina sustlashtirib yuborilgandi.
O‘zbekiston milliy mustaqillikka erishgach o‘zining istiqlol mafkurasini nazariy
Jihatdan ishlab chiqish, uni xalq orasida keng targ‘ibot qilish, har bir fuqaro ongida
Mustaqillik mafkurasining mazmun va mohiyatini singdirishi, istiqlol yo‘liga xos o‘zbek
Milliy mafkurasini ilmiy asosda yaratish kabi o‘ta muhim va sharafli vazifa paydo bo‘ldi.
1993 yil 23 fevral kuni Prezident I.A.Karimov bir guruh adiblar bilan suxbat qilib
Milliy istiqlol mafkurasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy kengashi 12-sessiyasida 1993 yil 6 mayda oldimizda turgan eng muhim
Masala bu milliy istiqlol mafkurasini yaratish va uni hayotimizga tadbiq etish ekanligi
Alohida ta’kidlagan.
Mustaqillikning keyingi yillarida I.A.Karimov respublikaning bosh mafkurachisi
Sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Uning asarlarida, maqollarida, nutqlarida, matbuot
Vakillarining savollariga bergan javoblarida milliy istiqlol mafkurasining ilmiy nazariy
Qoidalari asoslandi, uni yangi mazmun yangi g‘oyalar bilan boyitildi.
Biroq, shuni ham aytib o‘tish kerakki, har qanday mustaqil davlat dastlab biron bir
Mafkurani davlat mafkurasi sifatida olishi mumkin emas. Bir jamiyat, ijtimoiy guruh yoki

168
Millatning mafkurasini boshqa jamiyat millat mafkurasiga majburan qabul qildirishi ham


Mumkin emas, bunga yo‘l qo‘yib ham bo‘lmaydi. Bunday harakatlar demokratiya va
Erkinlik qoidalariga millatlarning suverenligiga ziddir.
Shu sababli O‘zbekistonning milliy istiqlol mafkurasini asriy milliy qadriyatlarimiz,
Yangi vujudga kelayotgan xalqimizni bugungi va kelajakdagi manfaatlarini ifodlaydigan
G‘oyalar shuningdek, umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirilib borilmoqda.
Mamlakatimiz istiqlolga erishgan dastlabki kunlardan boshlab, o‘zbek xalqi o‘z
Milliy an’analariga, urf-odatlariga zid bo‘lgan kommunistik mafkuradan voz kechdi,
O‘zining demokratik jamiyat barpo etishdek ulug‘ maqsadlarini, harakat dasturlarini
Muayyan milliy mafkura orqali aniqlashga intildi.
Biroq, O‘zbekistonning milliy istiqlol mafkurasining shakllanishi o‘ta murakkab
Ziddiyatlarga to‘la davriga to‘g‘ri keldi. Umuman bir mafkuradan ikkinchi mafkuraga
O‘tish darrov, qisqa davr ichida amalga oshmaydi. Xalq millat o‘z milliy mafkurasini butun
Umri davomida takomillashtirib boyitib boradi.
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, mafkura qotib qolgan aqidalar yig‘indisi emas, u
Uzluksiz jarayon bo‘lib, hayot davom etar ekan mafkuraning oldiga qo‘yiladigan yangi-
Yangi talablar ham paydo bo‘laveradi. Shy sababli inson taraqqiyotidagi yangi-yangi
O‘zgarishlar, yangilanishlarni taqozo etadigan milliy manfaatlariga javob beradigan milliy
Mafkurani yaratish uchun ko‘p yillar davomida muntazam ish olib borish lozim bo‘ladi.
Insoniyat taraqqiyoti tajribasi millat mafkurasining bir necha avlod umri davomida ishlab
Chiqqanligidan va takomillashib borganligidan dalolat beradi. Xalq, millat mafkurasini
Shakllantirish uchun isoniyat tarixining turli davrlarida aql-zakovat yorqin tafakkurga ega
Bo‘lgan buyuk shaxslar zahmat chekkanlar. Ular Konfustiy (Xitoy), Maxatma Gandi
(Hindiston), Demokrit va Aristotel (Gretsiya), Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy,
Muhammad Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Imom Buxoriy, Amir Temur,
Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy (O‘rta Osiyo) va boshqalardir.
Demak, milliy mafkurani yaratish yzoq yillar davom etgan uzluksiz jarayon
Hisoblanadi. Aynan mana shunday sharoitda, ya’ni umri o‘tib bo‘lgan g‘oya, mafkura
O‘rnida jamiyatda yangi bir g‘oya ilg‘or bir mafkura shakllanishi jarayonida mafkuraviy
Bo‘shliq yuzaga kelishi mumkin.
Mafkuraviy bo‘shliq nima, uning ma’nosini tushuntirib bering? Mustaqillikning
Dastlabki yillarida O‘zbekistonda ana shunday mafkuraviy bo‘shliq paydo bo‘ldi. Bu
Bo‘shliq jarayonidan foydalangan, mamlakatimizga o‘z hukmini o‘tkazishni istagan turli
Kuchlar mafkuraviy kurash boshladilar. Prezidentimiz uqtirganidek, avvalo mafkura
Dunyosida bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik kerak, agar shunday holat yuz bergan taqdirda bo‘sh
Qolgan mafkura maydonidan bizga begona, orzu-intilishlarimizga mutlaqo yot g‘oyalar
O‘rin egallashga urinishi shubhasiz.
Bugungi kunda dunyoda borayotgan kurashlar ichida eng kuchli, eng ta’sirchan
Kurash, avvalo, mafkura maydonlarida olib borilmoqda va bu kurashda yengish uchun juda
Ko‘p mablag‘ imkoniyat va kuchlar safarbar qilinmoqda. Ilgari kuchli davlatlar zaif
Mamlakatni bosib olib, o‘z hukmini o‘tkazgan bo‘lsa, endilikda o‘z ta’sir doirasiga
Olmoqchi bo‘lgan mamlakatlar aholisining ongini o‘ziga qaram qilishga intilmoqdalar.
Bu kuchlarning mamlakatimizga o‘z hukmini o‘tkazishga intilishining sababi
O‘zbekistonning jo‘g‘rofiy-strategik imkoniyatlari, ya’ni Markaziy Osiyo mintaqalarining
Markazida joylashganligi, tabiiy xom ashyo zahiralariga boyligidir.

169
Biroq ularning eng yovuz quroli milliy qadriyatlarimizga to‘g‘ri kelmaydigan, yosh


Avlodning qalbi va tafakkurini qoplaydigan mafkuradir. Ular diniy ekstremizm, yosh
Mustaqil davlatlarni sobiq ittifoqqa birlashtirish g‘oyasi, tariximizni, milliy qadriyatlarimiz
Va din, madaniyatni soxtalashtirishga urinishlar, narkobiznes, noqonuniy qurol-yaroq
Savdosi, terrorchilik va boshqalardir.
Masalan, ba’zi yoshlarni yo‘ldan chalg‘itayotgan diniy ekstremizm xavfini olaylik.
Ular islom xalifaligini tiklab, uning bayrog‘i ostida musulmon xalqlarini yangi imperiyaga
Birlashtirishga qaratilgan mafkuraviy tahdiddir.
Xo’sh, shunday ekan endi voyaga yetayotgan yoshlarimizni qanday g‘oya va
Mafkura bilan qurollantirishimiz kerak. U nimalarni o‘zida mujassamalashtirishi va
Qanday talablarga javob berishi kerak?
Davlatimiz rahbari asoslab berganidek, milliy mafkurani shakllantirishda, avvalo
Ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy me’rosidan oqilona foydalanish lozim. Ajdodlar
Vasiyatiga sodiq va munosib bo‘lmog‘imiz lozim.
Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga,
Ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat
Tuyg‘ularini xalqimiz, yoshlarimiz ongiga singdirish lozim. Milliy mafkura zamonaviy
Umumbashariy, umuminsoniy yutuqlarrdan oziqlangan, ularni o‘ziga qamrab olgan holda,
Yurt tinchligi, vatan ravnaqi, xalq manfaati va farovonligi yo‘lida xizmat qilish hissini
Tarbiyalamog‘i darkor.
Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizga xos bo‘lgan eng muqaddas tuyg‘u va
Tushunchlarning mujassam ifodasi bo‘lishi kerak. Ular Vatanga – ona tiliga muhabbat,
Milliy, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, muqaddas dinimiz va oilaga hurmat, mehr-
Oqibat, muruvvat, andisha, or-nomus, sharm-u hayo kabi fazilatalardir.
Ayniqsa, yoshlarning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish,
Ularni mustaqil fikrga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning tafakkurida
O‘zligini unutmaslikka, ota-bobolarimizning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va
Hurmat qilish fazilatlarini shakllantirish, shu orqali ularning mafkuraviy immunitetini
Kuchaytirish lozim, toki yoshlarning men o‘zbek farzandiman deb g‘urur va iftixor bilan
Yashashiga erishish. Ana shunda biz uchun mutlaqo begona bo‘lgan g‘oyalar o‘z ta’sirini
O‘tkaza olmaydi.
XXI asr bo‘sag‘asida xalqaro vaziyatda, dunyodagi kuchlar nisbatida tub
O‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Sobiq ittifoqning parchalanishi natijasida ikki siyosiy
Kuchlar qarama-qarshiligi, sovuq urush siyosati barham topdi. Ammo dunyo g‘oyat
Murakkab muammoli bo‘lib keldi va shunday bo‘lib qolmoqda. Dunyo tinchligiga,
Umumiy xavfsizlikka taxdid soluvchi xavf-xatarlar oqlanib qoldi. Ular
Quyidagilardan iborat:
Kuchlar nisbati ilgari ikki joyda (SSSR va AQSh) da to‘plangan, ikki qutbli
Bo‘lgan bo‘lsa, endi ko‘p qutbli bo‘lib qoldi, nazorat qilish qiyinlashdi. Turli
Darajada rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida ziddiyatlar yanada kuchaydi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy boyligi hisoblangan tabiiy resurslarini
Rivojlangan mamlakatlar o‘z qo‘liga olishga, nazorat qilishga intilishi kuchaydi.
Ko‘pchilik mamlakatlarda ijtimoiy barqarorlikka qarshi xavf va xatarlar o‘sib
Bormoqda.

Download 97,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish