1.5. Paxtani qabul qilishni tashkil etish
Xo’jaliklarda yetishtirilgan paxtani paxta tayyorlash punktlarida to’dalar bilan qabul qilinadi. To’da deb, bir selektsion, sanoat navi, tipi va sinfiga mansubligi haqida hujjat bilan rasmiylashtirilgan paxta miqdori hisoblanadi.
Bir to’dada turli selektsion va sanoat navlari to’planib hamda paxtaning tipi va sinfi aralashib ketganda, paxta to’dada bor bo’lgan past tip, nav va sinf bo’yicha hisoblanib qabul qilinadi.
Paxtani qabul qilish paxta tayyorlash punktlarida pishganlik koeffitsienti, rangi va tashqi ko’rinishi bo’yicha O’zbekiston davlat standartlariga asosan amalga oshiriladi. Bunda to’plangan barcha paxta, shuningdek, olingan tola ham 5 sanoat naviga bo’linadi, iflosliklar massaviy ulushi va namlikning massaviy nisbati bo’yicha esa har qaysi sanoat navi 3 (1, 2, 3) sinfga bo’linadi. Bunda paxta navini paxta tayyorlash punkti qabul qiluvchisi birlashtirilgan namunani tashqi ko’rinishi bo’yicha uning o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan namunasi bilan solishtirib, tashqi ko’rinishini standart va me’yoriy iflosligi hamda namligi bo’yicha aniqlaydi (1.16-jadval).
3-sinf I, II, III va IV navlari uchun belgilangan me’yorlar chegarasidan paxtaning iflosligi yoki namligi oshib ketganda paxta topshiruvchiga qaytariladi yoki bir nav pastga tushirib qabul kilinadi. Iflosligi yoki namligi me’yor chegaralari 22 foizdan oshib ketganda paxta topshiruvchiga qaytariladi.
Yopishqoqligi (kleykostь) bor paxta alohida qabul qilinadi va jamlanadi. Bunday paxtaning navi qayta ishlangandan so’ng aniqlanadi.
1.16-jadval
Paxtaning sinflari bo’yicha ifloslikning massaviy ulushi
va namlikning massaviy nisbatini cheklangan me’yorlari, foiz
Paxta navi
|
1 sinf
|
2-sinf
|
3 sinf
|
Iflos-likning massaviy ulushi
|
Namlikning massaviy nisbati
|
Iflos-likning massaviy ulushi
|
Namlikning massaviy nisbati
|
Iflos-likning massaviy ulushi
|
Namlikning massaviy nisbati
|
I
|
3,0
|
9,0
|
10,0
|
12,0
|
16,0
|
14,0
|
II
|
5,0
|
10,0
|
10,0
|
13,0
|
16,0
|
16,0
|
III
|
8,0
|
11,0
|
12,0
|
15,0
|
18,0
|
18,0
|
IV
|
12,0
|
13,0
|
16,0
|
17,0
|
20,0
|
20,0
|
V
|
–
|
–
|
–
|
–
|
22,0
|
22,0
|
Paxtani navlar bo’yicha bir xil hisobiy me’yorga keltirilgan ifloslikning massaviy ulushi (2,0 foiz) va namlikning me’yoriy nisbati (9,0 foiz) bo’yicha konditsion massasi hisoblanadi va qabul qilinadi.
Konditsion massa (Mk) kilogrammlarda quyidagi tenglama bo’yicha hisoblanadi:
;
Bu yerda Mxak – topshirishga keltirilgan paxtaning massasi, kg;
Mxis – iflosliklar bo’yicha hisoblash me’yoriga keltirilgan paxtaning massasi, kg;
Wxis – 9,0 foizga teng bo’lgan namlikning massaviy nisbatini
hisoblash me’yori;
Wxak – namlikning massaviy nisbatini haqiqiy ko’rsatkichi,
foiz;
Zxis – ifloslik massaviy ulushini hisoblash me’yori,
2,0 foizga teng;
Zxak – ifloslik haqiqiy massaviy ulushi, foiz.
Hisoblab chiqilgan konditsion massalar birinchi o’nlikgacha hisoblanib butun raqamgacha qisqartiriladi.
Tayyorlash punktida paxtani qabul qilish oqimi uch yoki ikki hududli tizimda tashkil etiladi. Paxtani qabul qilishni tashkil etish amaldagi «Paxta terish va tayyorlash bo’yicha yo’riqnoma» da yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |