65
ko’rsatilgan. O’rta oraliq ustunlari kyuvetlar chetlari bo’ylab joylashtirish
shartidan kelib chiqib tanlangan. Rigelning balandligi 140 sm ga teng,
ustunlarga yaqinlashgan sari 190 sm gacha orttiriladi. Ballast koritasining plitasi
xuddi P-simon blokli to’sinli oraliq qurilmalardagidek armaturalangan.
Kichik oraliqli romli ko’priklarning rigellarini armaturalash tamoyillari
tutash to’sinlarni armaturalash bilan ko’p jihatdan mos tushadi. Asosiy armatura
sifatida davriy profilli sterjenlar ham qo’llaniladi. Rigelning balandligi bo’ylab
armatura momentlar epyurasiga mos tarzda (tepadagi tola oldida – manfiy
momentlarning ta’siri bor joylarda, kesimning pastki qismida – musbat
momentli uchastkalarda) joylashtiriladi. Romli yo’l o’tkazgichni armaturalash
(ustunlarning kirib boruvchi armaturalarisiz) 2.38,a-rasmda ko’rsatilgan.
Oraliqlarning o’rtalarida ishchi armatura ikki qator, o’rtadagi tayanchlar
ustida esa uch qatorda joylashgan. Rigel yon yoqlari bo’ylab qo’shimcha
bo’ylama armatura o’rnatilgan. Vertikal xomutlar mavjud. Yo’l o’tkazgich
ustunlarini armaturalash 2.38,b-rasmda berilgan.
2.37-rasm. Quyma temirbetondan qilingan romli yo’l o’tkazgichning konstruksiyasi
Ustunlarning eng katta egilishi rom tekisligida bo’ladi, shu tufayli bu yerda
armatura asosan, rom o’qiga normal bo’lgan ko’ndalang yoqlari
bo’ylab mujassamlangan. Ustunlarning rigel bilan tutashuvida ustunlarning
armaturasi rigel ichiga qatnov qismi plitasigacha kiritilgan hamda ilgaklar bilan
tugallanadi, bu esa uning yaxshi birikuvini ta’minlashi kerak. Ustunlarning
ishchi armaturasi kesimda shunday joylashtirilganki, bunda u rigelning pastki
armaturasi aro o’tadi. Ba’zi konstruksion yechimlarda rigelning pastki
armaturasi, ustun armaturasining rigelga kirib borishiga halaqit qilmasligi
uchun, uzilgan bo’lishi kerak. Ustunlarning armatura sterjenlari balandlik
bo’yicha, vertikal armaturani siqilishda bo’rtib chiqishdan tutib turadigan
xomutlar
bilan
bog’langandir.
Ko’rilayotgan
konstruksiya
rigelining
66
qovurg’alariaro diafragmalari mavjud.
Rom ustunlari ko’ndalang yo’nalish bo’yicha balandligining o’rtasida
qalinligi 40 sm bo’lgan tirgaklar bilan birlashtirilgan. Ustunlar pastidan umumiy
poydevorga tayanadilar. Poydevor betondan qilingan pastki hamda
armaturalangan tepa qismdan iboratdir (2.38). Тepa qismga ustunlarning
bo’ylama armaturasi kiritib mahkamlangan. Osma to’sinli romli ko’priklarning
sxemalarida (2.36,b va 2.37,b-rasmlarga qarang) to’sinlarning tayanish
joylaridagi konsollar uchlarining armaturasi o’ziga xos konstruksion
xususiyatlarga ega (2.39-rasm). Bu yerda kesim (bo’rtiq boshi) osma to’sin
tayanch bosimidan hamda xususiy og’irlikdan eguvchi momentga va tegishli
ko’ndalang kuchga ishlaydi.
2.38-rasm. Romli yo’l o’tkazgichning konstruksion elementlarini armaturalash:
a – rigelni;
b – ustunni
2.39-rasm. Konsol uchini
armaturalash
67
Bo’rtiqning tepa (cho’zilgan) zonasi gorizontal armatura bilan
armaturalanadi. Ko’ndalang kuch eng havfli kesimni kesib o’tuvchi qiya
sterjenlar tomonidan qabul qilinadi. Bo’rtiq qo’shimcha tarzda xomut va
bo’ylama sterjenlar bilan armaturalanadi. Osma to’sin tepa bo’rtig’i shunga
o’xshab armaturalanadi, chunonchi bunda bo’rtiqning gorizontal armaturasi
pastki sirti oldida joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: