Ўзбекистоннинг энг янги тарихи


Юксак интеллектуал салоҳиятли, маънавий баркамол авлодни тарбиялаш, комил инсонни вояга етказишда мамлакат энг янги тарихининг ўрни



Download 114,49 Kb.
bet2/41
Sana04.04.2022
Hajmi114,49 Kb.
#528774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
2 5217816361861908820

Юксак интеллектуал салоҳиятли, маънавий баркамол авлодни тарбиялаш, комил инсонни вояга етказишда мамлакат энг янги тарихининг ўрни.

Jamiyat rivojining bugungi bosqichi bevosita texnologiyalarning takomillashuvi bilan xarakterlanadi. Zamonaviy texnologik jara­yonlar har qanday sohaga o‘z ta’sirini o‘tkazgani kabi axborot uzatish tizimiga ham tobora yangi o‘zgarishlar olib kirmoqda. Shular qatorida Internet ayni davrda, dunyo bo‘yicha jadallik bilan global auditoriyani egallab bormoqda.

Binobarin, bugun Internet o‘zida barcha sohalar imkoniyatlarini mujassam etmoqda. Globallashuv sharoitida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), birinchi galda, internet bolalar va o‘smirlar tarbiyasiga bevosita ta’sir etuvchi omilga aylangan. Ayni paytda mamlakatimizdagi 5 million nafar yosh foydalanuvchi ijtimoiy tarmoqlarda o‘z profiliga ega. Shular­ning 3,6 million nafari internetga kirish uchun mobil telefonlaridan foydalanadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, axborot texnologiyalari jamiyat tuzilmasining shu qadar ajralmas qismiga aylanib ulgurdi-ki, endi u shunchaki, texnologik jarayon emas, aksincha, ijtimoiy jara­yonga aylanib bormoqda. Davlatning iqtisodiy qudrati, xalqaro nufuzi, demokratik institutlarning rivojlanish darajasi — asosan axborot texnologiyalari taraqqiyotiga bog‘liq bo‘lib bormoqda.


Jamiyatni axborotlashtirish o‘tgan asrning 70-yillarida AQSHda va 80-yillarida Yaponiyada boshlangan bo‘lsa, qolgan qit’alarda o‘tgan asrning 90-yillaridan amalga oshirish jarayonlari boshlangan. Barcha tizimlarga AKTni joriy qilish natijasida jamiyatning ushbu sohadagi intellektual salohiyati bir necha pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi. Misol uchun, AQSHda axborot sohasida deyarli 75% mehnatga la­yoqatli aholi ishlaydi. Bu ko‘rsatkich boshqa mamlakatlarda 40 foizni tashkil etsa, ayrimlarida 20–25 foizga yetmaydi.


Bugungi kunda yoshlarning ma’naviy uyg‘oqlik tuyg‘ularini mustahkam qaror toptirish, ma’naviyatini yuksaltirish, ongida ruhiy poklik, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot-tashviqot ishlarini doimiy, samarali va ta’sirchan tarzda, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda olib borish davr taqozosidir. Yoshlarning ma’naviy olamini yuksaltirish hamda ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda AKTning roli katta. Mazkur talabning bugungi vazifasi tinglovchilarni kun sayin ko‘payib borayotgan axborot-ta’lim muhiti sharoitida kerakli axborotdan to‘g‘ri maqsadlarda foydalana olishga o‘rgatishdan iboratdir. Buning uchun Internet tarmo­g‘ining milliy segmentida resurslarni ko‘paytirish, rivojlantirish, ularni foydalanuvchilarga qulay tarzda taqdim etish, axborotlar­ning shaffofligi hamda xavfsizligini ta’minlash, turli tashqi zararli axborot ta’sirlardan himoyalash va foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish talab etiladi.


Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning zamonaviy bilim va taraqqiyot cho‘qqilarini egallashi, o‘z qobiliyat va iqtidorini namoyon etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bu jarayonda o‘sib kelayotgan yosh avlodning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish, ularni xalqimizning milliy an’ana va qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy olamini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ular tarbiyasiga ommaviy axborot vositalarining ta’siri yuqori ekanligini hech kim inkor qilolmaydi. Globallashuv jarayonining o‘ziga xos jihati uning mafkuraviy ta’sir o‘tkazish quroliga aylanishi mumkinligi bilan izoh­lanadi. Bugun uzoq-yaqin mintaqalarda yuz berayotgan voqealarni inobatga olsak, hali ongi, hayotiy qarashlari shakllanmagan yoshlarni chalg‘itishga qaratilgan g‘arazli kuchlar internet tarmog‘idan o‘z manfaati yo‘lida foydalanayotganini ham inkor etib bo‘lmaydi.


Demak, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va ma’na­viy immunitetini kuchaytirish, axborot ma’daniyati va mediasavod­xonligini oshirish-axborot xavfsizligini ta’minlashning bosh omili, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Kompyuter xizmatlaridan foydalanish uchun vaqtini ham, pulini ham, oqibatda salomatligini ham ayamaydiganlar safi tobora kengayib bormoqda. Avval haddan tashqari sersavol, hamma narsaga qiziquvchan bo‘lgan bola, asta-sekin o‘zgara boshlaydi. Maktabdan keliboq, kompyuterga yopishadigan, undan soatlab ajralmaydigan bo‘lib qoladi. Avvaliga ota-onalar farzandi ko‘cha-ko‘yda tentirab yurganidan ko‘ra, darslardan so‘ng uyda, ota-onasining ko‘z o‘ngida o‘tirishidan xotirjam tortadi. So‘ng undagi ruhiy o‘zgarish o‘smirlik davriga to‘g‘ri kel­may qoladi. Odamovi, loqayd, yolg‘izlikni xush ko‘radigan, xudbin va takabbur bo‘lib qolayotgandek tuyuladi. Taassufki, so‘nggi paytlarda ko‘ngilni g‘ash qiladigan bunday holatlar ko‘p kuzatilmoqda.





Download 114,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish