bp
, ya’ni betonning siqish daqiqasida
mustahkamligi uning sinfining 50% idan hamda 11 MPa dan kam bo’lmasligi;
A–IV, At–IV, K–7, K–19, Vr–II singari o’ta mustahkam armaturalarda esa 15,5
MPa dan kam bo’lmasligi zarur.
Armaturani taranglash usullari. Armaturani taranglashning asosan uchta
usuli: mexanik, elektr-termik va fizik-kimyoviy (o’z o’zini zo’riqtirish) usullari
mavjud. Armaturani mexanik usul bilan taranglashda ko’pincha gidravlik
domkratlardan foydalaniladi. Bu usulda aramaturada katta zo’riqish hosil
qilishdan tashqari taranglash kuchini ham aniq o’lchasa bo’ladi. Bunda
cho’ziladigan sterjenlarni domkrat silindriga biriktiriladi, domkratning porsheni
element uchiga yoki maxsus tirgaklarga tiraladi. Qudratli domkratlarda
taranglanadigan armaturani porshen bilan biriktiriladi. O’ramli armaturani
taranglashda ikki yo’nalishda ishlaydigan yengil ko’chma domkratdan
foydalaniladi.
Armaturani taranglashning elektr-termik usuli keyingi yillarda keng
tarqaldi: endilikda oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarning 3/4 qismi shu
usul bilan tayyorlanmoqda.
Usulning afzalligi uning soddaligi va istalgan korxonada quyish imkoniyati
mavjudligidadir. Ishlatiladigan uskunalar 5...10 marta arzon, konstruksiya
tayyorlash uchun sarflanadigan mehnat ham 2...3 marotaba kam. Biroq,,
aniqligi mexanik usuldagiga qaraganda ancha past. Bundan tashqari, bu usulda
ko’pincha issiqligicha cho’zilgan simlardan foydalaniladi, chunki boshqacha
mustahkam simlarda yuksak kuchlanish hosil qilish uchun juda katta haroratda
qizdirishga to’g’ri keladi, bu esa simning mexanik xossasiga salbiy ta’sir etishi
mumkin.
Armaturaning
elektr-termik
usul
bilan
taranglashda,
armatura
sterjenlarining uzunligi (ankerlar oralig’ini) qolip tirgaklarida ma’lum miqdorga
kaltaroq olinadi (2.11-rasm), armaturadan tok o’tkazib, uni 300...400
0
S ga
qizdiriladi. Uzaygan sterjenlar qolipning tirgaklariga erkin joylanadi, sovish
jarayonida tirgaklar sterjenning qisqarishiga qarshilik ko’rsatadi, shu yo’l bilan
sovigan sterjenlar oldindan zo’riqtiriladi. Shundan so’ng qolipga beton
yotqiziladi va beton yetarli mustahkamlikka erishgandan so’ng armaturani
mahkamlash uskunalari (ankerlar) dan bo’shatiladi, bo’shagan armatura
qisqarib betonni siqadi.
Ba’zan, o’ta mustahkam simlarni taranglashda ikki usulni birgalikda
qo’shib ishlatish hollari ham uchraydi. Qo’shma usulga ko’ra qizdirilgan sim
aylanma stol yordamida uzluksiz ravishda taranglanadi.
Тaranglashning bu
usuli kuchlanishning 50%i mexanik usulda, qolgan 50%i qizdirib sovutish
natijasida hosil qilinadi. Buning oqibatida uskunaning mahsuldorligi ikki
marotaba oshadi, konstruksiyasi ixchamlashadi, oldindan uyg’otilgan
kuchlanishning nazorat qilinadigan qiymati yana ham yaqinlashadi.
33
Тaranglashning
fizik-kimyoviy
usuli
o’z-o’zidan
zo’riqadigan
konstruksiyalarni tayyorlashda qo’llaniladi. Bunda kengayuvchan sementdan
tayyorlangan betonning o’zi kengayishi oqibatida armaturada kuchlanish paydo
bo’ladi. Armaturada uyg’ongan cho’zuvchi kuchlanishlar betonni siqadi. Shu
tariqa konstruksiya oldindan zo’riqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |